|
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo‘mitasi
2-rasm. Sohalarda elektr energiya istemoli
|
bet | 2/8 | Sana | 01.06.2024 | Hajmi | 104,42 Kb. | | #259011 |
Bog'liq 1. Korxonaning aylanma mablag‘lar tushunchasi, tasnifi va tarkibManba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qo‘mitasi
2-rasm. Sohalarda elektr energiya istemoli
Sanoat korxonaga ishlab chiqarishni amalga oshirish uchun asosiy vositalar bilan birga aylanma mablag‘lar ham kerak bo‘ladi. Aylanma mablag’lar asosan korxonaning hisob raqamida pul ko‘rinishida jamg’ariladi. Tovar, xom-ashyo, materiallar, yoqilg‘i, yem-xashak, mineral o‘g‘itlar va boshqa mablag‘lar negizida ishlab chiqariladi. Aylanma mablag‘larni mehnat buyumlari deb ham ataladi. Asosiy kapitalning bir marta aylanishiga aylanma kapitalning bir necha aylanishi to‘g‘ri keladi. Aylanma kapital yetishmasa asosiy kapitaldan foydalanish yomonlashadi. Shu sababdan aylanma kapital muammolarini o‘rganish korxona faoliyatida muhim rol o‘ynaydi.
Aylanma mablag‘lar ishlab chiqarishning aylanma fondlarini va muomila fondlarini tashkil qilishga qaratilgan pul mablag‘laridan iborat. Har bir korxonaning aylanma mablag‘lari asosiy fondlarning texnik holati va mahsulot yoki xizmat ko‘rsatish dasturi bilan bog‘liq. Korxona qanchalik katta va ishlab chiqarayotgan mahsulotlari turi ko‘p bo‘lsa, aylanma mablag‘larga talabchanligi ham shunchalik yuqori bo‘ladi. Ishlab chiqarish fondlari o‘z qiymatini tayyor mahsulotga o‘tkazishiga qarab ikki qismga ajratiladi:
Aylanma kapital tarkibiga mehnat predmetlari, kam qiymatli va tez eskiradigan mehnat qurollari kiradi. Masalan: granulalar, butlovchi qismlar, asboblar, xom-ashyo va boshqalar. Aylanma ishlab chiqarish fondlarining qiymati birdaniga tayyor mahsulot tannarxiga kiritiladi.
Muomala fondlari tarkibiga tovar sotish va sotib olish sohasida xizmat qiluvchi fondlar, tayyor mahsulotlar va pul mablag‘lari kiradi.
Aylanma mablag‘lar va muomala fondlari kapitalning doiraviy aylanishiga xizmat qiladi, avanslangan kapital pul shaklidan tovar shakliga tovar shaklidan unumli kapitalga, so‘ngra tovar va yana pul kapitali shakliga o‘tadi.
P-T < ... I...CH – T takrorlanadi
Aylanma ishlab chiqarish fondlarini va muomala fondlarini tashkil qilish, ulardan foydalanish uchun avanslangan kapitalni aylanma mablag‘lar deyiladi.
|
| |