Hamkorlikdagi ta’lim texnologiyasi




Download 29.11 Kb.
bet6/6
Sana07.12.2022
Hajmi29.11 Kb.
#33604
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Raqamli va AT, ZAMONAVIY AXBOROT, Excel 4-dars, ekologiya 11, autoref-formirovanie-informatsionno-tekhnologicheskoi-kompetentnosti-budushchikh-spetsialistov-turis, Harbiy-o\'quv dasturi 2022 2023 B. Rajabov, umumiy fizika, Mavzu Арралар ва рандалар турлари мавзусини ў итиш методикаси, Darslarni o‘tish, Doc2, raqamlli texnologizalar, agodro doimiysi, bildirishnoma (2)
5. Hamkorlikdagi ta’lim texnologiyasi (komandada o‘qitish, kichik guruhlarda o‘qitish). Komandada o‘qitishda o‘quvchilar teng sonli ikkita komandaga ajratiladi. Har ikkala komanda bir xil topshiriqni bajaradi. Komanda a’zolari o‘quv topshiriqlarini hamkorlikda bajarib, har bir o‘quvchi mavzudan ko‘zda tutilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirishga e’tiborni qaratadi. Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi mualliflaridan biri bo‘lgan R.Slavinning ta’kidlashicha, o‘quvchilarga topshiriqlarni hamkorlikda bajarish uchun ko‘rsatma berilishi etarli emas. O‘quvchilar o‘rtasida tom ma’nodagi hamkorlik har bir o‘quvchining qo‘lga kiritgan muvaffaqiyatidan quvonish, bir-biriga sidqidildan yordam berish hissi, qulay ijtimoiy-psixologik muhit vujudga kelishi zarur. Mazkur texnologiyada o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirish sifatini aniqlashda ularni bir-biri bilan emas, balki har bir o‘quvchining kundalik natijasi avval qo‘lga kiritilgan natija bilan taqqoslanadi. Shundagina o‘quvchilar o‘zining dars davomida erishgan natijasi komandaga foyda keltirishni anglagan holda mas’uliyatni his qilib, ko‘proq izlanishga, bilim, ko‘nikma va malakalarni puxta o‘zlashtirishga intiladi.
Kichik guruhlarni hamkorlikda o‘qitish. Bu yondashuvda kichik guruhlar 4ta tinglovchidan tashkil topadi. O‘qituvchi avval mavzuni tushuntiradi, so‘ngra tinglovchilarning mustaqil ishlari tashkil etiladi. O‘quvchilarga berilgan o‘quv topshiriqlari 4 qismga ajratilib, har bir tinglovchi topshiriqning ma’lum qismini bajaradi. Topshiriq yakunida har bir tinglovchi o‘zi bajargan qism yuzasidan fikr yuritib, o‘rtoqlarini o‘qitadi, so‘ngra guruh a’zolari tomonidan topshiriq yuzasidan umumiy xulosa chiqariladi. O‘qituvchi har bir kichik guruh axborotini tinglaydi va test savollari yordamida bilimlarni nazorat qilib baholaydi. Tinglovchilarning kichik guruhlardagi o‘quv faoliyati o‘yin (turnir, musobaqa) shaklida, individual tarzda ham tashkil etilishi mumkin.
Download 29.11 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 29.11 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Hamkorlikdagi ta’lim texnologiyasi

Download 29.11 Kb.