• Katta guruhda dekorativ rasm chizishga orgatishning mazmuni va vazifalari.
  • 1. Maktabgacha ta'lim muassasasida rasm chizishga o'rgatish




    Download 326,24 Kb.
    bet15/15
    Sana12.02.2024
    Hajmi326,24 Kb.
    #155286
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
    Bog'liq
    Maktabgacha ta\'lim muassasasida rasm chizishga o\'rgatish-fayllar.org

    Bu shakllar naqshda boshqa kompozitsiyani talab qiladi. Kvadratda, to'g'ri chiziqda joylashtirilgan naqshni chizish yaramaydi, chunki kvadratning to'rtta tomoni, burchagi, markazi mavjud; doirada esa markaz bilan chekka aylana chegarasi bor.


    • Bu shakllar naqshda boshqa kompozitsiyani talab qiladi. Kvadratda, to'g'ri chiziqda joylashtirilgan naqshni chizish yaramaydi, chunki kvadratning to'rtta tomoni, burchagi, markazi mavjud; doirada esa markaz bilan chekka aylana chegarasi bor.

    • Bu quyidagi vazifalarni o'z ichiga oladi:

    • aylana, kvadrat, to'g'ri to'rtburchak ichiga naqsh chizishda shakllarning ritmik joylashtirishda qo'llanadigan kompozitsion qobiliyatni rivojlantirish;

    • rang qobiliyatini rivojlantirish, kontrast ranglarni mos holda ishlatishni o'rgatish; .

    • naqshning oddiy elementlarini chizishga o'rgatish;

    • mo'yqalamdan foydalanishning texnik ko'nikmalarini rivojlantirish (qog'ozda yengil yurg'izish, tochkalar qo'yish, chiziqlar chizayotgan­- da mo'yqalamning butun usti bilan chizish).

    • Avval bolalar mo'yqalam bilan to'g'ri chiziqlarni chizishni va ularning orasiga nuqtalar qo'yishi, ranglarni ketma-ket almashtirib chizishni o'rgatadilar. Undan tashqari, bolalar, dumaloq va aylana shakllarni chizishga o'rganadilar.

    Katta guruhda dekorativ rasm chizishga o'rgatishning mazmuni va vazifalari.


    • Katta guruhda dekorativ rasm chizishga o'rgatishning mazmuni va vazifalari.

    • Besh yoshdagi bolalar uchun dekorativ rasmda ancha xalq dekorativ naqshlari turli ko'rinishlarining ahamiyatini ko'raolishni o'rgatish; rasmlarda xalq naqshining alohida elementlaridan foydalanish;

    • qalam va bo'yoqlar bilan chizish texnik ko'nikmalarini takomillashtirish.

    • Maktabga tayyorlov guruhiga yumaloq to'g'ri burchakli shakllarda naqsh chizishning asosiy prinsiplari bilan tanish bo'lgan bolalar keladi. Ularga yangi shakllar - to'g'ri to'rtburchak va ko'pburchak hamda turli xildagi yassi shaklli predmetlar - vazalar, ko'za (kuvshin)lar, piyola (chashka)lar, qo'lqoplar, qalpoqlar va hokazolar tavsiya qilinadi. Bu predmetlar to'g'ri geometrik shaklga ega emas, va ularda naqsh chizish turli prinsiplardan foydalanishni talab qiladi. (Masalan, ko'zacha bo'ynining chetiga chiziqli ornament (naqsh) chizilsa, yumaloq qismiga esa markazda chiziladigan naqshdan foydalaniladi). Undan tashqari, simmetriya haqidagi tushuncha ham murakkablashadi. Bir xil shaklni chap va o'ng tomonga joylashtirishdan tashqari, bolalar ko'zgusimon aks bilan tanishadilar (Zerkalnoe otrajenie); ko'zgusimon aksda naqshning qismlari o'z o'rnini o'zgartiradi. Undan so'ng bolalar to'rsimon bezak prinsipi asosida bir turdagi naqsh bilan elementlarni shaxmat ketma-ketligida qaytarib, galma-gal chizish bilan butun shaklni to'ldirish usulini egallaydilar. Bolalar matolar uchun, qo'g'irchoqning ko'ylagi uchun turli naqshlarni chizadilar. Uchburchakdagi naqsh faqat chetlarida, burchaklarida bo'lmay, balki bir burchakdan boshlanib, butun uchburchak bo'ylab tarqalishi mumkin.


    http://fayllar.org
    Download 326,24 Kb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




    Download 326,24 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Maktabgacha ta'lim muassasasida rasm chizishga o'rgatish

    Download 326,24 Kb.