• Maktabgacha talim muassasasida dekorativ rasm solisbga orgatishning vazifalari. Dekorativ rasm solish.
  • Tayyorlov guruhida mazmunli rasm chizishga o'rgatishning mazmuni va vazifalari




    Download 326,24 Kb.
    bet13/15
    Sana12.02.2024
    Hajmi326,24 Kb.
    #155286
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
    Bog'liq
    Maktabgacha ta\'lim muassasasida rasm chizishga o\'rgatish-fayllar.org

    Tayyorlov guruhida mazmunli rasm chizishga o'rgatishning mazmuni va vazifalari.


    • Tayyorlov guruhida mazmunli rasm chizishga o'rgatishning mazmuni va vazifalari.

    • Katta guruhda bolalar orqali egallangan ko'nikma va malakalar tarbiyachiga 6-7 yoshli bolaga o'rgatish vazifalarini murakkablashtirish imkoniyatini beradi. Buning uchun quyidagilar kerak.

    • Bolalar rasmlarining mazmunini boyitish uchun berilgan mavzu bo'yicha rasm sujetini bolalarni mustaqil holda aniqlashga o'rgatish.

    • Sujetda harakat natijasida predmetning shaklini o'zgartirishga o'rgatish (masalan, engashishni, yugurishni).

    • Kompozitsion qobiliyatlarni rivojlantirish; predmetlarning joylashishi, yaqindagilarni qog'ozning pastiga, uzoqdagilarni qog'ozning tepasiga (o'lchamlarini o'zgartirmasdan) joylashtirish.

    • Ranglarni farqlash qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqil holda sujetga mos rangni berishga o'rgatish.

    • Bu yoshda bolalarning analitik fikrlashi yaxshi rivojlangani uchun tarbiyachi berilgan mavzuga mos mazmunni mustaqil holda tanlashga bolalarga imkoniyat yaratib beradi. Masalan, «Uy qurish» mavzusi bo'lsa, bolalarning o'zlari qanaqa uy, kim quryapti, qayerda kabi savollarga javob beradilar. Bolalar harakatdagi predmetning shakli o'zgarishini bilishadi, shu o'zgartirishlarni tasvirlay oladilar.

    Maktabgacha ta'lim muassasasida dekorativ rasm solisbga o'rgatishning vazifalari. Dekorativ rasm solish.


    • Maktabgacha ta'lim muassasasida dekorativ rasm solisbga o'rgatishning vazifalari. Dekorativ rasm solish.

    • Tasviriy san'atning boshqa barcha turlari kabi, bolada go'zallik hissini rivojlantiradi. Xalq dekorativ san'ati asarlari bolalarga yorqinligi hamda kompozitsiyalarining soddaligi bilan yaqindir. Bolalarni tarbiyachi respublikamizning turli viloyat dekorativ san'at asarlari bilan tanishtirish bilan birga, vatanga bo'lgan muhabbatni, ana shu san'at asarlarini yaratayotgan insonlar mehnatiga bo'lgan hurmatni ham tarbiyalashi zarur. Dekorativ rasm solish quyidagi vazifalarni o'z ichiga oladi:

    • bolalarda turli shakllardagi naqshning tuzilishini, kompozitsiya bilan bog'lash hissini rivojlantirish;

    • ranglar hissini rivojlantirish;

    • * dekorativ san'atdagi usullarni farqlay olishni va alohida elementlarni o'z ijodida qo'llay olish malakasini rivojlantirish;

    • * mo'yqalam va qalam bilan rasm chizishning texnik ko'nikmalarini hosil qilish.

    • Bolalarni dekorativ rasm solishga o'rgata turib, pedagog bolalarda butun naqsh komponentlari, ranglari, kompozitsiyalari, shakl elementlari o'rtasidagi bog'liqlikni ko'ra olish malakasini rivojlantirishi zarur. Bola predmetning shakliga va nima maqsadda ishlatilishiga qarab, uni bezaydigan ornamenti, naqshi o'zgarishini his qilishi va albatta, tushunishi zarur. Shundan kelib chiqqan holda, u naqsh bilan bezashning ahamiyatini, maqsadga muvofiqligini, shakl bilan mazmun o'rtasidagi bog'liqlikni bilib, tushunib boradi. Bolalarni dekorativ rasm solish bilan tanishtira turib, ritm nima va simmetriya nimaligi haqida tasavvur hosil qilishga o'rgatish zarur. Chunki dekorativ san'at olami ritm va simmetriyasiz mavjud bo'la olmaydi. Dekorativ rasm solishda asosiy vazifalardan biri - rangni his qilishni rivojlantirishdir. Rang - naqsh ornamentida kompozitsiya bilan chambarchas bog'langan, naqsh bezagida ularni bir-biridan ajratib bo'lmaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalar ranglarning bir-biriga mos kelib, uyg'unlashishini albatta, barchasini o'zlashtira olmaydilar. Lekin rang hissi ularda bog'chagacha bo'lgan yoshdan boshlab rivojlana boshlaydi. Dekorativ rasmda ranglardan foydalanish vazifasi har bir guruhda murakkablashib boradi (yorqin, kontrast ranglarning moslashuvidan boshlab, iliq va sovuq ranglar jilosi (ottenok) ning turli uyg'unlashuviga qadar).

    Download 326,24 Kb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




    Download 326,24 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tayyorlov guruhida mazmunli rasm chizishga o'rgatishning mazmuni va vazifalari

    Download 326,24 Kb.