|
1. idrokning kengligi
|
bet | 8/17 | Sana | 19.02.2024 | Hajmi | 1,5 Mb. | | #158629 |
Bog'liq IQTIDORLI VA BO\'SH_______________________________________________________________
Bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchi-fanlarni davlat ta`lim standartlarida belgilab qo`yilgan darajada o`zlashtira olmayotgan,bilim olishga ishtiyoqi pasayib ketgan,o`ziga ishonchi yo`qolgan o`quvchi.
O`quvchining bo`sh o`zlashtirishiga quyidagi holatlardan biri yoki bir nechtasi sabab bo`lishi mumkin:
O`quv materialining betartib va haddan tashqari ko`p berilishi;
O`qituvchining darslarni qiziqarli tashkil etmasligi;
O`quvchi davomatining pastligi;
Bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchini o`z vaqtida aniqlamaslik va e`tabor qaratmaslik;
Bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchilar bilan muntazam izchil reja asosida ish olib bormaslik;
O`quvchining oilaviy,ijtimoiy muhitidagi salbiy omillar;
O`quvchining sog`ligi bilan bog`liq holatlar;
Dars qilish,o`zlashtirish,mustaqil ishlash uchun shart-sharoitlarning yo`qligi;
Ota`ona va pedagog o`rtasida aloqaning yo`lga qo`yilmaganligi;
Bolaning o`zlashtirishini muntazam ravishda nazorat qilmaslik va boshqalar.
1.O`qituvchilar uchun murakkab,o`zlashtirilishi qiyin bo`lgan mavzular bo`yicha metodik tavsiya va ilg`or pedagogik texnologiyalarga asoslangan dars ishlanmalarini tuzish;
2.Darslarga qo`llaniladigan interfaol usullardan foydalanish samaradorligini ko`rsatish(ochiq darslarda)
3.Ilg`or pedagogik texnologiyalarni dars jarayoniga qo`llash bo`yicha ochiq darslar uyushtirish;
4.Yosh o`qituvchilar bilan ishlashni takomillashtirish, ularni tajribali mutaxassislarga biriktirish;
5.O`zaro dars tahlillarini o`tkazish;
6.Ota-onalarning farzandlarini o`zlashtirishdagi ta`sirini oshirish bo`yicha tavsiyalar berish;
7.Sinfdan tashqari mashg`ulotlarning saviyasini oshirish;
|
| |