O'rta guruhda mazmunli rasm chizishga o'rgatishning mazmuni va vazifalari




Download 326,24 Kb.
bet10/15
Sana12.02.2024
Hajmi326,24 Kb.
#155286
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Maktabgacha ta\'lim muassasasida rasm chizishga o\'rgatish-fayllar.org

O'rta guruhda mazmunli rasm chizishga o'rgatishning mazmuni va vazifalari.

  • O'rta guruh bolalariga rasm mashg'ulotlari, asosan, yil boshidan o'tkazila boshlanadi, sababi, kichik guruh bolalariga qaraganda, ular ma'lum mazmun asosida, lo'nda qilib rasm ishlay olish qobiliyatiga egadirlar. Bolalarda rasm chizish malakasini rivojlantirish maqsadida 2-3 predmetni ko'rsatish mashqlari bilan boshlash maqsadga muvofiqdir. Rasm ishlash mazmuni quyidagilardir:

  • Mazmuni jihatdan bir-biriga o'xshash 2-3 predmetli rasm chizdirish.

  • Bir necha predmetlarning joylanishini belgilash.

  • Bola 4 yoshdan boshlab predmetlarning yonma-yon joylanishini, odamlarning ko'rinishini faqat old tomondan, hayvonlarning ko'rinishini faqat yon tomondan bir yo'lda chiza olish qobiliyatiga egadirlar. Masalan, «Bolalarnig qishki o'yinlari».

  • O'rta guruhlarda rasm chizish orqali bolalarning og'zaki nutqini o'stirish bilan ularni o'rab turgan tevarak-atrof bilan ham tanishtirish maqsadga muvofiqdir. Bu yoshdagi bolalar uchun quyidagi rasmlarni tavsiya qilish mumkin:

  • «Qizcha uy atrofida o'ynayapti».

  • «Qish, bolalar qorbobo yasayaptilar».

  • «Bo'g'irsoq», «Chipor tovuq».

  • O'rta guruhdagi bolalar rasm chizishni faqat bir yo'nalishda chizishlaridan tashqari, bir varaqni to'ldirib chizish malakalarini ham rivojlantirib boradi. Ma'lum narsani ko'rib, tasavvur qilgan holda rasm chizadi, uning aqliy qobiliyati rivojlanadi, o'sib boradi. Har bir mashg'ulot bolalarni aqliy va estetik ruhda tarbiyalashga, jamoat ishlarini bajara olishiga asos bo'ladi. N.K.Krupskayaning fikricha, «Bolaga beriladigan ta'lim-tarbiya mehnatni sevishdan, uni e'zozlashdan boshlanadi». Bu mashg'ulotlarni o'tkazish asosan bolalarning kuzatuvchanligi asosida olib boriladi, shunda ularning og'zaki nutqi, mustaqil fikrlay olishi, har xil mavzularda rasm chiza olish ko'nikmalari rivojlanadi.

    Download 326,24 Kb.
  • 1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




    Download 326,24 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O'rta guruhda mazmunli rasm chizishga o'rgatishning mazmuni va vazifalari

    Download 326,24 Kb.