|
Issiqlik o‘tkazish asoslari jarayonlar haqida umumiy tushuncha33. Issiqlik o‘tkazish asoslari jarayonlar haqida umumiy tushuncha..
Isituvchi va sovituvchi agentlar,Issiq, sovuq, jarayon, issiqlik o‘tkazuvchanlik, konveksiya,
nurlanish, maydon, qonun, issilik almashinish, differensial tenlama, kriterial tenglama.
Xar xil xaroratga ega bo‘lgan jismlarda issiqlik energiyasining biridan ikkinchisiga o‘tishi
issiqlik almashinish jarayoni deb ataladi. “Issiq” va “sovuq” jismlarning xarorati o‘rtasidagi
farq issiqlik almashinishning xarakatlantiruvchi kuchi xisoblanadi. (Yoki muxitlar
o‘rtasidagi temperatura farqi jarayonning xarakatlantiruvchi kuchi deyiladi.) Xaroratlar farqi
bo‘lganda termodinamikaning ikkinchi qonuniga ko‘ra issiqlik energiyasi xarorati yuqori
bo‘lgan jismdan xarorati past bo‘lgan jismga xaraat qiladi va o‘z-o‘zidan o‘tadi. Jismlar
o‘rtasidagi issiqlik almashinishi xisobiga sodir bo‘ladi. Issiqlik almashinishida katnashadigan
jismlar issiqlik tashuvchilar deb ataladi. Issiqlik o‘tkazish jarayonlari (isitish, sovitish,
bug‘larni kondenslash, bug‘latish) kimyo sanoatida keng tarqalgan.
Issiqlik tarqalishining uchta prinsipial turi bor:
issiqlik o‘tkazuvchanlik,
konveksiya va
issiqlikning nurlanishi.
Bir-biriga tegib turgan kichik zarrachalarning xarakati natijasida yuz beradigan issiqlikning
o‘tishi issiqlik o‘tkazuvchanlik deyiladi (yoki konduksiya). Gaz va tomchili suyuqliklarda
molekulalarning xarakati natijasida yoki kattiq jismlarda kristall panjaradagi atomlarning
tebranishi ta’sirida yoxud metallarda erkin elektronlarning diffuziyasi oqibatida issiqlik
o‘tkazuvchanlik jarayoni sodir bo‘ladi. Qattiq jismlarda va gaz yoki suyuqliklarning katlamlarida
issiqlik asosan issiqlik o‘tkazuvchanlik issiqlik tarqalish prinsipi asosida tarqaladi.
Gaz yoki suyuqliklarda makroskopik xajmlarning xarakati va ularni aralashtirish
natijasida yuz beradigan issiqlikning tarqalishi konveksiya deb ataladi.
Konveksiya ikki xil 1.Erkin. 2.Majburiy bo‘ladi.
Issiqlik energiyasining elektr magnit to‘lqin yordamida tarqalishi issiqlikning nurlanishi
deb yuritiladi. Xar qanday jism o‘zidan energiyani nurlatish qobiliyatiga ega. Nurlangan
energiya boshqa jismga yutiladi va qaytadan issiqlikka aylanadi. Natijada nur bilan issiqlik
almashinish jarayoni sodir bo‘lib, u o‘z navbatida nur chiqarish va nur yutish
jarayonlaridan tashkil topadi.
|
| |