78
uyushmalar, konsernlar, davlat, shirkat,
pudratchi, aksioner, qo‗shma
korxonalar,
muassasalar va tashkilotlar tomonidan ishlab chiqiladi.
Standartni har xil tashkilotlar mutaxassislarining ishchi guruhlari tomonidan
ishlab chiqishga yo‗l qo‗yiladi.
Standartning bir nechta tashkilot tomonidan ishlab chiqilishida
yetakchi ishlab
chiquvchi tashkilotlar (ijrochilar ro‗yxatida birinchi o‗rinda turadi) hamkorlikda ish
bajaruvchi har bir tashkilot bilan ish ko‗lamini va muddatlarini aniqlaydi.
Standart Respublika hududida kimga qarashli ekanligi va mulk shaklidan qat‘iy
nazar, standart ishlab chiqilgan tashkilotlarni iste‘mol qiladigan
va mahsulot ishlab
chiqaradigan hamma korxona va tashkilotlar uchun majburiydir.
Standartga kiritiladigan o‗zgarish asosiy standart uchun belgilangan tartibda
majburiy kelishib olinishi, tasdiqlanishi va ro‗yxatdan o‗tkazilishi lozim.
Standartlarning
tuzilishi, mazmuni, bayon etilishi va rasmiylashtirilishi davlat
standartlashtirish tizimi standarti va davlatlararo standarti (GOST 1.5-85)ga muvofiq
bajariladi.
Standartni ishlab chiqishda tashkiliy - usuliy birlikka erishish maqsadida hamda
standartni ishlab chiqish bosqichlari bajarilishini nazorat qilish uchun 4 bosqich joriy
etiladi.
1-bosqich - zaruriyat tug‗ilganda standartni ishlab chiqishda texnikaviy topshiriq
ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi;
2-bosqich - standart loyihasini ishlab chiqish (birinchi tahriri)
va uni fikr
mulohazalar olish uchun yuborish;
3-bosqich - fikr-mulohazalar ustida ishlash, standart loyihasini (oxirgi tahririni)
ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlashga taqdim etish;
4-bosqich - standartni tasdiqlash va davlat ro‗yxatidan o‗tkazish.
Standartlarni ishlab chiqish bosqichlarini bir-biri bilan qo‗shib olib borishga yo‗l
qo‗yiladi.