|
1-ma’ruza: Dasturiy vositalar va ularning tasnifi
|
bet | 6/11 | Sana | 19.09.2024 | Hajmi | 0,5 Mb. | | #271627 |
Bog'liq 1-Ma\'ruzaCASE-texnologiyasi informatikaning hozirgi paytda eng tezkor rivojlanayotgan sohalaridan biridir.
CASE (Computer Aided Sistem Engineering) - axborotlar tizimini avtomatlashtirilgan usulda loyihalash degani bo‘lib, Case-texnologiyasi turli mutaxassislar, jumladan, tizimli tahlilchilar, loyihachilar va dasturchilar ishtirok etadigan ko‘pchilikning qatnashishi talab etiladigan axborot tizimlarini yaratishda qo’llaniladi. Case-texnologiyalari vositalari o‘tgan asrning 80-yillari oxirida shakllangan yo‘nalishdir. Ulardan keng ko‘lamda foydalanish qimmatligi tufayli chegaralangandir.
Case-texnologiyasi - murakkab dasturiy tizimlarni tahlil etish, loyihalash, ishlab chiqarish va kuzatib turish texnologik jarayonini avtomatlashtiruvchi dasturiy ta’minotdir. Case-texnologiyasining asosiy yutug‘i - kompyuterlarning mahalliy tarmog’da ishlayotgan mutaxassislarni birgalikda, hamkorlikda loyiha ustida ishlashini tashkil eta olishi, loyihaning ixtiyoriy fragmentini eksport-import qila olishi va loyihani tashkiliy boshqara bilishidadir.
Pedagogik dasturiy vositalar
Pedagogik dasturiy vositalar – kompyuter texnologiyalari yordamida o‘quv jarayonini qisman yoki to‘liq avtomatlashtirish uchun mo‘ljallangan didaktik vosita hisoblanadi. Ular ta’lim jarayonini samaradorligini oshirishning istiqbolli shakllaridan biri hisoblanib, zamonaviy texnologiyalarning o‘qitish vositasi sifatida ishlatiladi. Pedagogik dasturiy vositalar tarkibiga: o‘quv fani bo‘yicha aniq didaktik maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan dasturiy mahsulot (dasturlar majmuasi), texnik va metodik ta’minot, qo‘shimcha yordamchi vositalar kiradi.
Pedagogik dasturiy vositalarning xususiyatlari.
Pedagogik dasturiy vositalarni quyidagilarga ajratish mumkin:
O‘rgatuvchi dasturlar – o‘quvchilarning bilim darajasi va qiziqishlaridan kelib chiqib yangi bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltiradi;
Test dasturlari – egallangan bilim, malaka va ko‘nikmalarni tekshirish yoki baholash maqsadlarida qo‘llaniladi;
|
| |