• Bunday dasturlarni kopincha utilitlar deb atashadi
  • AMALIY DASTURIY TA’MINOT
  • Muammoga yo‘naltirilgan ADT
  • 1-ma’ruza: Dasturiy vositalar va ularning tasnifi




    Download 0,5 Mb.
    bet4/11
    Sana19.09.2024
    Hajmi0,5 Mb.
    #271627
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    1-Ma\'ruza

    Tarmoq ОТ. Tarmoqqa ulangan kompyuterlarning yakkahol va birgalikda ishlashini ta'minlovchi maxsus dasturlar majmuasidan iborat ОТ - tarmoq operatsion tizimi deb ataladi. Ushbu ОТ, jumladan, tarmoq ichra ma’lumotlarni ayirboshlash, saqlash, qayta ishlash, uzatish kabi xizmatlarni ko‘rsatadi. Asosiy dasturiy ta’minotni qo‘shimcha ravishda o‘rnatiladigan xizmat ko‘rsatuvchi dasturlar to’plarni to’ldirib turadi. Bunday dasturlarni ko'pincha utilitlar deb atashadi. Utilitlar - ma’lumotlarni qayta ishlashda qo‘shimcha operatsiyalarni bajarishga yoki kompyuterga xizmat ko‘rsatishga (tashxis, apparat va dasturiy vositalarni testlash, diskdan foydalanishni optimallashtirish va boshqalar) mo’ljallangan dasturlardir.


    AMALIY DASTURIY TA’MINOT
    Kompyutening dasturiy ta’minoti orasida eng ko‘p qo‘llaniladigani amaliy dasturiy ta’minot (ADT) dir. Bunga asosiy sabab - kompyuterlardan inson faoliyatining barcha sohalarida keng foydalanilishi, turli predmet sohalarida avtomatlashtirilgan tizimlarning yaratilishi va qo’llanilishidir. Amaliy dasturiy ta’minotni quyidagicha tasniflash mumkin:

    Muammoga yo‘naltirilgan ADTga quyidagilar kiradi:
    - buxgalteriya uchun DT;
    - personalni boshqarish DT;
    -jarayonlarni boshqarish DT;
    - bank axborot tizimlari va boshqalar.
    Umumiy maqsadli ADT - soha mutaxassisi bo’lgan foydalanuvchi axborot texnologiyasini qo’llaganda uning ishiga yordam beruvchi ko‘plab dasturlami o‘z ichiga oladi. Bular:
    - kompyuterlarda malumotlar bazasini tashkil etish va saqlashni ta’minlovchi maiumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT);
    - matnli hujjatlarni avtomatik ravishda bichimlashtiruvchi, ularni tegishli holatda rasmiylashtiruvchi va chop etuvchi matn protsessorlari;
    - grafik muharrirlar;
    - hisoblashlar uchun qulay muhitni ta’minlovchi jadval protsessorlari;
    - taqdimot qilish vositalari, ya’ni tasvirlar hosil qilish, ulami ekranda namoyish etish, slaydlar, animatsiya, filmlar tayyorlashga moijallangan maxsus dasturlar.
    Ofis ADT idora faoliyatini tashkiliy boshqarishni ta’minlovchi dasturlami o‘z ichiga oladi. Ularga quyidagilar kiradi:
    - rejalovchi yoki organayzerlar, ya’ni ish vaqtini rejalashtiruvchi, uchrashuvlar bayonnomalarini, jadvallarni tuzuvchi, telefon va yozuv kitoblarini olib boruvchi dasturlar;
    - tarjimon dasturlar, ya’ni berilgan boshlang‘ich matnni ko‘rsatilgan tilga tarjima qilishga mo’ljallangan dasturlar;
    - skaner yordamida o‘qilgan axborotni tanib oluvchi va matnli ifodaga o‘zgartiruvchi dasturiy vositalar;
    - tarmoqdagi uzoq masofada joylashgan abonent bilan foydalanuvchi orasidagi o‘zaro muloqotni tashkil etuvchi kommunikatsion dasturlar.

    Download 0,5 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 0,5 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-ma’ruza: Dasturiy vositalar va ularning tasnifi

    Download 0,5 Mb.