Elektr texnik po’latlarning tarkibidagi kremniy miqdoriga nisbatan zichligi va solishtirma qarshiligi




Download 147 Kb.
bet4/7
Sana01.08.2021
Hajmi147 Kb.
#16546
1   2   3   4   5   6   7
Elektr texnik po’latlarning tarkibidagi kremniy miqdoriga nisbatan zichligi va solishtirma qarshiligi


Po’latning kremniy bilan legirlanish darajasi

Markasidagi ikkinchi raqam

Zichligi, x103 kg/m3

Solishtirma elektrik qarshiligi mkOmm

Legirlanmagan

0

7,85

0,14

Kam legirlangan

1

7,82

0,17

O’rtachadan kam legirlangan

2

7,80

0,25

O’rtacha legirlangan

3

7,75

0,40

Yuqori darajada legirlangan

4

7,65

0,50

O’ta yuqori darajada legirlangan

5

7,55

0,60

Tarkibidagi kremniy miqdorining ortishiga qarab temir xossalarining o’zgarishi:


Si, %

, kg/m3

b

(bj) max, Bb/m2

Hc, A/m

, mkOmm

0

7800

150

2,15

0,0160

0,10

2

7750

200

2,06

0,0046

0,40

4

7550

400

1,97

0,0040

0,62

Yupqa listli elektr texnika po’lati quyidagicha tasniflanadi:

Struktura holati va prokatlash turi bo’yicha (markadagi birinchi raqam): 1- qizdirib shakl berilgan, izotropli; 2- sovuqlayin shakl berilgan, izotropli; 3- sovuqlayin shakl berilgan, anizotropli;

Tarkibidagi kremniy miqdori bo’yicha (markadagi ikkinchi raqam): 0- kremniy miqdori 0,4% gacha (legirlanmagan);

1- 0,4%Si0,8%;

2- 0,8%Si1,8%;

3- 1,8%Si2,8%;

4- 2,8%Si3,8%;

5- 3,8%Si4,8%

Asosiy xarakteristikasi bo’yicha (markadagi uchinchu raqam) : O- magnit induksiyasi 1,7 Tl va chastotasi 50 Gs bo’lgandagi solishtirma isroflar P, 17/50); 1=P1,5/50; 2- P1/400; 6- maydon kuchlanganligi 0,4 A/m bo’lgan kuchsiz magnit maydonidagi magnit induktsiyasi (B0,4); 7- maydon kuchlanganligi 10 A/m bo’lgan o’rtacha magnit maydonidagi magnit induksiyasi (B10).

Po’lat o’ram, varaq va tasma ko’rinishida ishlab chiqariladi. Ular izolyatsiya qoplamli bo’lib ham chiqariladi. Po’latlar apparat, transformator, elektr mashinasi va asboblarining magnit zanjirlarida qo’llaniladi. Teksturlangan po’latlar transformatorlar o’zagi uchun ishlatiladi. Bunday po’latdan foydalanish quvvatli transformatorlar hajmi va tashqi o’lchamini 20-25% kamaytirish imkonini beradi, radio transformatori hajmini esa 40% gacha kichraytiradi. Elektr texnik po’latlarning tarkibidagi kremniy miqdoriga nisbatan zichligi va solishtirma qarshiligi 20-jadvalda keltirilgan.

Permalloy temir-nikel qotishmasi bo’lib, uning boshlang’ich magnit singdiruvchanligi nisbatan yuqoridir. Tarkibida nikel miqdori 70-83% bo’lgan permalloylar yuqori nikelli, 40-50% bo’lgan permalloylar esa past nikelli permalloylar deyiladi.

Tarkibida 2% molibden bo’lgan permalloyning р qiymati katta bo’lib, u yaxshi magnitlanish xususiyatiga egadir. Permalloydan qalinligi 0,1-0,5 mm li varaqlar tayyorlanadi. Kukun ko’rinishidagi permalloyga bosim ostida ishlov berib, o’zaklar tayyorlanadi. Bunday o’zaklar 100 kGs chastota bilan ishlaydigan uskunalarda qo’llaniladi.



Alsifer – temirning kremniy va alyuminiy (9,5% Si, 5,6% Al, 84,9% Fe) bilan birgalikdagi qotishmasidir. Bu qotishma qattiq va mo’rt bo’lib, undan murakkab shaklli quymalar olinadi. Alsiferning asosiy xossalari: r6=35500, rt=120000, Hc=1,8 A/m, =0,8 mkOm. Alsiferdan magnitli ekran, asboblarning ustki qismi va boshqa mahsulotlar quyish usuli bilan tayyorlanadi.

Qo’llanilishi magnit xossalarining u yoki bu xususiyatlariga asoslangan materiallarni alohida turkumga kiritish mumkin. Bunday materiallarga quyidagilar misol bo’ladi: 1) maydon kuchlanganligi o’zgarganda magnit singdiruvchanligi juda kam o’zgaradigan qotishmalar; 2) magnit singdiruvchanligi haroratga kuchli ravishda bog’liq bo’lgan qotishmalar; 3) to’yintirish induksiyasi o’ta yuqori bo’lgan qotishmalar.

Birinchi turdagi qotishmalarning nomi perminvar bo’lib, uning tarkibida 29,4% Fe, 45% Ni; 25% Co va 0,6% Mn bor. Mazkur qotishma 1000C da yumshatiladi, keyin 400-500C da ushlab turiladi va asta-sekin sovitiladi. Perminvarning boshlang’ich magnit singdiruvchanligi 300ga teng. Perminvar harorat ta’siriga va mexanik kuchlanishlarga sezgir materialdir.

Ikkinchi turga Ni-Cu, Fe-Ni yoki Fe-Ni-Cr asosidagi termomagnit qotishmalar kiradi.

Uchinchi turga temir-kobalt qotishmalari kiradi. Tarkibida 50-70% Co bo’lgan mazkur qotishmalar permendyurlar deb ataladi. Permendyurlarning narxi qimmatroq bo’lganligi tufayli ulardan faqat maxsus apparatlarda, xususan, dinamik reproduktorlar, ossillograflar, telefon membranalarida foydalaniladi.



Download 147 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 147 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektr texnik po’latlarning tarkibidagi kremniy miqdoriga nisbatan zichligi va solishtirma qarshiligi

Download 147 Kb.