• Katon, aka-uka Grakxlar, Mark Antoniy, Sitseron
  • "har qanday notiqning asosiy maqsadi
  • 1 Maruza matnlari




    Download 1,94 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/36
    Sana25.01.2024
    Hajmi1,94 Mb.
    #145870
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36
    Bog'liq
    Kitob 5502 uzsmart.uz

     
    Rim notiqligi. 
    Yunon madaniyati, xususan, Afina notiqlik san’ati tanazzulga yuz 
    tutgan bir paytda Italiyada Rim notiqlik san’ati rivojlana boshladi. U 
    antik notiqlikning yana bir muhim tarmog‘i edi. Bu notiqlik lotin 
    tilida shakllanganligi tufayli lotin notiqligi deb ham yuritiladi. 
    Rim imperiyasi ijtimoiy mazmuni jihatidan quldorlik tizimiga 
    asoslangan bo‘lib, unda faqat ijtimoiy tuzum taraqqiyoti emas, balki 
    notiqlik san’ati taraqqiyotida ham Yunoniston tarixining, xususan, Afina 
    tarixining ayrim bosqichlarining takrorlanishini ko‘ramiz. Chunki Rim 
    madaniyatiga yunon, xususan Attika madaniyati katta ta’sir o‘tkazgan 
    edi. Negaki, yunon demokratiyasining ravnaqi eramizdan oldingi V 
    asrga to‘g‘ri kelsa, Rim imperiyasining rivojlanish davri eramizdan 
    oldingi IV-III asrlarga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun ham ilg‘or 
    yunon madaniyati, yunon notiqlik san’atining Rim notiqlik san’atiga 
    ta’sir etishi tabiiy bir hol edi. 
    Eramizdan oldingi II asrdan boshlab Rim imperiyasining quldorlik 
    siyosati kuchaydi. Bu o‘z navbatida qullarning g‘azab kosasi to‘lishiga 
    sabab bo‘ldi va qullar bilan quldorlar orasida keskin kurash davri 
    boshlandi. Ajoyib satirik Lusiliy (eramizdan oldingi 180-102 yillar) 
    asarlarida bu kurash yorqin aks ettirilgan. Siyosiy-ijtimoiy sharoitda 
    so‘z san’ati yana kuchga kirdi va davlat arboblari shu qudratli qurol – 
    notiqlik san’ati vositasi bilan kurash olib bordilar. Rim imperiyasida 
    Katon, aka-uka Grakxlar, Mark Antoniy, Sitseron kabi yirik 
    notiqlar yetishib chiqdi. 
    Yirik davlat arbobi va notiqlardan biri Katon qadimgi olimlarning 
    hisobiga ko‘ra 150 taga yaqin nutq meros qoldirgan. Katonning eng 
    sevimli usuli masalani muxtasar, ixcham bayon qilish uslubini qo‘llagan. 
    U masalani g‘oyat keskin tarzda qo‘ygan. Fikrlarni stilistik jihatdan 
    g‘oyat go‘zal konstruksiyada, ifodali va ta’sirchan shaklda bayon 
    etishni xush ko‘rgan. Har bir masala bilan tanishar ekan,uni atroflicha 
    o‘rganib chiqishga e’tibor bergan. Katon notiq sifatida shu qadar 
    kuchli mahorat egasi ediki, bu borada unga Sitseron ham tan berib 
    yozadi: "Hammasini yanada chiroyliroq, yanada nafisroq qilib aytish 
    mumkin, ammo hech narsani undan kuchliroq va jonliroq qilib aytish 


    mumkin emas". His-hayajon bilan so‘zlash borasida Sitseron deyarli 
    hech kimga shu qadar yuksak baho bermaydi. 
    Sitseron fikricha, "har qanday notiqning asosiy maqsadi – 

    Download 1,94 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36




    Download 1,94 Mb.
    Pdf ko'rish