|
1. Maktabgacha ta'lim muassasasida rasm chizishga o'rgatish
|
bet | 5/15 | Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 326,24 Kb. | | #155286 |
Bog'liq Maktabgacha ta\'lim muassasasida rasm chizishga o\'rgatish-fayllar.org3. Ilk yoshdagi bolalar guruhlarida bolalarga bir yarim yoshdan boshlab qalam berish mumkin. Lekin bolalar qilayotgan harakatining tasviriy ma'nosiga 1 kichik guruhdan boshlab tushuncha boshlanadi. 1 kichik guruh (2 yoshdan 3 yoshgacha).
1. Ilk yoshdagi bolalar guruhlarida bolalarga bir yarim yoshdan boshlab qalam berish mumkin. Lekin bolalar qilayotgan harakatining tasviriy ma'nosiga 1 kichik guruhdan boshlab tushuncha boshlanadi. 1 kichik guruh (2 yoshdan 3 yoshgacha).
2. Bu davrga kelib, nutqi o'sadi, tasavvur doirasi kengayadi, materiallar bilan mustaqil harakat qilishi faollashadi. Bu guruhda tarbiyachi bolalarni qilayotgan harakatlarini kuzatishga o'rgatadi. Chizayotgan turli chiziqlar bilan predmetlarning turlarini bilishga, ularni ayrim narsalarga o'xshatishga o'rgatadi. Bolalarga savollar bilan murojaat qiladi, sen nimani chizding, deb bolaning chizgan ishini qaysi predmetga o'xshashligini aniqlaydigan ko'plab savollar beradi. Bolaning harakati ixtiyorsiz bo'ladi. Hamma bolalar bir vaqtda o'z harakati natijasida hosil bo'lgan ishida predmet o'rtasidagi o'xshashlikni aniqlay olmaydi, bu xususiyatning o'sishi o'z-o'zidan nutqining rivojlanishiga sabab bo'ladi. Ular tarbiyachi ko'rsatgan ishlarida oddiy predmet va hodisalarni tasvir etadi. Masalan, yomg'ir yog'yapti, qor yog'yapti, barglar uchyapti, daryoda suv oqmoqda kabi. 3-yilda asta-sekin bolalarda ranglarga qiziqish ortadi. Ular turli ranglardan foydalanib, uni predmetga o'xshatadi. Masalan, uncha katta bo'lmagan qog'oz betiga qizil bo'yoqda bo'lib, «men gul soldim» deydi. Bu guruhda tarbiyachi bolalarga predmetning qaysidir bir qismini chizib, tugatishlarni taklif qiladi. Masalan, sharga ip, bayroqchaga tayoqchani va qizil, yashil, ko'k, sariq ranglarni bilishga va foydalanishga o'rgatiladi. «Quyosh», «Ko'm-ko'k o'tlar», «Gullar» kabi. Bolalar dastlab qalam bilan chizishadi, 3-4 mashg'ulotdan keyin bo'yoqdan foydalanib bo'yaydi, undan foydalanishni o'rgatiladi. Bolalarga quyidagi mavzularda bo'yoqlar bilan rasm chizdirish mumkin. Masalan, «Daraxtlardan barglar to'kilyapti, «Uyda chiroqlar yoqildi».
|
| |