|
1-Ma’ruza: Gen muhandisligi faniga kirish
|
bet | 3/14 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 15,56 Mb. | | #255427 |
Bog'liq Gen muhandisligi mavzular to\'plamiRNKning tuzilishi
DNKning oʻzi genlar ekspressiyasini amalga oshira olmaydi. DNKdagi koʻrsatmalarni bajarish uchun unga RNK kerak.
DNKga oʻxshab RNK ham nukleotidlardan iborat boʻlib, nukleotidlar oʻz navbatida 5-halqali riboza monosaxaridi, fosfat guruhi va azot asoslaridan tashkil topgan. Shunga qaramay, DNK va RNK oʻrtasida uchta asosiy farq bor:
RNKda dezoksiriboza emas, balki riboza boʻladi.
RNK ikki zanjirli emas, balki bir zanjirli boʻladi.
RNKda timin oʻrniga urasil boʻladi.
Bu farqlar hujayra fermentlariga DNKni RNKdan ajratishda yordam beradi.
Biologiyaning markaziy dogmasi
Polipeptidlarni kodlovchi genlar ikki bosqichda ifodalanadi (ekspressiyalanadi). Ushbu jarayonda axborot DNK \rightarrow→right arrow RNK \rightarrow→right arrow oqsil yoʻnalishida uzatiladi va bu yoʻnalishli bogʻlanish biologiyaning markaziy dogmasi deyiladi.Genetik kod. Genetik axborotni oʻqish jarayonining birinchi bosqichi transkripsiya boʻlib, bunda DNKdan RNKga nukleotidlar ketma-ketligi koʻchirib olinadi. Keyingi bosqichda aminokislotalar birlashib, oqsil hosil qiladi.
Aminokislotalarning bir-biriga bogʻlanish tartibi oqsilning shakli, xususiyatlari va vazifasini belgilaydi. RNKning toʻrt asosi atigi toʻrtta nukleotid asoslaridan genetik kod hosil qiladi. Bular – adenin (A), sitozin (C), guanin (G) va urasil (U). Genetik kodning ketma-ket uchta nukleotid tartibida oʻqilishi kodonlar deb ataladi. Har bir kodon bitta aminokislotaga (yoki ketma-ketlikning boshlash yoki toʻxtash signallariga) mos keladi. IRNK nukleotidlarining uchta harfdan iborat ketma-ketligi maʼlum bir aminokislotaga yoki “stop” kodoniga mos keladi. UGA, UAA va UAG stop kodonlardir. AUG metionin aminokislotasining kodoni, shuningdek, “start” kodon ham hisoblanadi.Transkripsiya va translyatsiya
DNK qoʻsh zanjiri quyidagi ketma-ketlikka ega:
5ʼ-ATGATSTSGTAA-5ʼ 5ʼ-TASTAGAGSATT-5ʼ
DNK zanjirlaridan birining transkripsiyasida i-RNK hosil boʻladi va u ketma-ketlik boʻyicha DNKning boshqa zanjiriga mos tushadi. Lekin DNK va RNK oʻrtasida biokimyoviy farqlar mavjudligi uchun DNKdagi T i-RNKdagi U bilan almashtiriladi. i-RNK ketma-ketligi esa quyidagicha boʻladi:
5ʼ-AUGAUSUSGUAA-5ʼ
Translyatsiya jarayoni i-RNK nukleotidlaridagi maʼlumotlarning triplet koʻrinishida oʻqilishi hisoblanib, har bir triplet bitta aminokislotani belgilaydi (yoki translyatsiya tugashini bildiruvchi toʻxtash signal vazifasini bajaradi).
5ʼ-AUG AUS USG UAA-5ʼ
AUG \rightarrow→right arrow Metionin AUS \rightarrow→right arrow Izoleysin USG \rightarrow→right arrow Serin UAA \rightarrow→right arrow “Stop”
Polipeptid ketma-ketligi: (N-terminal) metionin-izoleysin-serin (C-terminal)
|
| |