1. Innovatsion ta’lim texnologiyalari haqida tushuncha. Innovatsion ta’lim texnologiyalarining mohiyati, turlari va nazariy asoslari




Download 29.11 Kb.
bet3/6
Sana07.12.2022
Hajmi29.11 Kb.
#33604
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Raqamli va AT, ZAMONAVIY AXBOROT, Excel 4-dars, ekologiya 11, autoref-formirovanie-informatsionno-tekhnologicheskoi-kompetentnosti-budushchikh-spetsialistov-turis, Harbiy-o\'quv dasturi 2022 2023 B. Rajabov, umumiy fizika, Mavzu Арралар ва рандалар турлари мавзусини ў итиш методикаси, Darslarni o‘tish, Doc2, raqamlli texnologizalar, agodro doimiysi, bildirishnoma (2)
Mashg‘ulotning o‘tkazish tartibi: O‘qituvchi o‘quvchilarni guruhlarga ajratib, ularni o‘rinlariga joylashtirilgandan so‘ng, mashg‘ulotni o‘tkazish tartib-qoidalari va talablarini tushuntiradi, ya’ni u mashg‘ulotni bosqichli bo‘lishini va har bir bosqich o‘quvchilardan maksimum diqqat-e’tibor talab qilinishi, mashg‘ulot davomida ular yakka, guruh va jamoa bo‘lib ishlashlarini aytadi. Bunday kayfiyat o‘quvchilarga berilgan topshiriqlarni bajarishga tayyor bo‘lishlariga yordam beradi va bajarishga qiziqish o‘yg‘otadi. Mashg‘ulotni o‘tkazish tartib-qoidalari va talablari tushuntirilgach, mashg‘ulot boshlanadi:
O‘quvchilar tomonidan mashg‘ulot uchun tayyorlangan video lavhani diqqat bilan tomosha qilib, unda yoritilgan muammoni aniqlashga harakat qilish, xotirada saqlab qolish yoki daftarga belgilab qo‘yish (agar video lavhani ko‘rsatishning imkoniyati bo‘lmasa, u holda o‘qituvchi o‘quv predmetining mavzusi bo‘yicha plakat, rasm, buklet, afisha yoki bir muammo bayon qilingan matn, kitobdagi o‘quv materialidan foydalanish mumkin):
- har bir guruh a’zolari tomonidan ushbu lavhadan (rasmdan, matndan, hayotiy voqeadan) birgalikda aniqlangan muammolarni vatman yoki formatdagi qog‘ozga flomaster bilan yozib chiqiladi;
- berilgan aniq vaqt tugagach, tayyorlagan ishni guruh vakillari tomonidan o‘qib eshittiriladi;
- o‘qituvchi guruhlar tomonidan tanlangan va muammolar yozilgan qog‘ozlarni almashtirgan holda guruhlargai tarqatiladi;
- tarqatilgan qog‘ozlarda guruhlar tomonidan yozilgan muammolardan har bir guruh a’zosi o‘zini qiziqtirgan muammodan birini tanlab oladi;
- o‘qituvchi tomonidan tarqatilgan quyidagi chizmaga har bir guruh a’zosi o‘zini qiziqtirgan muammodan birini tanlab oladi;
- o‘qituvchi tomonidan tarqatilgan quyidagi chizmaga har bir guruh a’zosi tanlab olgan muammosini yozib, mustaqil ravishda tahlil etadi.
- yakka tartibdagi faoliyat tugagandan so‘ng har bir o‘quvchi bajargan tahliliy ishini barchaga o‘qib eshittiradi;
- muammolar va ularning yechimi bo‘yicha jamoaviy fikr almashiladi;
- himoyadan so‘ng o‘qituvchi mashg‘ulotga yakun yasaydi.
Kichik guruhlarga qiziqarli ishlari uchun minnaddorlik bildiradi. Bunday texnologiya bilan o‘tkazilgan mashg‘ulot natijasida o‘quvchilar qaysidir muammoni echishdan avval uning sababini aniqlanishi kerakligini, keyin esa ularga zarur bo‘lgan uslub va usullarni tanlashi hamda o‘z harakatlarini aniq belgilab olishlari kerakligini bilib oladilar.

Download 29.11 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 29.11 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1. Innovatsion ta’lim texnologiyalari haqida tushuncha. Innovatsion ta’lim texnologiyalarining mohiyati, turlari va nazariy asoslari

Download 29.11 Kb.