83
Me‘yoriy. hujjatning sarvarag‗ida uning belgisi va nomi keltiriladi:
So‗z boshida mazkur hujjat to‗g‗risida umumiy ma‘lumotlar keltiriladi me‘yoriy
hujjatni ishlab chiqish va tasdiqlashga taqdim qilish; ushbu me‘yoriy hujjatning qaysi
me‘yoriy hujjat o‗rniga ishlab chiqilgani to‗g‗risida ma‘lumot va b.
So‗z boshi sarvaraqdan keyingi betda uning orqa
tomonida joylashtiriladi va
tegishli sarlavhadan boshlanadi. Sarlavha betning yuqori qismida, o‗rtada, bosh
harflar bilan yoziladi va quyuqroq shrift bilan ajratiladi.
Mundarija me‘yoriy hujjat hajmi o‗n betdan oshgan hollarda yoziladi.
Mundarijaga bo‗limlarning tartib raqamlari va nomi (zarur bo‗lganda kichik bo‗limlar
nomi), ilovalar belgisi va sarlavhasi bilan, zarur bo‗lganda esa, grafik materiallar ham
qaysi betda joylashganini ko‗rsatib yoziladi.
Standart mundarijasi so‗z boshidan keyin, odatda yangi betdan boshlanadi.
―Mundarija‖ so‗zi betning o‗rta qismida bosh harflar bilan yoziladi.
Standartning nomi qisqa bo‗lishi, standartlashtirish ob‘ektini aniq tavsiflashi va
standartni standartlar axborot ko‗rsatkichiga kiritish uchun uning to‗g‗ri
tasniflanishini
ta‘minlashi lozim. Standart nomida, odatda,
qisqartmalar
(mahsulotning shartli belgisidan tashqari), rim harflari, matematik belgilar, yunon
harflari ruhsat etilmaydi.
Me‘yoriy hujjatning nomi, odatda, sarlavha va kichik sarlavhadan iborat bo‗lishi
lozim.
Masalan - Idish yuvish mashinalari. Umumiy texnik shartlar
Agar me‘yoriy hujjat asos bo‗luvchi tashkiliy-metodik
yoki umumtexnikaviy
me‘yoriy hujjatlar tizimidan iborat bo‗lgan me‘yoriy hujjatlar majmuiga kiradigan
bo‗lsa, bu holda me‘yoriy hujjat sarlavhasidan oldinda barcha me‘yoriy hujjatlar
majmui uchun umumiy bo‗lgan va ushbu tizimning nomi hisoblangan sarlavhalar
guruhi keltiriladi.
Misol – O‗zbekiston standartlashtirish davlat tizimi. Texnik reglament.
Asosiy
nizomlar.
Standartning ―Qo‗llanish doirasi‖ uning qaysi doirada qo‗llanilishini va zarur
bo‗lganda standartlashtirish ob‘ektini aniqlash uchun keltiriladi, standartning birinchi
betida joylashtiriladi va I bo‗lim ko‗rinishida rasmiylashtiriladi. Standartlashtirish
ob‘ektini aniqlashda quyidagi ifoda qo‗llaniladi: ―Ushbu standart... qo‗llaniladi‖.
Standartning mazmunini ravshanlashtirishda ―Ushbu standart... belgilaydi‖ ifodasi
qo‗llaniladi. Standartning qo‗llanish doirasini aniqlashda ―Ushbu standart...
qo‗llaniladi‖ ifodasi qo‗llaniladi.
84
―Me‘yoriy havolalar‖, agar me‘yoriy hujjatning matnida boshqa me‘yoriy
hujjatlarga me‘yoriy havolalar va/yoki bir xil yoki
yuqoriroq darajadagi texnik-
iqtisodiy va ijtimoiy axborot tasniflagichlari 2 bo‗lim ko‗rinishida berilgan bo‗lsa,
keltiriladi. havolada havola qilingan me‘yoriy hujjatlarning ro‗yxati, ularning belgisi
va nomi keltiriladi. Bular belgilarning ro‗yxatga olingan raqamlarining oshib
boruvchi tartibida joylashtiriladi. havolalar quyidagi tartibda bayon etiladi:
– davlatlararo standartlar;
– O‗zbekiston davlat standartlari;
– tarmoq standartlari;
– ma‘muriy-hududiy standartlar;
– texnik shartlar;
– korxona standartlari.
―Atamalar va ta‘riflar‖ bo‗limi standartda foydalaniladigan atamalarni aniqlash
va belgilash uchun ta‘rifni o‗z ichiga oladi. Ta‘riflar ro‗yxati ―Mazkur standartda
quyidagi atamalar va ta‘riflar qo‗llaniladi‖ so‗zlari bilan boshlanadi.
Standartlashtirish ob‘ektlariga talablar, ob‘ektlarning o‗ziga xos hususiyatlariga
qarab, standartlarning quyidagi turlarida: asos bo‗luvchi standartlarda,
mahsulot
(xizmatlar)ga standartlarda, tekshirish metodlari standartlarida, jarayonlarga
standartlarda belgilanadi.
Standart nizomlarini to‗ldiruvchi materialni ilovada joylashtirish ruxsat etiladi.
Standartda bibliografik ma‘lumotlar keltiriladi.
Bular alohida varaqda, barcha
ilovalardan keyin joylashtiriladi. Sgandartning bibliografik ma‘lumotlarida:
– standartlar tasniflagichi bo‗yicha guruh belgisi;
– muhim so‗zlar bo‗ladi.