|
-mavzu: O‘simlikshunoslikda gen muhandisligi
|
bet | 8/14 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 15,56 Mb. | | #255427 |
Bog'liq Gen muhandisligi mavzular to\'plami6-mavzu: O‘simlikshunoslikda gen muhandisligi
Reja:
1.Qimmatli xo‘jalik ahamiyatiga ega transgen o‘simliklar olish.
2.Agrobakteriyalar yordamida kokultivatsiyalash usuli.
3.O‘simlik hujayralariga transformatsiya usullari.
4.Transgenli o‘simliklar olish.
Mavzu bo‘yicha asosiy tushuncha va iboralar: totipotentlik, retsipient, trasgen o‘simlik, TI plazmidi, agrobakteriya, T-DNK, vergenlar, trasformatsiya, kointegrativ vektorlar, pBR 322 plazmidasi, binar vektorlar, transpozonlar.
Ma’ruza mavzusi bayoni
Plazmidalar DNKsini biotexnologiyasini o‘rganishga va ulvrni o‘simlikshunoslikdagi ahamiyatini ochib berishda Agrobactrium tipidagi tuprok bakteriyalarning xususiyatlarini ochilishi sabab buldi. Bunday bakteriyalar bilan zararlanganda o‘simliklarda keyinchalik bu bakteriyalarning hosil bo‘lmasligiga qaramasdan rak o‘simtalari rivojlanadi. Bundan tashqari zararlangan tukimalari o‘simtalari rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan auksin va sitokininbo‘lmagan sun’iy oziqa muxitdan ham rivojlanishi aniklangan.
Bunday kasallaklarga bir pallali o‘simliklar liliacyea oilasiga mansub o‘simliklarda nisbatan chidamlilik aniklangan. Lekin ularning chidamlilik mexanizmi xali to‘la o‘rganilgan emas.rak tukimalari aminokislotilar va ugvodlarni yangicha tartibda (modifikasiyalashgan) holda sintez qila boshlaydi. Bunday moddalar opinlar deyiladi. Agrobakterium shtammlariga bog‘lik ravishda ular turlicha bo‘lishi mumkin:Nopanin, oktapin, monopin, agropin va boshqalar
Transpozonlar haqida tushuncha. Ko‘chib yuruvchi genetik elementar – tarnspozonlarni o‘simlik organizmida AKSh olimasi Barba Mak Klintok, mikroorganizmlarda AKSh olimi Axmad Buxoriy va xasharotlarda Rossiya olimi Georgiy Georgiyev kashf etgan. Ko‘chib yuruvchi genetik elementlar ayni vaqtda transpozasion elementlar yoki transpozonlar deb ham ataladi. Transpozonlar xilma – xil strukturaga ega bo‘lsalarda, barcha transpozon molekulalarining ikki chetida maxsus nukleotidlar izchilligi, markaziy qismda esa DNK molekulasining belgilangan joyida «yopishkok»uchlar hosil љilib notekis kesuvchi transpozaza fermentini sintez kiluvchi gen mavjuddir. Transpozaza fermenti hujayradagi DNK molekulasini «yopishkok» uchlar hosil kilib kesadi va ayni paytda transpozon uchlariga kovutiradi. Hosil bo‘lgan xromosoma DNK si va transpozon DNKsidan iborat kovushma hujayra DNK bo‘laklarini boglovchi ferment ligaza ta’sirida o‘zaro bog‘lanadi. Transpozonlarning hujayra DNKsiga integrasiyasi kuyidagicha amalga oshadi. Transpozonlar xromosomada uz o‘rnini o‘zgartirganda irsiyat ham o‘zgaradi. Odatda yashash muxiti keskin o‘zgarganda transpozonlarning ko‘chib yurishi ortadi.
Shu sababdan ko‘chib yuruvchi genetik elementlar ishtirokida gen muxandisligiga asoslangankupgina biotexnologik jarayonlar yaratilgan.
|
| |