1-laboratoriya. Modellashtirish.
1. Fazoviy grafikada uch o‘lchamli grafikani yaratish.
2. AUTO DESK 3D MAX, KOMPAS, Solid Works, CATIA dasturlari.
3. Grafik modellashtirish dasturini asosiy modullari va funksiyalari.
4. Texnik obektlarni vizuallashtirishni amalga oshirish va funksiyalardan foydalanish.
5. “Box Modelling” texnologiyalari dasturlari.
1.Fazoviy grafikada uch o‘lchamli grafikani yaratish.
Uch o’lchovli modellashtirish, animatsiyalar yaratish va vizuallashtirishda 3D Studio Max dasturi
dasturiy ta’minotlar bozorining etakchisi hisoblanadi.
3D Studio MAX dasturining yangi versiyalari yanada takomillastirilgan
imko-niyatlarni
taqdim etadi, qaysikim uch o’lchovli modellar va animatsiyalar yaratuv-chilarning o’sib
kelayotgan ehtiyojlarini qondirishdan iboratdir. 3D Studio MAX ochiq arxitekturasi animatorlarga
100 dan ortiq qo’shilgan ilovalaridan oson va tezkor foydalanish imkoniyatlarini beradi. Ularda
3D Studio MAX SDK yorda-mida hatto o'z dastur modul-ilovalaringizni yaratishingiz va shu
orqali ularning ijod uchun original ko'rinishga ega bo'lishini ta’minlash mumkin.
Uch o`lchovli
grafika ilmiy tekshirishlarda, injenerlik loyiha ishlarida, fizik ob`ektlarning
kompyuter modellarini qurishda keng qo`llaniladi. Uch o`lchovli
grafika kompyuter grafikasi
tarkibiga kiruvchi eng murakkab va keng qamrovli yo`nalishdir. Uch o`lchovli grafika bilan
ishlovchi
foydalanuvchi loyihalash, yoritish, ob`ektlar va kameralarni ko`chirish,
tovush va
namoyish effektlardan foydalanish kabi sohalardan bilimlarga ega bo`lishi kerak. Bu yerda shu
sohaning
tashkil etuvchilari - fazolar, ob`ektlarni modellashtirish, animanamoyish tog`risida
ma`lumotlar keltiriladi.
Qxirgi yillarda an`anaviy 2D grafik dasturlar bilan uch o`lchovli 3D
model-lashtirish,
animasiya va namoyish dasturlari ko`p tarqaldi. Shu davrda ishlab chiqilgan dasturlardan Discreet
kompaniyasining 3D Studio MAX yoki Alias Wavefront kompaniyasining JAVA dasturlari o`z
mohiyatlari bo`yicha gibrid grafik paketlardir. Chunki ular bir tomondan 2D va 3D vektorli
ob`ektlar bilan ishlash imkoniyatini bersa, ikkinchi tomondan ish natijasidan pikselli (rastrli) tasvir
- alohida kadr sifatida yoki videotasmada olinadi. 3D modellashtirishning xususiyatlari va ularda
animasiya harakatlarni qo`shish imkoniyati ularga bo`lgan qiziqishni keskin oshirib yuboradi.
Ularni:
✓ namoyish effektlarini
kino va videoindustriyada;
✓ televizion tijoratda (reklamada);
✓ interaktiv o`yinlarda;
✓ sanoa va arxitektura dizaynida (bezashda);
✓ ilmiy, tibbiy va sud namoyishlarida;
✓ o`rgatuvchi dasturlar va kompyuterda ishlatish mumkin.
Shuni ta`kidlash lozimki uch o`lchovli grafika dasturlari kompyuter quril-malari,
uning
dasturiy ta`minoti hamda u bilan ishlovchi dizayner bilimlariga juda yuqori talablar qo`yadi.
Uch o`lchovli grafika bilan ishlaganda, shakllar hosil qilinadigan fazoga alo-hida e`tibor berish
kerak. Bu holda an`anaviy 2D - tekislik uch o`lchovli grafika maqsadlariga to`g`ri keltiriladi. 3D
- grafikada ishchi fazoni shunday ifodalash kerakki, unda nafaqat
modellashtirilayotgan uch
o`lchovli geometrik shaklni, balki uning geometrik joylashishi va holati hisobga olinishi kerak.
Uch o`lchovli grafikada Dekart, silindrik va sferik koordirata sistemalari ishlatiladi.
Qurilgan barcha uch o`lchovli ob`ektlarni geometrik va nogeometrik ob`ekt-larga bo`lish
mumkin. Geometrik ob`ektga asosan sahna tashkil etuvchilarini qurishda ishlatiladi: personajlar,
jismlar, boshqa so`z bilan aytganda - mavjud borliq ob`ektlari.
Nogeometrik ob`ektlar esa sahnaga jonlilik hissini berish uchun (to`g`ri yoritish), ob`ektlarga
ta`sir etuvchi kuchlarni modellashtirishda (masalan gravi-tasiya yoki shamol esishi) va hokazolar.