3D MAX dasturida ob`ektlar tushunchalari
Geometrik ob`ektlar. Geometrik ob`ektlarni ko`rishda juda kuchli va keng tarqalgan 3D
paket Discreet kompaniyasi 3D Studio Max dasturini tanlab uning misolida ob`ektlarning asosiy
turlari va modellashtirish texnologiyasini ko`rib o`ta-miz. Bu dastur yordamida geometrik
ob`ektlarning quyidagi turlari qurilishi mum-kin.
Splayn chiziqlar (Spline Curves) - boshqa sirt yoki shakllarni ko`rishda ishlatiladigan va shu
tartibda qurilgan (Beze yoki Nurbs) chiziqlar. Ularni harakat troyektoriyalarini ifodalash uchun
ham ishlatish mumkin.
6.4-rasm. Chiziq,muloqot chiziqlari.
Masalan, Beze chiziqlari uchun, xususiy holda, boshlang`ich shakl va chiziqlar to`plami
aniqlangan bo`lib (masalan, tekst, aylana, ellips) ular keyinchalik aniq shakllar ko`rishda
ishlatilishi mumkin.
Poligonal ob`ektlar (polugonal objects) - bular o`zgarib turuvchi parametrlar bilan
ifodalanuvchi (masalan uzunlik, radius) poligonal boshlang`ich shakllar (polygonal primitives)
yoki polugonal turlardir (polugonal meshes). Poligonal turlar juft-jufti bilan uchlarni tutashtiruvchi
qirralar sifatida aniqlanadi. Boshlang`ich shakllar (primitiv) ni ishlatish dizaynerga (dasturga ham)
d ob`ekt shaklini o`zgartirishni ancha osonlashtiradi. Shunda 3D - boshlang`ich (primitiv)
shakllarni (masalan sfera yoki silindr) namoyish etishda, ularning shakli qirralar yordamida
berilgan aniqlikda almashtiriladi. Poligonal d ob`ekt sirti tekis yoqlardan iborat bo`lgani uchun,
ularga namoyish silliqligini berishda turli silliqlash algoritmlari foydalaniladi. Bu texnologiya
asosan 3D o`yinlarni va virtual borliqni yaratishda keng qo`llanadi.
6.5-rasm. Poligonal ob`ektlar.
|