1-ma’ruza: Dasturiy vositalar va ularning tasnifi




Download 0,5 Mb.
bet3/11
Sana19.09.2024
Hajmi0,5 Mb.
#271627
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1-Ma\'ruza

Operatsion tizim (ОТ). Kompyuterning yoqilishi bilan ishga tushuvchi ushbu dastur kompyuterni va uning resurslarini boshqaradi, foydalanuvchi bilan muloqotni tashkil etadi, bajarish uchun boshqa dasturlarni (amaliy dasturlarni) ishga tushiradi. ОТ foydalanuvchi va amaliy dasturlar uchun kompyuter qurilmalari bilan qulay muloqotni (interfeysni) ta’minlaydi.
Drayverlar. Ular ОТ imkoniyatlarini kengaytiradi.Jumladan, kompyuterning kiritish-chiqarish qurilmalari (klaviatura, sichqoncha, printerlar va boshqalar) ni boshqarishda yordam beradi. Drayverlar yordamida kompyuterga yangi qurilmalarni ulash yoki mavjud qurilmalardan nostandart ravishda foydalanish mumkin.
Hozirgi davrda ko‘plab OTlar mavjud:- UNIX; Linux, MS DOS; OS/2; MS WINDOWS, Solaric. Birinchi shaxsiy kompyuterlar ОТ ga ega emas edi. Kompyuter tarmoqqa ulanishi bilan protsessor doimiy xotiraga murojaat etar edi. Ularda murakkab bo’lmagan dasturlash tili, masalan, BASIC yoki shunga o‘xshash tilni qo‘llovchi, ya’ni uni tushunib, unda yozilgan dastur bilan ishlay oluvchi maxsus dastur yozilgan bo’lar edi. Ushbu til buyruqlarini o‘rganish uchun bir necha soat kifoya qilar, so‘ngra kompyuterga uncha murakkab bo’lmagan dasturlarni kiritish va ular bilan ishlash mumkin bo‘lar edi. Kompyuterga magnitofon ulangach, chet dastumi ham yuklash imkoniyati yaratildi. Buning uchun bitta LOAD buyrug‘i kifoya edi, xolos. Kompyuterga disk yurituvchilar ulanishi bilan OTga bo‘lgan zamriyat pay do boTdi. Disk yurituvchi magnitofondan shunisi bilan farq qiladiki, bu qurilmaga erkin murojaat etish mumkin.
Diskdagi dasturlarni faqat nomi orqali yuklash imkonini beruvchi operatsion tizim ishlab chiqildi va u disk operatsion tizimi (DOT) deb nom oldi.DOT nafaqat diskdagi fayllarni yuklash, balki xotiradagi fayllarni diskka yozish, ikkita faylning bitta sektorga tushishining oldini olish, kerak bo‘lgan paytda fayllarni o’chirib tashlash, fayllarni bir diskdan ikkin-chisiga ko‘chirish (nusxa olish) kabi ishlarni ham bajara oladi. Umuman olganda, DOT foydalanuvchini alohida qog‘ozlarda ko‘plab yozuvlarni saqlashdan halos etdi, disk yurituvchilar bilan ishlashni soddalashtirdi va xatolar sonini sezilarli darajada kamaytirdi.
OTlarning keyingi rivojlanishi apparat ta’minotining rivojlanishi bilan parallel bordi. Egiluvchan disklar uchun yangi disk yurituvchilar pay do bo’lishi bilan OTlar ham o‘zgardi. Qattiq disklarning yaratilishi bilan, ularda o‘nlab emas, balki yuzlab, hatto minglab fayllarni saqlash imkoniyati yaratildi. Shu sababli fayllar nomida ham anglashilmovchiliklar paydo bo‘la boshladi. Ana shunda DOTlar ham ancha takomillashdi. Ularga disklarni kataloglarga boTuvchi va ushbu kataloglarga xizmat koTsatuvchi vositalar (kataloglar orasida fayllarni ko‘chirish va nusxa olish, fayllarni saralash va boshqalar) kiritildi. Shunday qilib, disklarda faylli struktura paydo bo‘ldi. Uni tashkil etish va unga xizmat ko‘rsatish vazifasi esa OTga yuklanadi.
Qattiq disklar yanada katta o’lchamlarga ega bo’lishi bilan ОТ ularni bir nechta mantiqiy disklarga bo‘lishni ham «o‘rganib» oldi. Har bir yangi paydo bo‘layotgan ОТ kompyuterning tezkor xotirasidan yanada unumliroq foydalana oladi va yanada quvvatli protsessorlar bilan ishlay oladi.
1981 yildan 1995 yilgacha IBM PC kompyuterlarning asosiy operatsion tizimi MSDOS edi. MSDOS foydalanuvchi bilan kompyuterning apparat ta’minoti o‘rtasidagi «vositachi» bo’lib xizmat qildi.Shuning bilan birga u insonga qaraganda kompyuterga yaqinroqdir. Kompyuterni ta’mirlash va unga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ko'pgina ishlar ham MS DOSda bajarilar edi.MS Windows grafik interfeysli ОТ hisoblanadi,chunki u foydalanuvchi bilan grafik tasvirlar (yorliqlar,belgilar) yordamida muloqot qilish imkonini beradi.

Download 0,5 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 0,5 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-ma’ruza: Dasturiy vositalar va ularning tasnifi

Download 0,5 Mb.