Kelgan fikr va mulohazalarni ko„rib chiqish




Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/94
Sana11.01.2024
Hajmi2,06 Mb.
#134958
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   94
Bog'liq
1 ìúàðóçà ¢¡ (1)

3.4.3 Kelgan fikr va mulohazalarni ko„rib chiqish 
3-bosqich: 
Ishlab chiquvchi-yetakchi tashkilot olingan fikr-mulohazalar asosida fikr-
mulohazalar to‗g‗risida ma‘lumot tuzadi. 


80 
Ishlab chiquvchi-yetakchi tashkilot va hamkor bajaruvchi tashkilotlar fikr-
mulhazalar asosida standart loyihasining oxirgi tahririni ishlab chiqadi va tushuntirish 
yozuviga va asosiy tadbirlar rejasining loyihasiga aniqlik kiritadi. 
Ishlab chiquvchi-tashkilot va boshqa manfaatdor tashkilotlar o‗rtasida standart 
loyihasi bo‗yicha kelishmovchilik bor bo‗lsa, ishlab chiquvchi tashkilot 
kelishmovchiliklarni ko‗rib chiqish bo‗yicha asosiy manfzatdor tashkilotlar 
vakillarining, shu jumladan standartning ko‗rilayotgan loyihasi bo‗yicha qaror qabul 
qilishga vakolatlangan buyurtmachilar (asosiy iste‘molchilar)ning vakillari 
ishtirokida kelishuv majlisini o‗tkazadi. 
Standart loyihasining aniqlik kiritilgan tahririning alohia moddalari bo‗yicha 
kelishmovchiliklar bor bo‗lsa, majlis bayonnomasida tashkilotlarning vakillari bu 
moddadar bo‗yicha aloxida fikrga ega, deb ko‗rsatiladi. 
Majlisda qabul qilingan qarorlar asosida standart loyihasining oxirgi tahriri 
tuziladi, tushuntirish yozuvi va asosiy tadbirlar rejasining loyihasiga aniqlik kiritiladi. 
Standart loyihasining oxirgi tahririni tasdiqlashga taqdim etish oldidan ishlab 
chiquvchi-tashkilot buyurtmachi-tashkilotga (asosiy iste‘molchiga) kelishishlik uchun 
jo‗natadi. 
Standart loyihasini kelishishlik standart loyihasi keltirilgan kundan boshlab 
ko‗pi bilan 15 kun muddat ichida amalga oshiriladi. 
Yangi (takomillashtiriladigan) mahsulot yaratish bo‗yicha ishlar tarkibida olib 
boriladigan, standart loyihasini ishlab chiqishda standart loyihasini qabul 
komissiyasi, badiiy-texnik kengash (BTK), degustatsiya (sifatini aniqlash) 
komissiyasi va boshqalar, manfaatdor tashkilotlarning mas‘ul vakillari ishtirokida 
kelishib oladi. 
Standart loyihasining kelishilganligini tasdiqlovchi hujjat tajriba nus‘haning 
qabul dalolatnomasi (BTK bayonnomasi) dan iborat bo‗ladi. 
Standartga kiritiladigan o‗zgartirishlar, agar ilgari kelishishgan tashkilotlarning 
manfaatlariga ta‘sir etmasa, faqat buyurtmachi (asosiy iste‘molchi) bilan kelishib 
olinadi. 
Standart loyihasining oxirgi tahririni tasdiqlashga taqdim etishda oldin tayanch 
tashkilot yoki o‗ziga biriktirilgan mahsulotga oid yoki faoliyat sohasida 
standartlashtirish bo‗yicha TQ standartni ilmiy-texnikaviy va huquqiy ekspertizadan 
o‗tkazadi. 


81 

Download 2,06 Mb.
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   94




Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kelgan fikr va mulohazalarni ko„rib chiqish

Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish