1. Innovatsion ta’lim texnologiyalari haqida tushuncha. Innovatsion ta’lim texnologiyalarining mohiyati, turlari va nazariy asoslari




Download 29.11 Kb.
bet2/6
Sana07.12.2022
Hajmi29.11 Kb.
#33604
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Raqamli va AT, ZAMONAVIY AXBOROT, Excel 4-dars, ekologiya 11, autoref-formirovanie-informatsionno-tekhnologicheskoi-kompetentnosti-budushchikh-spetsialistov-turis, Harbiy-o\'quv dasturi 2022 2023 B. Rajabov, umumiy fizika, Mavzu Арралар ва рандалар турлари мавзусини ў итиш методикаси, Darslarni o‘tish, Doc2, raqamlli texnologizalar, agodro doimiysi, bildirishnoma (2)
2. Muammoli ta’lim texnologiyasi (muammo va muammoli vaziyat) Muammoli ta’lim texnologiyasi. Rivojlantiruvchi ta’limning vazifasi – shaxsning individual kamol topishi uchun zarur bo‘ladigan hayotiy ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish sanaladi. Rivojlantiruvchi ta’limning o‘ziga xos xususiyatlari – o‘quvchilarda topshiriqlarni yechishga oid nazariy tushuncha va amaliy ko‘nikma, malakalarni shakllantiradi. O‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishga xizmat qiladi. Rivojlantiruvchi ta’lim texnologiyasining asosiy bo‘g‘ini muammoli ta’lim yo‘nalishi sanaladi. Muammoli o‘qitishni chuqur o‘rganish XX asrning 60-yillarida boshlangan bo‘lib, uning asosida “Tafakkur – muammoli vaziyatdan boshlanadi” – degan g‘oya yotadi. Fikrlash psixologiyasi nuqtai nazaridan muammoli o‘qitish g‘oyasi va tamoyillari S.L.Rubinshteyn, M.I.Maxmutov, V.Okon, I.YA.Lerner tomonidan ishlab chiqilgan. Muammoli ta’lim turi ilmiy-uslubiy jihatdan 3 xil ko‘rinishga ega.
1. Muammoli vaziyatni vujudga keltirish.
2. Muammoning qo‘yilishi.
3. Muammoning yyechimini topish.
Muammoli vaziyatni o‘quv mashg‘ulotlarining barchasida shakllantirish mumkin. Uni dars jarayonida qancha ko‘p shakllantirish o‘qituvchiga bog‘liq. Muammoli vaziyatning ahamiyati shundaki, u o‘quvchilar diqqatini bir joyga (muammoga) qaratadi va o‘quvchilarning izlanishiga, fikrlashga o‘rgatadi. Muammoli ta’lim o‘qituvchi rahbarligida muammoli vaziyat vujudga keltirilib, mazkur muammo o‘quvchilarning faol, mustaqil faoliyati natijasida bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarni ijodiy o‘zlashtirish va aqliy faoliyatni rivojlantirishga imkon beradigan ta’lim jarayonini tashkil etishni nazarda tutadi. Muammoli o‘qitish jarayonida o‘quvchilarga tadqiqiy, evristik, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish bo‘yicha topshiriqlar beriladi. Bunda: nostandart masalalarni tuzish bo‘yicha; shakllantirilmagan savol bilan; ortiqcha ma’lumotlar bilan; o‘zining amaliy kuzatuvlari asosida mustaqil umumlashtirish; yo‘riqnomalardan foydalanmasdan qandaydir ob’ekt mohiyatini bayon etish; olingan natijalarni qo‘llash chegaralarini va darajalarini aniqlash; hodisaning namoyon bo‘lish mexanizmini aniqlash; “bir lahzada” topish kabi topshiriqlarni berish mumkin.
Muammoli vaziyatlarda yyechimga kelishning algoritmi quyidagi tartibda amalga oshiriladi: muammoni qo‘yish, ma’lumotlar fondini to‘plash, qayta ishlash, yyechim modelini aniqlash, qo‘shimcha ma’lumotlar to‘plash va ularni tanlangan yechim modelida aks ettirish, yangi ma’lumotlar va yechim modeli o‘rtasidagi zidlikni aniqlash, zidlikni yechimini topish, yangi yechim modelini yaratishdan iboratdir.
