• 1. Kompyuter grafikasi va uning turlari
  • Kompyuter grafikasi. Kompyuter grafikasi turlari. Vektorli grafika. Rastrli grafika. Fraktal grafika




    Download 19.15 Kb.
    bet1/2
    Sana06.03.2024
    Hajmi19.15 Kb.
    #167987
      1   2
    Bog'liq
    Adobe Photoshop dasturiga kirish
    Tezis (2), Python дастурлаш тили Lotin yangi, JSM elektron mikroskop, dkhfsdgvf, 10.1 Annotatsiya, 10.1 Ma\'ruza matn, 4-Mavzu Internet xizmatlari va uning dasturiy ta’minoti Reja, kompyuter-tarmoqlari, 1-mavzu Kompyuter tarmoqlarining texnik vositalari. Kompyuter tarmoqlari, Kompyuter tarmoqlari” fanidan Mustaqil Ish-1-fayllar.org, Kompyuter tarmoqlarining texnik vositalari. Kompyuter tarmoqlari, 4 amaliy mashg‘ulot Mavzu Lokal tarmoqqa kirish va uning xizmat-fayllar.org, 3-mavzu Lokal tarmoqqa kirish. Uning xizmatlari-kompy.info, Kompyuter tarmoqlarining texnik vositalari. Kompyuter tarmoqlari (1), talaba-varaqasi-316211100088

    1-ma’ruza. Adobe Photoshop dasturiga kirish. Kompyuter grafikasi. Kompyuter grafikasi turlari. Vektorli grafika. Rastrli grafika. Fraktal grafika.
    Maqsad: Kompyuter grafikasi, kompyuter grafikasi turlari: vektorli grafika, rastrli grafika, fraktal grafikasini o’rganish.
    Kalit so’zlari: Vektorli grafika, Rastrli grafika, Fraktal grafika.


    Reja:
    1. Kompyuter grafikasi va uning turlari.
    2. Rastrli grafika. Vektorli grafika. Fraktal grafika.
    3. Kompyuter grafikasining dasturiy ta’minotlari haqida.


    1. Kompyuter grafikasi va uning turlari.
    Kompyuter grafikasi – kompyuter yordamida yaratilgan, asosan, maxsus grafik apparat va dasturiy taminotlar vositasida yaratilgan tasviriy ifoda, ya’ni suratlar va filmlardir. Bu kompyuter ilmiy olamidagi ulkan va eng so’nggi sohalardan biridir. Kompyuter grafikasi iborasi 1960-yilda birinchi bo’lib Boeing kompaniyasi kompyuter grafikasi tadqiqotchilari Verne Hudson va William Fetter tomonidan kashf etilgan. Iboraning qishqartma shakli CG (Computer Graphics) bo’lsada, ba’zan uni CGI («Computer Generated Imaginary», ya’ni kompyuterda hosil bo’lgan tasavvur) deb talqin qilinadi.
    Kompyuter grafikasining asosiy metodikasi asosan, geometriya, optika va fizika fanlariga mutloq bog’liqdir. Kompyuter grafikasining vazifasi san’at va tasviriy ifodani foydalanuvchiga samarali va mazmunli aks ettirish va harakat-lanuvchi dunyodan olingan obyektga ishlov berishdan iborat. Kompyuter grafikasi rivojlanishi ko’pgina axborot vositalariga sezilarli darajada ulkan ta’sir ko’rsatdi va animatsiya, film, reklama, video o’yinlar umumiy olganda, grafik dizayn olam-idagi inqilobga sabab bo’ldi.
    Umumiy ma’lumot.
    Kompyuter grafikasi atamasi juda keng ma’noni – “kompyuterdagi yozuv va tovushdan tashqari deyarli barcha narsalarni” ifodalay oladi. Odatda, kompyuter grafikasi atamasi bir qancha ma’nolarni ifodalaydi:

    • tasviriy ifodaning kompyuter tomonidan namoyish etish va harakatlantirish (boshqarish);

    • suratni yaratish va harakatlantirishda qo’llaniladigan turli xil texnologiyalar;

    • kompyuter ilmi sohasiga kiruvchi (uni ichidagi, mansub) soha bo’lib, qaysiki raqamli sintezlash va ko’rilayotgan tarkibiy qismni boshqarishning usullarini o’rganadi.

    Kompyuter grafikasi hozirgi kunda juda keng tarqalgan. Kompyuter tasviri hozirda televideniyeda, gazetalarda, masalan, ob-havo yangiliklari yoki tibbiy tekshiruv va jarrohlik muolajalarining barcha turlaridako’ng ko’lamda foydalanib kelinmoqda. Yaxshi ishlangan grafika murakkab statistikalarni tushunish va talqin qilishga qulay bo’lgan tarzda ifodalay oladi. Axborot vositalarida bunday grafikalar gazetalar, yangiliklar, hisobotlar va boshqa ko’rgazmali materiallarda foydalaniladi. Hayoliy narsani ko’rsatib berish uchun ko’plab muchli manbaalar rivojlantirildi. Kompyuter tasavvurni hosil qilishni bir necha turlarga ajratadi: 2 o’lchamli (2D), 3 o’lchamli (3D) va jonlangan grafika (animated graphics). Texnologiya rivojlanib borishi bilan 3D kompyuter grafikasi ham keng ommalasha boshladi, biroq 2D kompyuter grafikasi haligacha keng miqyosda foydalanilib kelinmoqda. Raqamli sintezlash va ko’rilayotgan tarkibiy qismni boshqarish (harakatlantirish) usullarini o’rganadigan kompyuter ilmi sohasi kompyuter grafikasimi yuzada keltirdi. O’tgan o’n yil mobaynida axborot vizualizatsiya va 3 o’lchamli hodisalar (arxetukura, metrologiya, meditsina, biologiya va hokazo) asosi hisoblangan maxsus vizualizatsiyalar kabi ixtisoslashgan sohalar keng miqyosda rivojlandi.
    Shaxsiy kompyuterlardan foydalanishda eng ko‘p tarqalgan yo‘nalishlardan biri-bu kompyuter grafikasidan foydalanishdir. Bu yo‘nalishda faqatgina profes-sional dizayner yoki rassomlar emas, balki oddiy foydalanuvchilar ham ishlashi mumkin.
    Kompyuter grafikasi programmalari 3 turga bo‘linadi:
    1. Rastrli grafika
    2. Vektorli grafika
    3. Fraktal grafika
    Bu programmalar bir-birlaridan tasvirlarni aks ettirish usullari bilan farq qiladi.



    Download 19.15 Kb.
      1   2




    Download 19.15 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kompyuter grafikasi. Kompyuter grafikasi turlari. Vektorli grafika. Rastrli grafika. Fraktal grafika

    Download 19.15 Kb.