• Nutqning to‘g‘riligi
  • Nutqning aniqligi
  • Nutqning tozaligi.
  • Nutqning ta’sirchanligi.
  • 1 Maruza matnlari




    Download 1,94 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet21/36
    Sana25.01.2024
    Hajmi1,94 Mb.
    #145870
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   36
    Bog'liq
    Kitob 5502 uzsmart.uz

    jo‘yali nutqdir. 
    Agar nutqning til tuzilishi tinglovchining qabul qilinishini 
    osonlashtirishga xizmat qilsa, bunday nutq tushunarli nutq  
    hisoblanadi. 
    Aytilgan fikrlarga bog‘liq holda nutqning asosiy kommunikativ 
    sifatlari borasida to‘xtalamiz. 
    Nutqning to‘g‘riligi – bosh aloqaviy sifat. Nutqning to‘g‘ri 
    bo‘lishi, eng avvalo, uning adabiy til me’yorlariga muvofiq kelishidir. 
    U asosan ikki normaga - urg‘u va grammatik normaga qat’iy amal 
    qilishni talab qiladi. Urg‘uning to‘g‘ri qo‘yilishi fikrning to‘g‘ri 
    tushunilishi bilan bog‘liq. Bu - so‘z urg‘usiga ham, mantiqiy urg‘uga 
    ham aloqador fikr. (Qiyos: Onasiz / bola o‘ynamas. Onasiz bola / 
    o‘ynamas.) Grammatik normalarga rioya qilish deganda gap tuzish 
    qoidalaridan to‘g‘ri foydalanish, o‘zak va qo‘shimchalar o‘rtasidagi 
    bog‘lanishning tabiiyligi, ega-kesim mosligi, ikkinchi darajali 


    bo‘laklarning ularga bog‘lanish qonuniyatlari kabilarni e’tiborga olish 
    kerak bo‘ladi. (-ni/-ning, -ga/-da, -li/-lik va b.) 
    Nutqning aniqligi – «nutq – voqelik» va «nutq – tafakkur» 
    munosabati asosida belgilanadi. (B.Golovin «Основы культуры 
    речи
    ») Aniqlik – bu so‘zning o‘zi ifodalayotgan voqelikka mutlaqo 
    mos kelishidir. Bunda lug‘aviy birlik (so‘z, ibora)larni tanlashga 
    alohida ahamiyat berish kerak. Uning murakkabligi so‘zlarning ko‘p 
    ma’noliligida aks etadi. Bu muammoni nutqning uslubiy jihatiga 
    aloqador holda hal etish talab qilinadi. 
    Nutqning tozaligi. Bunda nutq adabiy til normasiga mos kelishi, 
    g‘ayriadabiy til unsurlaridan holi bo‘lishi kerak. Bunga ta’sir qiluvchi 
    lisoniy unsurlar: dialektizmlar, varvarizmlar, kanselyarizmlar, parazit 
    so‘zlar, vulgarizmlar va boshqalar.
    Nutqning ta’sirchanligi. Tinglovchi va o‘quvchi e’tiborini 
    qozonadigan xususiyatlar e’tiborga olinadi. Nutqning ta’sirchan 
    bo‘lishiga erishishda nolingvistik shart-sharoitlar muhim o‘rin 
    egallaydi. Eng avvalo, notiqning mavzu doirasida yetarli bilimga ega 
    bo‘lmasligi nutqning ta’sirchan bo‘lishiga to‘siq bo‘ladi. Nutqning 
    ta’sirchanligi deganda asosan, og‘zaki nutq jarayoni nazarda tutiladi. 
    Bunda tinglovchining bilim darajasi, yoshi, hattoki kayfiyatini 
    e’tiborga olish zarur bo‘ladi. Vaqtning hisobga olinishi ham kerak. 
    So‘zlovchining o‘z nutqiga munosabati ham muhim. O‘ta 
    rasmiyatchilikdan qochish, hayotiy misollarga ham murojaat qilish
    nutqning ta’sirchan bo‘lishida alohida ahamiyatga ega. 
    Mashhur rus notig‘i V.Klyuchkovskiy: «Jamoat orasida 
    gapirganingizda tinglovchilarning qulog‘iga, aqliga murojaat qilmang, 
    shundoq gapiringki, ular sizni tinglab turib so‘zlaringizni eshitsin, 
    narsalarni 
    siz 
    bilan 
    ko‘rib, 
    sizning 
    holatingizga 
    kirishsin.
    Tinglovchilar sizning tasviringizsiz ham aqli, yuragi, fikri bilan shu 
    narsani yaxshiroq kuzatadi. nutqda fikrni rivojlantira borib, dastlab 
    uning tuzilishini tinglovchining aqliga yetkazish, keyin uning 
    tasavvuriga yaqqol taqqoslarni taqdim etish kerak, nihoyat, chiroyli 
    lirik tasvirlar bilan ehtiyotkorona uni tinglovchining yuragiga jo 
    qiling, o‘shanda tinglovchi – asiringiz qochib ketmaydi, hattoki, siz 
    uni erkin qo‘yib yuborsangiz ham, sizning abadiy itoatkor asiringiz 
    bo‘lib qoladi». 

    Download 1,94 Mb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   36




    Download 1,94 Mb.
    Pdf ko'rish