• Tayyorgarlikning to’rtinchi bosqich
  • Tayyorgarlikning beshinchi bosqichi
  • Tayyorgarlikning uchunchi bosqich




    Download 0,5 Mb.
    bet9/11
    Sana19.09.2024
    Hajmi0,5 Mb.
    #271627
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    1-Ma\'ruza

    Tayyorgarlikning uchunchi bosqichda ovoz bilan ishlash metodlari o‘rganiladi. Bu yerda ovozlarni yozish, tahrirlash va qayta yaratish masalalari muhim hisoblanadi. Bu masalalarni Sound Forge dasturi yordamida hal etish mumkin. Bu dastur ovozni yozish, fayllarni asosiy ovoz formatlariga o‘tkazishni amalga oshiradi. Undan tashqari, mazkur dastur yordamida ovozlarni tahrirlash, ovozga maxsus effektlarni qo‘shish imkoniyatlari ham mavjud. Ovozlarni eshitish uchun ommabop bo‘lgan Winamp dasturidan foydalanish mumkin. Ammo multimedia mahsulotlarida ovoz namoyish etiladigan dastur bilan integrallashgan bo‘lib, eshitish uchun maxsus vositalarni talab etmaydi.
    Tayyorgarlikning to’rtinchi bosqich - Grafika yaratish va ovoz bilan ishlash bilimiga hamda metodlariga ega mutaxassis keyingi navbatda multimedia mahsulotlarini namoyish etish va yaratish vositalarini o‘rganadi. Bunga birinchi navbatda HTML-dasturlari guruhiga mansub MS Word, MS FrontPage, Macromedia Dreamweaver, Share Point Designer, Web Bulder dasturlari bilan ishlash, MS PowerPoint, iSpring Pro, iSpring Free, iSpring Prizentsion hamda Prezi dasturlarida namoyishlar tayyorlash kiradi. Shuningdek, murakkabroq bo‘lgan multimediali interaktiv namoyish yaratish dasturi bo‘lgan Macromedia Flash, Auto Play Media Studio, Cours Lab, Lector, grafika va ovozni qayta ishlash, shuningdek, animatsiya yaratish dasturi bo‘lgan Adobe AfterEffect va boshqa dasturlarni tavsiya etish mumkin. Bu bosqichda talaba o‘zi o‘rgatuvchi multimedia ilovalarini yaratishni bilishi zarur.
    Tayyorgarlikning beshinchi bosqichi - metodik bosqich bo‘lg‘usi mutaxassisga «qanday va qaysi vositalar bilan o‘quv materiallarini o‘quvchiga yetkazish kerak?» degan savolga javob berishi zarur. Bu bosqichda ular o‘zlarining grafika bo‘yicha bilimlari asosida va kompyuterning audio imkoniyatlarini bilgan holda, qaysi vaziyatlarda axborotlarni qanday uzatish maqsadga muvofiqligini aniq bilishlari shart.
    Elektron pedagogika axborot kommunikatsiya texnologiyalar bilan to‘yingan (uyg‘unlashgan) axborot ta’lim muhitida o‘quv jarayonlarni o‘rganish, bashoratlash va tafsirlash bilan shug‘ullanadigan ilmiy yo‘nalish.

    Download 0,5 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 0,5 Mb.