bilan nutqning
olatidur va ham nutqdurki, agar nopisand zohir bo‘lsa,
tilning ofatidir».
Alisher Navoiy nutqning aniq va to‘g‘ri, ta’sirli va jozibali
bo‘lishini targ‘ib qiladi. Bunday nutqqa erishish uchun so‘z ma’nosiga
alohida e’tibor berish lozim. Alisher Navoiy «Mahbub-ul qulub» asarida
voizlikka xos fazilat va xususiyatlarga alohida to‘xtalib, u xalqni o‘z
nutqiga qarata oladigan, o‘z ortidan ergashtira oladigan donishmand
kishi bo‘lishi kerakki, qalbida ma’naviy, ruhiy bo‘shliq bo‘lgan har
qanday odam esa bunday voizning suhbatidan olam-olam ma’naviy zavq
olib, ko‘ngli ko‘tarilsin, deydi.
Alisher Navoiy asarlarida nutq odobining
talablari quyidagicha
sanaladi:
Tilni, so‘zni qadrlash, uni hurmat qilish.
Yaxshi so‘zlay olish (nutq) san’atdir, noyob hunardir.
Insonning odob-axloqini belgilaydigan omillardan biri
uning nutqidir.
Kishining nutq uning aqliy kamolotidan darak beradi.
So‘zlaganda dil va tilni bir tutish zarur.
So‘zlaganda o‘ylab, tushunib gapirish kerak.
Xushmuomala, shirinso‘z bo‘lish.
Chin, to‘g‘ri so‘zlash, nutqda halol bo‘lish.
Ezgu so‘zli bo‘lish lozim.
Tildan tuhmat uchun foydalanmaslik kerak.
Ko‘p so‘z, ezma vaysaqi bo‘lmaslik.
So‘zlaganda sharoitni, suhbatdoshinni hisobga olish,
beo‘rin so‘z aytmaslik.
Suhbat sirlarini saqlash, bo‘shog‘iz bo‘lmaslik.
Gapirganda
qaytariqlardan qochish kerak, chunki ular
fikrning ta’sirini susaytiradi.
Alisher Navoiyning muxlisi, shogirdi va do‘sti bo‘lgan mashhur
voizlardan Husayn Voiz Koshifiy asosan ilmiy, siyosiy, ahloqiy, tashviq
va targ‘ib ruhida va’zlar aytgan. Voiz
Koshifiy Husayn Boyqaro
Xurosonga podshohlik qilgan yillarida davlatning bosh voizi
hisoblangan. Husayn Voiz va’zlarining ta’sirchanligi, xalqchilligi,
jozibadorligi haqida ma’lumotlar bor.
O‘rta Osiyo notiqligining o‘ziga xos xususiyatlari shundan iborat
ediki, u eng avval o‘sha davr tuzumining manfaatlariga xizmat qilar
edi. Bu davrda notiqlik san’ati
ustalarining nadimlar, qissago‘ylar,
masalgo‘ylar, badihago‘ylar, qiroatxonlar, muammogo‘ylar, voizlar,
maddohlar qasidaxonlar deb yuritilishi ham anash shundan dalolat
beradi.