|
Kichik nashriyot tizimlari
|
bet | 5/11 | Sana | 19.09.2024 | Hajmi | 0,5 Mb. | | #271627 |
Bog'liq 1-Ma\'ruzaKichik nashriyot tizimlari «kompyuterli nashriyot faoliyati» axborot texnologiyasini ta’minlaydi, matnni bichimga solish va tahrirlash, avtomatik ravishda betlarga ajratish, xat boshlarini yaratish, rangli grafikani matn orasiga qo‘yish va hokazolami bajaradi.
Multimedia dasturiy vositalari dasturiy mahsulotlarning nisbatan yangi sinfi hisoblanadi. U ma’lumotlarni qayta ishlash muhitining o‘zgarishi, lazerli disklarning paydo bo‘lishi, ma’lumotlarning tarmoqli texnologiyalarining rivojlanishi natijasida shakllandi.
Sun'iy intellekt tizimlari. Bu sohadagi izlanishlami to'rt yo‘nalishga bo’lish mumkin:
- Ijodiy jarayonlarni imitatsiya qiluvchi tizimlar.Ushbu yo‘nalish kompyuterda o‘yinlami (shaxmat, shashka va h.k.) dasturlash va boshqalami amalga oshiradigan dasturiy ta’minotni yaratish bilan shug‘ullanadi.
- Bilimlarga asoslangan intellektual tizimlar.Ushbu yo‘nalishdagi muhim natijalardan biri ekspert tizimlarning yaratilishi hisoblanadi. Shu tufayli sun’iy intellekt tizimlarini ma'lum va kichik sohalarning eksperti sifatida tan olinishi va qo’llanishi mumkin.
- EHMlaming yangi arxitekturasini yaratish. Bu yo‘nalish sun'iy tafakkur mashinalari (beshinchi avlod EHMlari) ni yaratish muammolarini o‘rganadi.
- Intellektual robotlar.
Bu yo‘nalish oldindan qo‘yilgan manzil va maqsadga erisha oladigan intellektual robotlar avlodini yaratish muammolari bilan shug‘ullanadi.
DASTURLASH TEXNOLOGIYASINING USKUNAVIY VOSITALARI
Hozirgi paytda dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalarini yaratish bilan bog‘liq yo‘nalish tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Bunday uskunaviy vositalar dasturlar yaratish va sozlash uchun kuchli va qulay vositalarni tashkil etadi. Ularga dasturlar yaratish vositalari va Case-texnologiyalar kiradi. Dasturlar yaratish vositalari. Ushbu vositalar dasturlar yaratishda ayrim ishlarni avtomatik ravishda bajarishni ta’minlovchi dasturiy tizimlami o‘z ichiga oladi. Ularga quyidagilar kiradi:
- kompilyator va interpretatorlar;
- dasturlar kutubxonasi;
- turli yordamchi dasturlar.
Kompilyator dasturlash tilidagi dastumi mashina kodidagi dasturga aylantirib beradi. Interpretator yuqori darajadagi dasturlash tilida yozilgan dastuming bevosita bajarilishini ham ta’minlaydi. Dasturlar kutubxonasi oldindan tayyorlangan dasturlar to‘plamidan iborat. Dasturlar yaratish vositalariga Makroassembler MASM, Visual Cutt for Windows Professional Edition kompilyatori, Visual Basic for Windows va boshqalar kiradi.
|
| |