Tavsiya etiladigan adabiyotlar




Download 1,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/36
Sana25.01.2024
Hajmi1,94 Mb.
#145870
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36
Bog'liq
Kitob 5502 uzsmart.uz

Tavsiya etiladigan adabiyotlar: 
 
1.Mahmudov N. “O‘qituvchi nutqi madaniyati”. Toshkent, 2007. 


2.AlimuhamedovA. Antik adabiyot tarixi. T., 1972. 
3.Qo‘ng‘urov R.,Begmatov E.,Tojiyev Y.Nutq madaniyati va 
uslubiyat asoslari, T.1992. 
4. Rustamov A. "So‘z xususida so‘z" T. 2010. 
5. Qudratov T. Nutq madaniyati asoslari. 1994. 
6. Апресян Г. Ораторское искусство. M 1978. 
7. Inomxo‘jayev S. Notiqlik san’ati asoslari. T. 1982. 
8. Mutaxassislik bo‘yicha o‘zbek tili (ma’ruza matnlari) JIDU, 
2006 
 
5-MA’RUZA. NUTQ MADANIYATI – KO‘P QIRRALI 
TUSHUNCHA. NUTQNING KOMMUNIKATIV SIFATLARI 
 
Darsning o‘quv maqsadi:  nutq madaniyati tushunchasining 
ko‘p ma’nolari, ularning bog‘liqligi haqida bilim berish. 
 
Tushunchalar va tayanch iboralar: nutq madaniyati atamasi, 
real nutqiy hodisa, nutqiy malaka, ko‘nikma, madaniy nutq, to‘g‘ri 
nutq, madaniy nutq, yaxshi nutq tushunchalari. 
REJA
1.
Nutq madaniyati tushunchasi, uning atama sifatidagi izohi.
2.
Nutq madaniyati (NM) – real nutqiy hodisa; NM – nutqiy 
malaka, ko‘nikma; NM – ilmiy muammoga ega soha; NM – lingvistik 
soha. 
3.
Nutqning kommunikativ sifatlari (to‘g‘riligi, aniqligi, sofligi, 
boyligi, mantiqiyligi, maqsadga muvofiqligi, jo‘yaliligi). 
 
Asosiy o‘quv materialining qisqacha bayoni: 
 
Avvalgi ma’ruzalarimizda til madaniyati va nutq madaniyati 
tushunchalari, ularning farqli va o‘zaro aloqador jihatlari haqida fikr 
yuritilgan edi. Nutq madaniyatining aniq ma’noda til birliklarini nutq 
jarayonida qo‘llashning me’yori, maqsadga muvofiqligini anglatsa 
ham, umumiy ma’noda ma’lum millatning umumtil madaniyati 
doirasida qaraladi, deb ta’kidlagan edik.


Nutq madaniyati tushunchasini tilshunos olimlar turlicha 
izohlaydilar.
Bu haqdagi fikrlarimizni yanada konkretlashtirish uchun nutq 
madaniyati tushunchasiga tilshunos olimlarimiz tomonidan berilgan 
turlicha ta’rif va yondoshuvlarga to‘xtalamiz. 
Nutq madaniyati bir tilda to‘g‘ri so‘zlash va yozishdir. 
Nutq madaniyati fikrni sodda, aniq va tushunarli ifodalashdir. 
Nutq madaniyati tilning tasviriy va obrazli vositalaridan unumli, 
o‘z o‘rnida foydalana bilishdir. 
Nutq mdaniyati nutqning qisqaligi, ixchamligi, aniqligi va 
milliyligadir. 
Nutq madaniyati nutqning sodda, barcha uchun tushunarli 
bo‘lishidir. Va hokazo. 
Mazkur fikrlarga monand qarashlar nutq odobi tushunchasida o‘z 
ifodasini topganini, bu haqdagi fikrlar qadimdiy yodgorliklarimizda 
ham bayon etilganini e’tirof etish lozim. 
Shuningdek, nutq madaniyatiga yuqoridagi ta’riflarda aks etgan 
muammolarni o‘rganish, hal etishga yo‘naltirilgan alohida soha 
sifatida qaraladi. Tilshunos olim L.I.Skvorsov bu haqda shunday 
yozadi: «Nutq madaniyati bir tomondan nutqning adabiy til 
normalariga mos kelish darajasini bildirsa, ikkinchi tomondan bu 
tushuncha tilshunoslikning adabiy tilni yana takomillashtirish
maqsadida uni normalash bilan shug‘ullanuvchi sohani ham 
ifodalaydi». 
«Nutq madaniyati» – ko‘p qirrali tushuncha. Shunga ko‘ra uni 
quyidagicha talqin qilish mumkin: 

tildagi mavjud til hodisasining nomi; 

nutq madaniyati talablariga javob beruvchi aniq nutqiy 
jarayonning, ya’ni aniq nutqiy ko‘rinishning nomi; 

madaniy nutq va u haqida kishilar ongida mavjud bo‘lgan 
aniq me’yoriy tasavvurlarning nomi; 

tilshunoslikning ilmiy-tadqiqot obyekti bo‘lgan nutq 
madaniyati va uhaqidagi mavjud ilmiy tasvvurlarning, muammoning 
o‘rni; 

nutq 
madaniyati 
muammosini 
tadqiq 
qilish 
bilan 
shug‘ullanadigan tilshunoslik sohasining - nutq madaniyati 
sohasining nomi. 


