• 3.Ilmiy axborot
  • III. SUD NOTIQLIGI
  • 1. Qoralovchi nutqi
  • 2. Jamoatchi qoralovchi nutqi.
  • O‘quv yurtlari ma’ruzalari




    Download 1,94 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet17/36
    Sana25.01.2024
    Hajmi1,94 Mb.
    #145870
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36
    Bog'liq
    Kitob 5502 uzsmart.uz

    1.O‘quv yurtlari ma’ruzalari o‘z aniqligi, ilmiy
    muntazamligi, 
    faktlarga asoslanganligi va muayyan predmet qonuniyatlarini yoritib 
    berishga bag‘ishlanganligi bilan xarakterlanadi. 
    2.Ilmiy ma’ruza – muayyan sohada qilinayotgan ishlar, ilmiy 
    tajribalar haqidagi xulosalar yoki qilinajak ishlar haqidagi rejalar: 
    dastlabki tug‘ilgan g‘oyalar, gipotezalar bayonidan iborat. Ilmiy 
    ma’ruza tinglovchilar auditoriyasi tor bo‘ladi. Ilmiy ma’ruza - siyosiy 
    sharhga monand bo‘lib, agar siyosiy sharhda e’tibor siyosiy-ijtimoiy 
    hodisalarga jalb etilsa, ilmiy ma’ruzada e’tibor muayyan ilmiy 
    yutuqlarga, ixtirolar bayoni hamda xulosasiga qaratiladi. 
    3.Ilmiy axborot – akademik notiqtikning bu ko‘rinishi avval 
    qilinayotgan ishlar haqida muayyan darajadagi mutaxassis, javobgar va 
    rahbar shaxslarni xabardor qilishni ko‘zda tutadi. 


    III. SUD NOTIQLIGI 
     
    Sud notiqligi notiqlik san’atining qadimgi turlaridan hisoblanadi. 
    Qadimgi yurist (faqih)lar orasida o‘z nutqi, notiqlik mahorati bilan 
    mashhur bo‘lgan so‘z san’atkorlari ko‘p bo‘lgan. Mashhur sharq faqih 
    notiqlaridan biri qozi al-Harbavayxiy (941y.) shu qadar katta e’tiborga 
    ega bo‘lganki, hatto yurtning amiri har kuni ertalab kelib uni ziyorat 
    qilib ketgan. 
    Sud notiqligi bir necha turga bo‘linadi: 
    1. Qoralovchi nutqi o‘zining muayyan shaxs yo bir guruh 
    kishilaming aybini bo‘yniga qo‘yish, o‘zi xizmat qilayotgan ijtimoiy 
    tuzum manfaatini yoqlab, shu tuzum yo davlat styosatiga qarshi 
    bo‘lgan, qonun-qoidalarga rioya qilmagan fuqarolarni qoralash ruhi 
    bilan xarakterlanadi. 
    2. Jamoatchi qoralovchi nutqi. Agar davlat prokurori chetdan 
    kelgan kishi sifatida bu ishga aralashsa, jamoatchi qoralovchi jinoyat 
    ishtirokchilari bilan yonma-yon turib, bir jamoada ishlagan bo‘lishi 
    mumkin Jinoyatchi tarjimai holini jamoatchi-qoralovchi prokurorga 
    qaraganda ko‘proq bilishi tabiiy. Shu yo‘l bilan uning jinoyatini 
    oydinlashtirishi mumkin. 

    Download 1,94 Mb.
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   36




    Download 1,94 Mb.
    Pdf ko'rish