“Muammoli vaziyat” usuli – ta’lim oluvchilarda muammoli vaziyatlarning sabab va oqibatlarini tahlil qilish, hamda ularning yechimini topish bo‘yicha ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan usuldir. “Muammoli vaziyat” usuli uchun tanlangan muammoning murakkabligi ta’lim oluvchilarning bilim darajalariga mos kelishi zarur. Ular qo‘yilgan muammoning yechimini topishga qodir bo‘lishlari kerak, aks holda yechimni topa olmaslik, ta’lim oluvchilarning qiziqishlari so‘nishiga, o‘zlariga bo‘lgan ishonchlarining yo‘qolishiga olib keladi. “Muammoli vaziyat” usuli qo‘llanilganda ta’lim oluvchilar mustaqil fikr yuritishni, muammoning sabab va oqibatlarini tahlil qilishni, uning yechimini topishni o‘rganadilar.
“Muammoli vaziyat” usulining bosqichlari:
1. Ta’lim beruvchi mavzu bo‘yicha muammoli vaziyatni tanlaydi, maqsad va vazifalarni aniqlaydi. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarga muammoni bayon qiladi. 2. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarni topshiriqning maqsad, vazifalari va shartlari bilan tanishtiradi.
3. Ta’lim beruvchi ta’lim oluvchilarni kichik guruhlarga ajratadi.
4. Kichik guruhlar berilgan muammoli vaziyatni o‘rganadilar. Muammoning kelib chiqish sabablarini aniqlaydilar va har bir guruh taqdimot qiladi. Barcha taqdimotdan so‘ng bir xil fikrlar jamlanadi.
5. Bu bosqichda muammoning oqibatlari to‘g‘risidagi fikr-mulohazalarni taqdimot qiladilar. Taqdimotdan so‘ng bir xil fikrlar jamlanadi.
6. Muammoni echishning turli imkoniyatlarini muhokama va tahlil qiladilar. Muammoli vaziyatni echish yo‘llarini ishlab chiqadilar.
7. Kichik guruhlar muammoli vaziyatning yechimi bo‘yicha taqdimot qiladilar va o‘z variantlarini taklif etadilar.
8. Barcha taqdimotdan so‘ng bir xil yechimlar jamlanadi. Guruh ta’lim beruvchi bilan birgalikda muammoli vaziyatni yechish yo‘llarining eng maqbul variantlarini tanlab oladi. O‘qituvchi barcha o‘quvchining javobini umumlashtirish jarayonida quyidagilarga e’tiborini qaratishi lozim:
1. Muammoli savolga aniq javob topishga undash.
2. Muammoga aloqasi bor deb o‘ylagan barcha fikrlarga e’tibor qaratish.
3. Ko‘rgan, eshitgan, o‘qiganlari asosida mustaqil fikrlarini aytish, o‘z bilimlarini baholay olishga sharoit yaratish.
4. Har bir guruh a’zolarining mustaqil fikrlarini qisqa, lo‘nda, tiniq, aniq qilib ifodalashlariga ko‘maklashish.
5. O‘rtog‘ining o‘zidan yaxshi fikrlashini sidqidildan tan olishga, ularga havas qilishga, ularni past darajada fikrlayotganligini tan olishga yo‘naltirish.
6. O‘rtog‘ining ijobiy javoblarini o‘zlashtirishga harakat qilish.
7. Darslikdan unumli foydalanishni bilish.
O‘qituvchi umumlashtirish jarayonida aniq asosli javob aniqlanadi, yaxshi ishtirok etgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi, baholanadi. “Muammo” texnologiyasi Texnologiyaning maqsadi: o‘quvchilarga o‘quv fanining mavzusidan kelib chiqqan turli muammoli masala vaziyatlariing yechimini to‘g‘ri topishlariga o‘rgatish, ularda muammo mohiyatini aniqlash bo‘yicha malakalarni shakllantirish, muammolar yechishning ba’zi usullari bilan tanishtirish va uslublarni to‘g‘ri tanlashga o‘rgatish, muammoni kelib chiqish sabablarini, muammoni yechishdagi xatti-harakatlarni to‘g‘ri aniqlashga o‘rgatadi.

Download 29.11 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 29.11 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Innovatsion ta’lim texnologiyalari haqida tushuncha. Innovatsion ta’lim texnologiyalarining mohiyati, turlari va nazariy asoslari

Download 29.11 Kb.