|
- amaliy dasturiy ta ’minot
|
bet | 2/11 | Sana | 19.09.2024 | Hajmi | 0,5 Mb. | | #271627 |
Bog'liq 1-Ma\'ruza- amaliy dasturiy ta ’minot;
- dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari.
Tizimli dasturiy ta’ minot (System software) - kompyuterning va kompyuter tarmoqlarining ishini ta’minlovchi dasturlar majmuasidir.
Amaliy dasturiy ta’minot (Application program package) - aniq bir predmet sohasi bo‘yicha ma’lum bir masalalar sinfini yechishga mo‘ljallangan dasturlar majmuasidir.
Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari - yangi dasturlarni ishlab chiqish jarayonida qo‘llaniladigan maxsus dasturlar majmuasidan iborat vositalardir. Bu vositalar dasturchining uskunaviy vositalari bo’lib xizmat qiladi, ya’ni ular dasturlarni ishlab chiqish (shu jumladan, avtomatik ravishda ham), saqlash va joriy etishga mo‘ljallangan.
Tizimli dasturiy ta’minot quyidagilarni bajarishga qaratilgan:
- kompyuterning va kompyuterlar tarmog‘ining ishonchli va samarali ishlashini ta’minlash;
- kompyuter va kompyuterlar tarmog‘i apparat qismining ishini tashkil qilish va profilaktika ishlarini bajarish.
Tizimli dasturiy ta’minot ikkita tarkibiy qismdan - asosiy (bazaviy) dasturiy ta’minot va yordamchi (xizmat ко 'rsatuvchi) dasturiy ta’minotdan iborat. Asosiy dasturiy ta’minot kompyuter bilan birgalikda yetkazib berilsa, xizmat ко‘rsatuvchi dasturiy ta’minot alohida, qo‘shimcha tarzda olinishi mumkin.
Asosiy dasturiy ta’minot (base software) kompyuter ishini ta’minlovchi dasturlarining minimal to‘plarnidan iborat. Ularga quyidagilar kiradi:
- operatsion tizim (ОТ);
- tarmoq operatsion tizimi.
Yordamchi (xizmat ко ‘rsatuvchi) dasturiy ta’minotga asosiy dasturiy ta’minot imkoniyatlarini kengaytiruvchi va foydalanuvchining ish muhitini (interfeysini) qulayroq tashkil etuvchi dasturlar kiradi. Bular tashxis qiluvchi, kompyuterning samaradorligini oshiruvchi, antivirus, tarmoq ishini ta’minlovchi va boshqa dasturlardir. Shunday qilib, tizimli dasturiy ta’minotni sxematik ravishda quyidagicha tasvirlash mumkin:
|
| |