• Asosiy o‘quv materialining qisqacha bayoni
  • Tushunchalar va tayanch iboralar




    Download 1,94 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet14/36
    Sana25.01.2024
    Hajmi1,94 Mb.
    #145870
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36
    Bog'liq
    Kitob 5502 uzsmart.uz
    GLOSSARIY, talimda-axborot-texnologiyalari-fanining-predmeti-maqsadi-va-vazifalari (1), 2-dars.MS Word matn protsessori interfeysi, aqliy-hujum-va-keys-study-metodlari-yordamida-funksiya-hosilasi-mavzusini-o-qitish, Zamonaviy kompyuterlar va ularning arxitekturasi, 3-mavzu. Xotira qurilmasi, axborotlarni kiritish – chiqarish qur, titul, Murodov Adham Ilhom ogli Azamat akamga, ЖК режа 2023, Startap ariza, 3498-Article Text-6447-1-10-20230808, 496-Article Text-1054-1-10-20220131 (1), mathcad-dasturida-ikki-va-uch-o-lchamli-grafik-qurish-hamda-turli-xil-masalalar-yechishda-qo-llash, portal.guldu.uz-1-Amaliy Zamonaviy kompyuterlar va ularning arxitekturasi, Aliberdiyeva M kechki ta\'lim
    Tushunchalar va tayanch iboralar: notiqlik turlari, siyosiy-
    ijtimoiy notiqlik; akademik notiqlik; sud notiqligi; ijtimoiy-maishiy 
    notiqlik; diniy notiqlik,dialogoik, monologik nutq.
    REJA: 
     
    1.
    Notiqlik turlari: siyosiy-ijtimoiy notiqlik; akademik 
    notiqlik; sud notiqligi; ijtimoiy-maishiy notiqlik; diniy notiqlik va 
    ularning o‘ziga xos jihatlari. 
    2.
    Nutq ko‘rinishlari.
    3.
    Notiq nutqining namunaviy bo‘lishini ta’minlashdagi 
    asosiy holatlar, lingvistik va nolingvistik omillar.
    Asosiy o‘quv materialining qisqacha bayoni: 
     
    Notiqlik qadimiy davrlardan beri alohida mahorat, san’at sifatida, 
    insondagi maxsus, noyob qobiliyat tarzida talqin etib kelinadi. Shu 
    sababli notiqlikni  nutq madaniyatidan farqlash lozim. 
    Notiqlik san’atida tinglovchini, ommani o‘ziga tortishga intilish 
    maqsadi birinchi o‘rinda turadi. Notiq nutqi chiroyli, jozibali bo‘lishi 
    shart. Chiroylilikka erishish uchun nutqning mazmuniga, mantiqiy 
    kuchiga, jumlalar jimjimadorligiga e’tibor beriladi. Notiqlik nutqi har 
    qanday monologik og‘zaki nutq emas, balki tinglovchilarni ma’lum 
    harakatga chorlovchi yoki ularda qandaydir g‘oyalar, tasavvurlar 
    tizimini uyg‘otishga qaratilgan maxsus vazifa bajaruvchi nutqdir. 
    Nutq madaniyati va notiqlik tushunchalari orasida o‘xshashlik va 
    farqli tomonlar mavjud: 
    1.
    Nutq madaniyati adabiy til va uning normalari bilan bog‘liqdir. 
    Notiqlik uchun bu asosiy belgi emas. So‘zga chechanlik, notiqlik til 
    materialining xarakteriga emas, nutqning ta’sirchanligi, nutqiy san’atga 
    qarab belgilanadi. 
    2.
    Notiqlik – og‘zaki nutq san’ati. Nutq madaniyati esa nutqning 
    ham og‘zaki, ham yozma shakli uchun taalluqli. 
    3.
    Nutq madaniyati sohasining maqsadi butun xalqning nutqini 
    madaniylashtirishdir. Notiqlik asosan nutq vositasida kishilarga 
    muayyan g‘oya va maqsadlarni yetkazishni, ularni ma’lum maqsadga 
    safarbar qilishni ko‘zlaydi. Notiqlikda ma’lum maqsadga jalb qilish 
    asosiy o‘rin tutadi. 


    4.
    Notiq nutqi ko‘pchilik tinglovchiga, keng auditoriyalarga 
    mo‘jallangan bo‘ladi. Nutq madaniyati oddiy nutqlar, yakka kishiga 
    qaratilgan nutqlarni ham o‘z ichiga oladi. 
    5. Har bir kishi til imkoniyatlarini yaxshi egallagan nutq madaniyati 
    talablariga javob beradigan so‘zamol shaxs bo‘lishi mumkin. Ammo har 
    bir shaxs ham san’atkor ma’nosidagi notiq bo‘la olmasligi mumkin. 
    Lekin adabiy tildan foydalanuvchi har bir notiq nutq 
    madaniyatidan xabardor bo‘lishi shart. 
    6. Notiqlik ko‘proq nutqning mazmuniga, mantiqiy asoslariga 
    e’tibor qiladi. Nutq madaniyati esa ko‘proq nutqning til qurilishiga 
    e’tibor qiladi. 
    7. Notiqlik san’ati notiq uchun oldindan qanday so‘zlash sxemasi 
    va rejasini bermaydi. Nutq madaniyati sohasi esa jamiyat a’zolarini 
    ona tili boyliklari va vositalaridan maqsadga muvofiq foydalana olish 
    ko‘nikmasini beradi. Bunday ko‘nikma, aslida, har qanday san’atkor 
    notiq uchun ham zarur. 
    8. Notiqlik va notiqlik san’ati haqidagi fan ancha qadimiy tarixga 
    ega. Nutq madaniyati esa ilmiy soha sifatida hali yangi va yoshdir. 

    Download 1,94 Mb.
    1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   36




    Download 1,94 Mb.
    Pdf ko'rish