85
og‗ishlarning joiz qiymatlarini keltirishda ―dan ko‗p (kam) bo‗lmasligi kerak‖
iborasini qo‗llash kerak.
Standartda o‗rnatiladigan kattaliklarning son qiymatlari chekka og‗ishlari bilan
yoki eng katta (yoki) eng kichik qiymatlar ko‗rinishida ko‗rsatilishi lozim. Son
qiymatlarini foizlarda ko‗rsatishda quyidagicha: ―... 63% dan 67% gacha‖ yoki
―(65+2%) emas, balki ‖ (65+2)% yozish kerak. Rim harflaridan faqat buyumning
navini (toifasi, sinfi va b.) kimyoviy elementlarning valentligini, yilning kvartallarini,
yarim yillikni belgilaщda qo‗llanish kerak. Qolgan
hollarda arab raqamlari
qo‗llaniladi.
Hisob birliklari va fizik kattaliklar birliklarining belgilari jadvallarda,
formulalarga kiradigan simvollar va sonli koeffitsientlarni tushuntirishda va matnda,
faqat sonli qiymatlarda qo‗llaniladi va nuqtasiz yoziladi. Standartda quyidagilarga
yo‗l qo‗yilmaydi:
– so‗zlashuv iboralarini, texnitsizm va kasbiylikni qo‗llanish;
– bir tushunchaning o‗ziga ma‘nosi jihatdan yaqin turli ilmiy-texnikaviy
atamalar (sinonimlar) ni, shuningdek o‗zbek va rus tillarida teng ma‘noli so‗zlar va
atamalar mavjud bo‗lgani holda chet so‗zlar va atamalarni qo‗llanish;
– ixtiyoriy yasama so‗zlarni qo‗llanish;
– rus orfografiyasida belgilanganlardan boshqa qisqartma so‗zlarni qo‗llanish.
Standart matnini bo‗limlarga ajratish kerak. Bo‗limlar moddalar (punktlar) ga
yoki kichik bo‗limlar va moddalarga ajratilishi mumkin. Moddalar, zarur bo‗lganda,
kichik moddalarda bo‗linishi mumkin. Standart matnini moddalarga va kichik
moddalarga bo‗lishda har bir modda, kichik modda tugal axborotni o‗z ichiga olishi
zarur. Bo‗limlar, kichik bo‗limlar, moddalar va kichik moddalarni arab raqamlari
bilan belgilash va abzasdan satr boshidan yozish kerak. Bo‗limlar me‘yoriy hujjatdagi
asosiy qismning butun matni doirasida (ilovalar bundan mustasno) tartib raqamlari
bilan belgilanadi.
Sarlavhalar bo‗limlar, kichik bo‗limlarning
mazmunini aniq va kisqa aks
ettirishi lozim. Bo‗limlar, kichik bo‗limlar va moddalarning sarlavhalarini bosh
harflar bilan oxiriga nuqta qo‗ymasdan, abzasdan boshlab yozish kerak. Moddalar
yoki kichik moddalar ichida sanab ko‗rsatishlar bo‗lishi mumkin. Sanab ko‗rsatilgan
har bir satr oldida defis yoki, zarur bo‗lganda, standartning matnida sanab
o‗tilganlarning biriga havola qilishda kichik satr harflarini qo‗yish kerak. Kichik
harfdan keyin qavs qo‗yiladi. Sanab o‗tilganlarni keyinchalik ravshanlashtirish uchun
arab raqamlaridan foydalanish zarur, bu raqamlardan keyin qavs qo‗yiladi. Jadvallar
86
ko‗rsatkichlarning yaqqol ifodalanishi va taqqoslashning bo‗lishi uchun qo‗llaniladi.
Jadval nomini jadval ustida joylashtirish lozim. Jadvalning bir qismini shu betning
o‗zida yoki boshqa betga ko‗chirishda jadval nomi uning faqat birinchi qismi ustida
joylashtiriladi.
