birliklar (iboralar) va sintaktik vositalar (sintaktik sinonimlar,
sintaktik variantlar, inversiya)dan unumli foydalanishga alohida
e’tibor talab qilinadi.
Shuningdek, so‘z yasash imkoniyatlaridan
maqsadli foydalanishga, intonatsiyaga ham e’tibor berish muhim.
Bunda nutq uslublarining o‘ziga xos jihatlari nazarda tutiladi.
Turli
vositalarga boy va eng rang-barang uslub badiiy uslubdir. Turli
stilistik figuralardan foydalanish imkoniyati keng, bu esa ta’sirchanlik
va mazmuniy ifodaning yuqori darajada bo‘lishiga yo‘naltiriladi.
Nutqning qisqaligi. Aytilayotgan fikrning qisqa shaklda bayon
etilishi ham muhim. Haddan ziyod uzun shaklda tuzilgan gaplar
ba’zan mantiqan chalkashliklarga olib keladi. Shuningdek, o‘quvchi
yoki tinglovchini toliqtirish bois zerikarli bo‘ladi. Nutq qisqa bo‘lsa,
tegishli fikr
aniq sodda shaklda ifodalansa, ko‘pincha maqsadga
muvofiq bo‘ladi. aforizmlardan foydalanish ham nutqiy qisqalik
namunasi hisoblanadi.
Nutqning ifodaliligi (ifodali nutq) Nutqning bu xususiyati uning
ta’sirchanligi va samaradorligini oshiruvchi vositadir. Bunda nutqqa
ifodalilik va obrazlilik baxsh etuvchi
turli tasviriy vositalar
(o‘xshatish, epitet, metonimiya, metafora, sinekdoxa, allegoriya va b.)
bilan birgalikda kontekstual nutqiy vositalar (nutqning tovush
tomonidan muvofiqligi,
ifodali intonatsiya, nutqni dialoglashtirish va
intimlashtirish; intonasion va psixologik pauza) kabilarga e’tibor
qaratiladi.
Nutqning maqsadga muvofiqligi. Nutqning bu xususiyati
fikrning ijtimoiy asoslari bilan bog‘liq. Bunda mavzu va nutqiy
muvofiqlikni ta’minlash uchun axborotning
mohiyatidan tashqari
quyidagilar muvofiqligi muhim sanaladi: nutqiy uslub va nutqiy
maqsad muvofiqligi, predmet va mazmun,
adresat va auditoriya, til
vositalari va adabiy norma, til vositalari va stilistik talab o‘rtasidagi
muvofiqlik.
Nutqning maqsadga muvofiqligi kommunikatsiyaning muhim
sifat belgilaridan biri hisoblanadi.