Nutq madaniyati – real nutqiy hodisa. Kishilarning muhim aloqa 
vositasi bo‘lgan til qanchalik tariiy ahamiyatgaega bo‘lsa, 
so‘zlovchilarning bu tilga munosabati ham shunchalik qadimiydir. 
Chunki so‘zlovchi inson doimo fikrini ta’sirchan qilib so‘zlashga, 
suhbatdoshining e’tiborini tortishga, javob talab qilish uchun 
tushunarli nutq so‘zlashga harakat qilishi obyektiv zarurat 
hisoblangan. Bunday odat va ko‘nikmalar ikki muhim jihatga 
aloqador bo‘lganligi ham shubhasiz: birinchidan, tildagi tabiiy va 
aslida mavjud imkoniyatlarni egallash, undan o‘rinli foydalanishga 
intilish; ikkinchidan, so‘zlovchilarning muayyan nutqiy talablar, 
normalarga amal qilishi. Birinchi holatda til va uning mavjud ifoda 
vositalaridan foydalanish malaka va ko‘nikmalari shukllana borgan 
bo‘ls, ikkinchi holatda nutqning til bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa 
tomonlari ham namoyon bo‘la borgan. Masalan, so‘zlovchining va 
tinglovchining muayyan axloq-odob normalariga rioya qilishi,
ta’srchan va chiroyli gaprishga intilish,tilga hurmat, o‘z gapi va 
o‘zgalar gapiga e’tiborli bo‘lishi, o‘rinli so‘zlash, so‘zlash madaniyati 
va tinglash madaniyati, suhbat madaniyati, munozara madaniyati, tilga 
e’tibor va ehtiyotkorlik va boshqalar. Mazkur talablar asosida insonlar 
orasida nutqiy-axloqiy qonun-qoidalar yuzaga kelgan va bu tilda ham 
ma’lum normalarning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan. Qadimda nutq 
madaniyatining kurtaklari nutq odobi tarzida namoyon bo‘lgan. 
Nutq madaniyati nutqiy malaka va ko‘nikmalarning hosil bo‘lishi, 
bu jarayondagi lingvistik va nolingvistik omillarning o‘zaro 
aloqdorligi bilan vujudga keladi.
Nutq madaniyatining alohida ilmiy muammoga ega sohaligi esa 
mazkur hayotiy ehtiyojlar asosida uning tushuncha sifatida 
shakllanishidan birmuncha keyingi bosqichda vujudga kelgan. U 
fanning muayyan tarmog‘i sifatida o‘z o‘rganish obyektiga ega; tilni 
ma’lum me’yorlarga solish, so‘ngra esa adabiy tilni rivojlantirish va 
umuman til taraqqiyotiga hissa qo‘shish kabi ulkan vazifalarni o‘z 
zimmasiga oladi. Nutq madaniyati sohasining ilmiy muammolari 
tilning barcha sathlariga, tilshunoslik fanining barcha tarmoqlari bilan 
aloqador ekanligini ta’kidlash joiz. 
Nutq madaniyati avvalo, to‘g‘ri, adabiy til me’yorlariga amal 
qilgan holda so‘zlashdir. Shunga ko‘ra nutq haqidagi quyidagi 
fikrlarga e’tibor beraylik: 


 Agar nutqda adabiy til me’yorlariga amal qilingan bo‘lsa, bunday 
nutq to‘g‘ri nutqdir. 
Agar nutqda adabiy tilga begona bo‘lgan, shu tilga o‘zlashmagan 
so‘zlar, gap qurilishlari … o‘rin olmasa, bunday nutq sof nutqdir. 
Agar nutqda ko‘p va har xil adabiy til belgilaridan (ifoda 
vositalaridan) foydalanilgan bo‘lsa, bu nutq boy nutq hisoblanadi. 
Agar nutqni tashkil etgan so‘zlar, so‘z birikmalarining ma’nolari 
ular ifodalagan tushunchalar hajmiga to‘g‘ri kelsa, mos bo‘lsa,
bunday nutq aniq nutqdir. 
Agar nutq tuzilishiga kirgan so‘z, so‘z birikmalariga xos 
ma’nolarning aloqasi mantiq qonunlariga, tafakkur qonunlariga zid 
bo‘lmasa, bunday nutq mantiqli nutqdir. 
Agar nutq til vositalarining yaxshi tanlab joylashtirilishi orqali 
tuzilib, faqat tinglovchining ongigagina ta’sir etib qolmasdan, unga 
his-hayajon ham bag‘ishlasa, tinglovchining diqqatini tortsa, 
qiziqtirolsa, bunday nutq ifodali nutqdir. 
Agar nutq tuzilishi tinglovchi ongiga ta’sir qilish bilan birga unda 
borliq haqida ma’lum bir aniq tasavvur sezdirsa, o‘sha narsani ko‘z 
oldida gavdalantirsa, bu nutq obrazli nutq bo‘ladi. 
Agar nutq tinglovchi ongining ko‘p tomonlarini egallab olib, uni 
so‘zlovchiga mahliyo, tobe qilib qo‘ysa, bunday nutq ta’sirli nutqdir. 
Agar nutq o‘z o‘rnida, o‘z vaqtida, o‘z janrida, vazifasiga ko‘ra 
tuzilgan bo‘lsa, shu sharoit yoki vaziyatlarga mos kelsa, bunday nutq 

Download 1,94 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   36




Download 1,94 Mb.
Pdf ko'rish