Standartni tekshirish, qayta ko„rib chiqish, unga tuzatmalar kiritish




Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/94
Sana04.10.2024
Hajmi2,06 Mb.
#273607
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   94
Bog'liq
1 мъаруза ўЎ

3.6.2 Standartni tekshirish, qayta ko„rib chiqish, unga tuzatmalar kiritish 
Me‘yoriy hujjatni tekshirish, qayta ko‗rib chiqish va o‗zgartirishlar kiritish O‘z 
DSt 1.5:1993 ―O‗z SDT. Me‘yoriy hujjatlarni tekshirish, qayta ko‗rib chiqish, 
o‗zgartirish va bekor qilish tartibi‖ ga muvofiq amalga oshiriladi. 
O‗z SDT ning talablariga muvofiq, mahsulot (xizmatlar, jarayonlar, ishlar) ga 
me‘yoriy hujjatlar odatda, besh yil amal muddatiga tasdiqlanadi. Amal muddati 
o‗tgan me‘yoriy hujjat bekor qilingan bo‗ladi. Me‘yoriy hujjat amal muddati 
tugallangandan keyin uning amal muddatini cho‗zish mumkinligini aniqlash, qayta 
ko‗rib chiqish, bekor qilish yoki me‘yoriy hujjatga o‗zgartirishlar kiritish lozimligini 
aniqlash maqsadida tekshirilishi lozim. 
Me‘yoriy hujjatni qayta ko‗rib chiqish amaldagining o‗rniga yangi me‘yoriy 
hujjatni ishlab chiqish, uning mazmunini o‗zgartirish, qisman o‗zgartirish 
(almashtirish), talablarni chiqarib tashlash yoki qo‗shimcha kiritish, shuningdek, 
me‘yoriy hujjatning amal muddatini cho‗zish, cheklash yoki amal muddatining 
cheklanishini olib tashlash, amal muddatini to‗xtatishni bekor qilishdan iborat 
bo‗ladi. 
Tekshirishdan maqsad me‘yoriy hujjatni qayta ko‗rib chiqish, o‗zgartirish yoki 
bekor qilish bo‗yicha asosli takliflarni ishlab chiqish uchun mahsulot tafsilotlarining 
ushbu mahsulotga xalqaro, hududiy, xorijiy me‘yoriy hujjatlarning talablariga, 
shuningdek iste‘molchining talablariga muvofiqligini aniqlashdan iborat. 
Tekshirish standartlashtirish bo‗yicha texnik qo‗mita (TQ), standartlashtirish 
bo‗yicha tayanch tashkilotlar (STT), korxonalar, ishlab chiquvchi tashkilotlar 
tarkibidan tuzilgan komissiya, zarur bo‗lganda, buyurtmachi (asosiy iste‘molchi) va 
boshqa manfaatdor foydalanuvchilar ishtirokida amalga oshiriladi. 
Tekshiruvda me‘yoriy hujjat ko‗rsatkichlari (tafsilotlari) ning quyidagilarga 
muvofiqligi aniqlanadi: 
– amaldagi qonunlarga, standartlashtirish davlat tizimiga va boshqa me‘yoriy-
huquqiy hujjatlarga muvofiqligi; 
– xalqaro va hududiy me‘yoriy hujjatlarga; 
– iste‘molchining talablariga. 
Me‘yoriy hujjatni tekshirishda uning ilmiy-texnik darajasi baholanadi.
Tekshiruv natijalari bo‗yicha ixtiyoriy shakldagi dalolatnoma tuziladi. 
Joriy qilish, qayta ko‗rib chiqish, o‗zgartirish bo‗yicha ishlar davlat va tarmoq 
standartlashtirish dasturlariga kiritiladi. 


96 
Mahsulotga me‘yoriy hujjatni qayta ko‗rib chiqish me‘yoriy hujjatga yangi, 
istiqbolli, 
o‗zaro almashinuvchanlikni buzmaydigan talablarni kiritishda, 
mahsulotning asosiy texnik daraja ko‗rsatkichlarini va sifatini o‗zgartirishda, xalqaro 
va hududiy me‘yoriy hujjatlarni O‘z DSt ISO/IEC 21:2001 bo‗yicha identifikatlash 
bilan qabul qilishda amalga oshiriladi. 
Qayta ko‗rib chiqishda amaldagining o‗rniga yangi me‘yoriy hujjat ishlab 
chiqiladi. Qayta ko‗rib chiqilgan me‘yoriy hujjat bekor qilinadi, yangisida esa, qaysi 
hujjat o‗rniga ishlab chiqilganligi ko‗rsatiladi. Me‘yoriy hujjatning belgisi, faqat 
tasdiqlash yilini o‗zgartirgan holda o‗zicha saqlanadi. 
Maxsulotga me‘yoriy hujjatga yangi, istiqbolli, mahsulotning amaldagi 
me‘yoriy hujjat bo‗yicha tayyorlangan mahsulot bilan o‗zaro almashinuvchanligini 
buzmaydigan talablarni kiritishda amaldagi me‘yoriy hujjatga o‗zgartirish kiritiladi. 
O‗zgartirishlar, shuningdek me‘yoriy hujjatning amal muddatini cho‗zish, cheklash 
yoki cheklovni bekor qilishda ham kiritiladi. 
O‗zgartirishlarni ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash va davlat ro‗yxatidan 
o‗tkazish me‘yoriy hujjatlarning loyihalari uchun o‗rnatilgan tartibda bajariladi. 
O‗zgartirishlar loyihalarini agar boshqa me‘yoriy hujjatlar bilan bog‗liqlik 
buzilmaydigan bo‗lsa, manfaatdor tashkilatlarga fikr olish uchun jo‗natmaslik ruxsat 
etiladi. Shuniigdek, zarur bo‗lganda, o‗zgartirishlar loyihasini faqat buyurtmachi 
(asosiy iste‘molchi) bilan kelishish ruxsat etiladi. 
Me‘yoriy hujjatni tasdiqlagan tashkilot ushbu me‘yoriy hujjatni mahsulot 
chiqarish (xizmatlar ko‗rsatish) tugallangan hollarda, shuningdek ushbu me‘yoriy 
hujjat o‗rniga boshqa me‘yoriy hujjat ishlab chiqilganda, bekor qiladi. Me‘yoriy 
hujjatni bekor qilish qaror (buyruq) bilan rasmiylashtiriladi. 

Download 2,06 Mb.
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   94




Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Standartni tekshirish, qayta ko„rib chiqish, unga tuzatmalar kiritish

Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish