• Yunon notiqligi, Rim hukmronligi davridagi notiqlik, O‘rta Osiyo notiqligi
  • Attika davri yoki Afina notiqligi.
  • Asosiy o‘quv materialining qisqacha bayoni




    Download 1,94 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/36
    Sana25.01.2024
    Hajmi1,94 Mb.
    #145870
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
    Bog'liq
    Kitob 5502 uzsmart.uz
    GLOSSARIY, talimda-axborot-texnologiyalari-fanining-predmeti-maqsadi-va-vazifalari (1), 2-dars.MS Word matn protsessori interfeysi, aqliy-hujum-va-keys-study-metodlari-yordamida-funksiya-hosilasi-mavzusini-o-qitish, Zamonaviy kompyuterlar va ularning arxitekturasi, 3-mavzu. Xotira qurilmasi, axborotlarni kiritish – chiqarish qur, titul, Murodov Adham Ilhom ogli Azamat akamga, ЖК режа 2023, Startap ariza, 3498-Article Text-6447-1-10-20230808, 496-Article Text-1054-1-10-20220131 (1), mathcad-dasturida-ikki-va-uch-o-lchamli-grafik-qurish-hamda-turli-xil-masalalar-yechishda-qo-llash, portal.guldu.uz-1-Amaliy Zamonaviy kompyuterlar va ularning arxitekturasi, Aliberdiyeva M kechki ta\'lim
     
    Asosiy o‘quv materialining qisqacha bayoni: 
     
    Nutq madaniyati va notiqlik san’ati, ular haqidagi ta’limotlar 
    tarixi juda ham uzoq davrlarga borib taqaladi. U ta’limot sifatida 
    qadimgi Rim va Afinada shakllangan bo‘lsa ham, urga qadar Misrda, 
    Assuriyada, Vavilon va Hindiston mamlakatlarida paydo bo‘lganligi 
    notiqlik san’ati tajribasidan ma’lum. Shunga ko‘ra notiqlik san’ati 
    tarixi haqida so‘z yuritganda qadimgi Yunon notiqligi, Rim 
    hukmronligi davridagi notiqlik, O‘rta Osiyo notiqligi tarixi haqida 
    bir qator ma’lumotlarning mavjudligini aytish mumkin.
    Juda ko‘plab ilmlar markazi hisoblangan Yunoniston notiqlik 
    san’ati sohasida ham jahon madaniyati tarixida yorqin sahifalar 
    yaratgan. Qadimgi yunon notiqlik san’ati o‘ziga xos xususiyatlarga 
    ega bo‘lgan murakkab voqelikdir.
    Notiqlik san’ati haqidagi ilk ma’lumotlarni Gomerning 
    (eramizdan oldin XII asrlar o‘rtasida yashagan) “Iliada” va 
    “Odisseya” dostonlaridan olish mumkin. 
    Gomer 
    dostonlari 
    ma’lumotiga qaraganda, qadimgi Yunoniston tuprog‘ida eramizdan 
    avvalgi shu davrlarda Nestor, Menelay, Odissey, Axill kabi mashhur 
    notiqlar bo‘lgan. Bu to‘rt notiq shu san’atning 4 yo‘nalishiga mansub 
    bo‘lib, ular maxsus notiqlik maktablarida tahsil olganlar.
    Bu san’at harbiy mutaxassislik va boshqa zarur ijtimoiy 
    mutaxassisliklar qatori maxsus maktablarga ega bo‘lgan. Shuning 
    uchun e’tiborli oilalar farzandlarini yoshligidan shu san’at bilan 
    qurollantirishga uringanlar. 
    XIII-XII asrlardagi notiqlik san’ati tarixiy taraqqiyotning madaniy 
    cho‘qqisi bo‘lgan, ana shu ravnaq necha asrlar osha yangidan 
    ko‘tarilgan, keyingi yuksaklikning pishib yetishiga ijobiy ta’sir etgan. 
    Attika davri yoki Afina notiqligi. 
    Eramizdan oldingi 499-449- yillar orasida, ya’ni 50 yil davomida 
    Eron-Yunon urushi bo‘ldi. Ellik yillik urushda g‘olib chiqqan yunonlar 
    davlati tez rivojlana boshlaydi va siyosiy-ijtimoiy taraqqiyotning yuqori 


