|
Standartni joriy etish tartibi, uni tekshirish, qayta ko„rib chiqish vaBog'liq 1 мъаруза ўЎ 3.6 Standartni joriy etish tartibi, uni tekshirish, qayta ko„rib chiqish va
unga tuzatishlar kiritish.
Standartni joriy etish uchun tadbirlar rejasini tuzish
Me‘yoriy hujjatda, o‗zining qo‗llanish doirasiga muvofiq, o‗rnatilgan
talablarning bajarilishini ta‘minlaydigan tashkiliy-texnik tadbirlarni amalga oshirish,
boshqacha gapirganda, me‘yoriy hujjatni joriy etish uni amalga kiritish sanasigacha
tugallangan bo‗lishi lozim. Ya‘ni meyoriy hujjat yuridik kuchga ega va unga rioya
qilish majburiy bo‗lgan sanagacha joriy etilgan bo‗lishi lozim.
3.6.1 Standartni joriy etish (qo„llash)
Me‘yoriy hujjatni joriy etish O‘z DSt 1.14:1999 ―O‗z SDT. Me‘yoriy hujjatlarni
joriy qilish tartibi‖ davlat standartining talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Me‘yoriy hujjat, agar unda o‗rnatilgan talablarga rioya qilinsa, joriy qilingan deb
xisoblanadi. Bundan quyidagi muhim xulosa chiqadi: agar me‘yoriy hujjat amalga
kiritilgan sanadan keyin mahsulot (xizmatlar, jarayonlar, ishlar) o‗rnatilgan talablarga
muvofiq kelmasa, me‘yoriy hujjatga rioya qilinmagan deb hisoblanadi. Bunday holda
tadbirkor sub‘ekt qonunda belgilangan tartibda javobgar bo‗ladi.
Me‘yoriy hujjat loyihasini manfaatdor tashkilotlar ishtirokida ishlab chiqish
bilan bir vaqtda me‘yoriy hujjatning joriy etilishini ta‘minlovchi asosiy tadbirlar
rejasining loyihasi ham ishlab chiqiladi. Tadbirlar rejasining loyihasi bajaruvchilar va
manfaatdor tashkilotlar bilan kelishiladi. Tadbirlar rejasining oxirgi tahriri va
tasdiqlangan me‘yoriy hujjat bajaruvchilarga va manfaatdor tashkilotlarga jo‗natiladi.
Bular asosiy tadbirlar rejasi asosida bajaruvchilar (kichik bo‗limlar, xizmatlar,
bo‗linmalar, sexlar va b.) ga muayyan topshiriqlar ko‗rsatilgan tadbirlar rejasini
ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
Me‘yoriy hujjatlarni joriy qilish bo‗yicha ishlarning tugallanganligi tadbirkor
sub‘ekt komissiyasi tomonidan buyurtmachi (asosiy iste‘molchi) ishtirokida joriy
qilinganlik to‗g‗risida dalolatnoma tuzib rasmiylashtiradi. Me‘yoriy hujjatning joriy
qilinganligini xizmat xati, yoki me‘yoriy va texnik hujjatlarga o‗zgartirishlar kiritish
bilan rasmiylashtirish ruxsat etiladi.
|
| |