Barbotajli bug‘latish qurilmalari




Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/66
Sana20.01.2024
Hajmi1,24 Mb.
#142082
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   66
Barbotajli bug‘latish qurilmalari. Yuqori xaroratda qaynaydigan va o‘ta agressiv eritmalar 
--- sulpfat, xlorid, fosfat kislotalarning eritmalari isituvchi inert gazlarning bevosita kontakti 
ta’sirida barbotajli bug‘latish qurilmalarida bug‘latiladi.
Issiqlikni yaxshi o‘tkazadigan, zanglamaydigan, yuqori xaroratlarga chidamli materiallarni 
topish qiyin bo‘lgani uchun, bunday eritmalarni isituvchi agentni devor orqali berish bilan 
bug‘latib bo‘lmaydi. Ichki qismi o‘tga chidamli va zanglamaydigan material (g‘isht, keramik 
plita) bilan futerovka qilingan metall qobiqli qurilmalarda eritmalar bevosita tutun gazlarining 
aralashuvi ta’sirida bug‘latiladi. Gaz beriladigan barbotaj turlari termosilid, grafit va 
zanglamaydigan materiallardan tayyorlanadi.
Bu qurilmalarda eritmalar bilan gaz bir-biriga qarama - qarshi yo‘nalgani uchun yoqilgidan 
chiqqan gazlarning issiqligidan samarali foydalaniladi, lekin qurilmadan chiqib ketayotgan gaz 
bilan birga ko‘p miqdorda issiqlik yo‘qotiladi. Bundan tashqari, qurilmada gaz bilan birga chiqib 
ketayotgan eritma bug‘larini ajratish uchun elektrofiltr nazarda tutilgan. . 
27. 
Suyuqliklar muxitlarida aralashtirish 
Aralashtirish, mexanik, pnevmatik, aralashtirgich, parakli, propelerli, trubinali, kattalik, 
quvvat, tenglama. 
Aralashtirish quyidagi maqsadlar uchun ishlatiladi:
a) qattiq zarrachalarni suyuqlik xajmida bir tekisda tarkatish (suspenziya xosil qilish);
b) suyuqlik zarrachalarini tegishli o‘lchamlargacha maydalash va ularni suyuqlik muxitida 
bir tekisda tarkatish (emulsiya xosil qilish); gaz zarrachalarini suyuqlikda bir tekisda tarqatish 
(aerasiya);
g) suyuqlikni isitish yoki sovutish jarayonlarini tezlashtirish;
d) aralashadigan sistemalardagi (masalan, qattiq materiallarni suyuqlik yordamida eritish) 
modda almashinishini tezlashtirish. 
Qovushoqligi uncha yuqori bo‘lmagan taxminan
µ<200Pa.s suyuqliklarni aralashtirish uchun pnevmatik aralashtirgichlar ishlatiladi. 
Aralashtirish uchun ko‘pincha siqilgan xavo ishlatiladi. Bunday aralashtirish jarayoni sekin 
boradi va juda ko‘p energiya sarf bo‘ladi. Bundan tashqari, xavo yordamida aralashtirishda 
keraksiz jarayonlar: oksidlanish yoki maxsulotning bug‘lanishi yuz berishi mumkin. Odatda 


pnevmatik usul kullanilganda teshikchalari bo‘lgan tarkatuvchi trubalar (barbotyor) orqali 
siqilgan xavo yuboriladi. 

Download 1,24 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   66




Download 1,24 Mb.
Pdf ko'rish