    bosqichiga ko‘tariladi. Shu taraqqiyot bilan birga ilm-fan, madaniyat 
    ham tez gurkirab o‘sa boshlaydi. Bu taraqqiyot jahon tarixida 
    hozirgacha mo‘tabar sahifani egallab turibdi. Taraqqiyotning asosiy 
    markazi Attika viloyati edi - hozirgi Afina. Bu davlat Attika yo Afina 
    davlati, eramizdan avval X-1X asrlarda yashnagan madaniyat Afina 
    yoki Attika madaniyati deb yuritiladi. Notiqlik san’ati jahon madaniyati 
    tarixida yunon notiqligining Attika davri notiqligi deb yuritiladi. 
    Antik dunyo madaniyati va san’atining gullab-yashnashiga sabab 
    bo‘lgan asosiy omil, ijtimoiy tuzumning demokratik asosda 
    qurilganligidir. Ilm-fan, madaniyat shu demokratiya tufayli ravnaq topdi. 
    Eramizdan avvalgi V asrga kelib Yunoniston hududi yirik shaharlar 
    doirasida uyushgan kichik davlatlardan iborat edi. Bu shahar-davlatlar 
    polislar deb atalardi. Har bir polis mustaqil davlat sifatida demokratik 
    asosda ish ko‘rardi. Afina davlati shu polislar ichida eng yirigi edi. 
    Afina davlatida uch organ hal qiluvchi qudratga ega bo‘lgan 
    Ulardan biri xalq majlisi, ikkinchisi Besh yuzlar Kengashi deb ataladi. 
    Sud ham katta ijtimoiy-siyosiy mavqega ega bo‘lgan. Shu uch organ 
    yunon demokratiyasini tashkil etardi. 
    Besh yuzlar Kengashi, eng yirik arboblar Kengashi bo‘lib, davlat 
    ahamiyatidagi masalalar bo‘yicha kiritiladigan takliflar, qonun-qoidalar 
    loyihasini tuzib, muhokama etardi. Ana shu jarayonda Kengashning har 
    bir a’zosi muhokama etilayotgan masala bo‘yicha o‘z fikrini aytar, har 
    tomonlama asoslab, nutq so‘zlardi. So‘zlovchi o‘z nuqtai nazarini 
    himoya qila olsa, loyiha qabul qilinar, asoslay olmasa qabul qilinmasdi. 
    Besh yuzlar Kengashi demokratiyasi erkin muhokama etish va 
    erkin qarorga kelishdan iborat edi. Shu muhokama erkinligi, so‘z 
    erkinligi notiqlarning yetishib chiqishiga zamin yaratdi. So‘z erkinligi - 
    demokratiya, notiqlikning taraqqiyotiga sabab bo‘ldi. Kengashdagi 
    muhokama nutqlari majmuasidan notiqlik san’atining yo‘nalishi yuzaga 
    keldi. Yunon notiqligining bu ko‘rinishiga Kengash notiqligi deb nom 
    berildi. Kengash notiqligi davlat miqyosidagi masalalarni hal etishga 
    qaratilgan bo‘lib, siyosiy xarakterga ega edi. Shuning uchun bu toifaga 
    mansub notiqlar siyosiy yoki harbiy notiqlar edi. Besh yuzlar 
    Kengashida ham, xalq majlisida ham muhokama etilayotgan masala 
    bo‘yicha qaror, erkin ovoz berish yo‘li bilan qabul qilinar va ko‘p 
    ovozga ega bo‘lgan tomon g‘olib kelardi. Ko‘p ovoz olishning birdan-
    bir yo‘li majlis ahlini ishontirish, ko‘tarilgan masalaning mohiyatini ocha 
    olish edi. 


    Attika notiqligi 2 davrga bo‘linadi. 
    1. Eramizdan oldingi 462-yilgacha. Afina davlat tuzumi eng 
    demokratik tusga kirguncha. 
    2.. 
    Eramizdan oldingi 462-332-yillar orasi, Afina davlati 
    Makedoniyaga qaram bo‘lib qolgan vaqtgacha. 
    Afina davlati jahonga notiqlik san’atining yirik namoyandalarini 
    yetkazib berdi. Ma’rifatparvar kishi sifatida o‘z atrofiga Anaksagor, 

    Download 1,94 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




    Download 1,94 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Asosiy o‘quv materialining qisqacha bayoni

    Download 1,94 Mb.
    Pdf ko'rish