• Ikkinchi guruhda orgatishning mazmun va vazifalari.
  • Birinchi kichik guruhda o'rgatishning mazmuni va vazifalari




    Download 326,24 Kb.
    bet7/15
    Sana12.02.2024
    Hajmi326,24 Kb.
    #155286
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
    Bog'liq
    Maktabgacha ta\'lim muassasasida rasm chizishga o\'rgatish-fayllar.org

    Birinchi kichik guruhda o'rgatishning mazmuni va vazifalari.


    • Birinchi kichik guruhda o'rgatishning mazmuni va vazifalari.

    • Ikki yoshli bola qalam, mo'yqalamni to'g'ri ushlashi mumkin, lekin uning tajribalari kam, bajara olish va bilish qobliyatlari yo'q, qo'l harakatlari yetarlicha rivojlanmagan. Shuning uchun asosiy vazifalar bolalarga umumiy tarbiyaviy ta'sir qilish bilan bog'liqdir. Birinchi kichik guruhda o'rgatishning vazifalari quyidagilar:

    • Rasm chizish jarayoniga natija beruvchi jamoat ishi deb qiziqishni uyg'otish.

    • Rasm chizish materiallari - «qalam, bo'yoqlap» va ulardan foydalanish usullari bilan tanishtirish.

    • Katta yoshli odam chizgan rasmni, predmetning tasviri deb tushunishni o'rgatish.

    • To'g'ri va egri chiziqlarni hamda tomonlari berk shakllarni chizish prinsiplarini o'rgatish.

    • Bu guruhning dasturi keyingi guruhlarning dasturidan bosqichma-bosqich murakkablashib borishi bilan farqlanadi. Rasm chizishning birinchi mashg'uloti qog'oz va qalam bilan tanishtirishdan boshlanadi. Bu materiallarning o'yinchoqlardan bolalarga ma'lum bo'lgan turli xil predmetlardan farq qilishini pedagog bolalarga tushuntiradi. Qalamlar bilan turli faoliyat turlarini bajarish mumkin. Qog'oz toza edi, qalamning harakatlanishidan unda izlar paydo bo'ldi. Qalamning ochilgan uchi qog'ozda iz qoldiradi. Ikki uchi esa iz qoldirmaydi. Agar sekin bosilsa, qog'ozda uning izlari ko'rinmaydi. Agar qattiq bosilsa, qog'oz yirtilib ketishi mumkin. Bunday tushuntirishni va harakatlarni ko'rsatib berish bolalarda rasm chizishga qiziqishni uyg'otadi. Bulardan tashqari, oddiy texnik ko'nikmalarni qalam, mo'yqalamni to'g'ri ushlash, ulardan tartibli foydalanish, bo'yoqni mo'yqalamning uchiga olishni bilish kabilarni o'rgatishni dastur o'z ichiga olgan.

    Ikkinchi guruhda o'rgatishning mazmun va vazifalari.


    • Ikkinchi guruhda o'rgatishning mazmun va vazifalari.

    • Hayotining 4-yilida bola predmetni yaxshiroq yoki yomonroq tasvirlay olishni bilmasalar ham, lekin ular rasm chizishning ma'nosini tushuna boshlaydilar. Ular o'zlari chizgan shaklsiz rasmlarni predmetning biror bir belgisiga asosan o'xshatib chizadilar. Pedagog bolalarning rasm bilan predmetning o'xshash belgilarini topishga urunishni rag'batlantirib turishi va shu bilan bir qatorda, turli shakllarni to'g'ri tasvirlashga o'rgatib borish zarur. Bu yoshda tasviriy faoliyatni o'rgatish vazifalari bir rejaga qo'yilgan.

    • Sodda predmetlarning asosiy belgilar(rang, shakl)ini berib, turli xil to'g'ri va aylanasimon shakllarning tasviriga o'rgatish.

    • Rangni bilish sezgisi asosiy ranglarni ajratish va aytishni bilishni rivojlantirish;

    • Kompozitsion ko'nikmalarni, qog'ozning o'rtasiga tasvirlarni joylashtirishni rivojlantirish.


    • Download 326,24 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




    Download 326,24 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Birinchi kichik guruhda o'rgatishning mazmuni va vazifalari

    Download 326,24 Kb.