|
1-laboratoriya. ModellashtirishBog'liq 1-laboratoriya6.6-rasm. Beze sirti.
Beze sirtlari (Bezier patches) - bu Beze cho`qqilarining joylashishi bilan silliq sirtlardir. Bu
cho`qqilar sirtga urinma vektorlar (tangent) uchlarida joylashgan qo`shimcha boshqaruvchi
nuqtalar (control points) yordamida sirtni egriligini aniq-laydi.
Bu sirtlar hisoblash tizimi uchun ma`lum qiyinchiliklarni tug`dirishiga qara-may, ular
yordamida murakkab egri chiziqli ob`ektlarni modellashtirish mumkin.
NURBS sirtlar - bir jinsli bo`lmagan egri chiziqli sirtlarni modellashda ishla-tiladigan eng
universal va samarali vositadir. Bunday sirtlar maxsus to`rt o`lchovli bir jinsli fazoda ifodalanadi.
Unda har bir boshqaruvi cho`qqi, uchta X, Y, Z koor-dinatadan tashqari qo`shimcha vazn (weigat)
tavsifiga ham ega. Cho`qqining o`rni va nisbiy vaznini o`zgartirish orqali ob`ekt shaklini aniq
boshqarish mumkin.
6.7-rasm. NURBS sirti.
Murakkab ob`ektlar (compound objects) - oldindan tayyorlab qo`yilgan ikki yoki undan ko`p
shakllardan tuziladi. Qanday jism qurilishiga qarab oldindan tuzil-gan shakllar chiziq yoki sirt
bo`lishi mumkin.
Dinamik ob`ektlar (dynamic objects) - ularga qo`yilgan tashqi kuchlar ta`sirida harakatga
keluvchi ob`ektlar: prujina va amortizatorlar. Ular ob`ekt harakati dinamikasini modellashtirishda
ishlatiladi. Boshqa dasturlarda geometrik ob`ektlarni qurish va muharrirlashning shunga o`xshash
yoki ulardan farq qiluvchi usullari qo`llaniladi.
Nogeometrik ob`ektlar. Misol sifatida 3D Studio Max dasturini ko`rishni da-vom ettiramiz.
Quyidagi ob`ekt turlarini qarash e`tiborga loyiq.
Yoritish manbai (light objects) tashqi va ichki yoritishni ifodalashda ishla-tiladi. Turli
algoritmlar yorug`lik tarqatuvchi turli manbalarni yaratadi: bir nuqta-dan barcha tomonga
tarqaluvchi nur; projektordagi chiquvchi fokuslangan yorug`-lik; yo`naltirilgan manbadan
chiquvchi yo`naltirilgan nur. Bunda manbalardan chi-quvchi nur turli rangda bo`lishi, ma`lum
masofadan keyin pasayishi shuningdek ob`ektlarning soyalarini hosil qilishi mumkin.
|
| |