Grafik material – rasmlar (sxemalar,
diagrammalar va h,k.) standartga
ob‘ektning xossalarini yoki tafsilotlarini yaxshi belgilash, shuningdek standart
matnini yaxshi tushunish uchun joylashtiriladi. Standart matnida grafik materialga
havola berilgan bo‗lishi kerak. Grafik material o‗zi to‗g‗risida birinchi marta
eslatilgan matndan keyin bevosita yoki keyingi betda, zarur bo‗lganda
esa ilovada
joylashtirilishi lozim. Matnda joylashtiriladigan rasmlar, sxemalar, diagrammalar va
h.k. KHYaT standartlarining talablariga muvofiq bo‗lishi lozim. Standartda grafik
materialni to‗ldiruvchi jadvallar mavjud bo‗lsa, jadvallarni grafik materialdan keyin
joylashtirish lozim. Grafik materialning biror mavzuga bag‗ishlangan nomi bo‗lishi
mumkin, bu nomi grafik material tagida quyidagicha joylashtiriladi:
1-rasm – Asbobning detallari.
Ilovada joylashtirilgan formulalardan mustasno,
matndagi formulalar arab
raqamlari bilan belgilanishi lozim. Raqamlar formula sathida o‗ng tomonda ikki
tomonlama qavs ichida yoziladi. Bir formula quyidagicha belgilanadi – (1). Matnda
formulaning tartib raqamiga havolalar qavslar ichida beriladi.
Standartda quyidagi havolalar beriladi:
– ushbu standartga;
– boshqa standartlarga.
Ushbu standartga havolalarda bo‗limlar, kichik bo‗limlar, moddalar, kichik
moddalar, sanab ko‗rsatilganlar, grafik material, formulalar, jadvallar, ilovalar (shu
jumladan, uning bo‗limlari, kichik bo‗limlari, moddalari, kichik moddalari va
jadvallari), shuningdek ushbu standartdagi jadvallarning grafalari va satrlari va
rasmdagi buyum tarkibiy qismlarining pozitsiyalari ko‗rsatiladi. Havolalarda
quyidagilar yoziladi ― 2 - bo‗limga muvofiq ...‖, ―3.1 ga muvofiq...‖, 3.1.1 bo‗yicha
...‖, ―4.2.2 ga muvofiq, sanab ko‗rsatilgan b...‖, A.2-rasmga muvofiq ...‖, (5-rasm),
―(3) formula bo‗yicha ...‖, ―1-jadvalga muvofiq...‖(4-jadval) ―A ilovaga muvofiq...‖
(G ilova) va h.k.
Agar matn, jadvallar yoki grafik materialning mazmuniga tushuntiruvchi yoki
ma‘lumotnoma ma‘lumotlari zarur bo‗lsa, standartlarda izohlar keltiriladi.
Standartda keltirilgan alohida ma‘lumotlarni tushuntirish zarur bo‗lsa, bu
ma‘lumotlarni sahifa ostiga yozuv belgisi bilan belgilab qo‗yish lozim. Sahifa ostiga
87
yoziladigan izoh ushbu belgi qo‗yilgan bet oxirida
joylashtiriladi va matndan
ingichka gorizontal chiziq bilan chap tomonda ajratiladi, jadvalda joylashgan
ma‘lumotlarga izoh esa, jadval oxirida, jadvalning tugallanganligini ifodalovchi
chiziq ustida yoziladi. Sahifa ostiga yozuv belgisi tushuntirish beriladigan so‗z, son,
simvol, jumladan keyin satr ustida va tushuntirish matnidan oldinda qo‗yiladi.
Sahifa ostiga yozuv belgisi qavsli arab raqamlari bilan yoziladi va matn
shriftining yuqori chetiga teng sathda joylashtiriladi.
Standartda quyidagi qisqartmalar ruxsat etiladi: raqamlar bilan b.-bet; y. - yil;
yy.
- yillar; min. - minimal; maks. - maksimal; abs. - absolyut; nis. - nisbiy
qisqartmalari, shuningdek umumqabul qilingan qisqartmalar, ya‘ni h.k. - hokazo; va
b. - va boshqalar; q. – qarang, nomin, - nominal qisqartmalari.
Standartda kattaliklarning standartlashtirilgan birliklari, nomlari va belgilarini
qo‗llanish kerak.