6.8-rasm. Qismlar tizimi.
6.9-rasm. Yoritishni tashkil etish
Kameralar (cameras) - kadr tekisligida ob`ekt aksini to`liq nazorat qilish im-konini beradi.
Uning eng asosiy tavsifi, ko`rish maydonini aniqlovchi kamera ob`ektivining foks masofasidir. Bu
ikki parametr o`zaro bog`liq va mos ravishda gradus va millimetrlarda o`lchanadi. Yana bir muhim
tavsif bu qirqim tekisligidir. U sahna qismining ko`rinish masofasini aniqlaydi.
Fazoni bukuvchilar (space warps) ob`ektlarga tashqi kuchlar ta`sirini
ifoda-laydi, bu -
ma`lum ob`ektlarga ta`sir ko`rsatuvchi kuchlar
maydoni deformasiyasi, yoki ob`ekt bo`laklarini
sochib yuboruvchi zarbdor to`lqinlarni keltirish mumkin.
6.10-rasm. Tana a`zolariga ajratildi.
Materiallar sirtning
namoyishi xususiyatlarini, ya`ni sirtning
sahna yoritil-ganligi bilan
munosabatini aniqlaydi.
Sirtlarning quyidagi xususiyatlari materiallarning yorug`lik bilan munosabatini aniqlaydi:
✓
rang (color);
✓
shaffoflik (transparency);
✓
silliqlik (shiness)
✓
nurning sinish koeffisenti (refractive index) .
Rang va shaffoflik nur sochilishni aniqlaydi. Sinish koeffisenti va silliqlik yordaraida sirtdan
shu`lalar va nurli oynaviy qaynatish aniqlanadi.
Material rangini tanlashda quyidagilarni hisobga olish kerak:
✓
Materialni aniq rangini aniqlash.
✓
Rangning to`qliq darajasi.
✓
Rangning yorug`lik darajasi.
Namoyish paytida fotorealistik sifatni olish uchun material xususiyatlarini
juda aniq berish
kerak. Shu maqsadda grafik dasturlarda turli fikr xususiyatli materiallar andoza (shablon) lari
ishlatiladi. Andozalardan foydalanish dizayner ishini keskin osonlashtiradi. Sirt yuzasiga har xil
bezaklarni (uzor) tushirish uchun dasturlarda teksturali xaritalar (dekorativ bezak — maps)
ishlatiladi. (Masalan devorga terilgan g`isht, timsoh terisidan tayyorlangan buyum) .
Oldindan
tayyorlangan teksturalar har xil turdagi fayllarda (HMP, TIF, JPG, EPS,..) saqlanishi yoki ularni
tez qurish qoidalari ko`rinishida saqlanishi mumkin.