• Tushunchalar va tayanch iboralar
  • Asosiy o‘quv materialining qisqacha bayoni
  • 1 Maruza matnlari




    Download 1,94 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet3/36
    Sana25.01.2024
    Hajmi1,94 Mb.
    #145870
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
    Bog'liq
    Kitob 5502 uzsmart.uz
    GLOSSARIY, talimda-axborot-texnologiyalari-fanining-predmeti-maqsadi-va-vazifalari (1), 2-dars.MS Word matn protsessori interfeysi, aqliy-hujum-va-keys-study-metodlari-yordamida-funksiya-hosilasi-mavzusini-o-qitish, Zamonaviy kompyuterlar va ularning arxitekturasi, 3-mavzu. Xotira qurilmasi, axborotlarni kiritish – chiqarish qur, titul, Murodov Adham Ilhom ogli Azamat akamga, ЖК режа 2023, Startap ariza, 3498-Article Text-6447-1-10-20230808, 496-Article Text-1054-1-10-20220131 (1), mathcad-dasturida-ikki-va-uch-o-lchamli-grafik-qurish-hamda-turli-xil-masalalar-yechishda-qo-llash, portal.guldu.uz-1-Amaliy Zamonaviy kompyuterlar va ularning arxitekturasi, Aliberdiyeva M kechki ta\'lim
     
     


    MA’RUZA MATNLARI 
    1-MA’RUZA. KIRISH. “O‘QITUVCHI NUTQI 
    MADANIYATI” KURSINING MAQSAD VA VAZIFALARI  
     
    Darsning o‘quv maqsadi: nutq madaniyati kursini bo‘lajak 
    pedagog talabalarga o‘qitilishidan ko‘zlangan maqsad va bu kursning 
    vazifalari va kutilayotgan natijalar nimalardan iborat bo‘lishini 
    tushuntirish 
    Tushunchalar va tayanch iboralar: nutq, til, til madaniyati va 
    nutq madaniyati, notiqlik, pedagogik faolayt va notiqlik, o‘qituvchi 
    nutqi va nutq madaniyati 
    REJA: 
     
    1.
    Nutq madaniyati sohasi, uning predmeti, muammolari.
    2.
    “O‘qituvchi nutqi madaniyati” kursining maqsad va vazifalari.
    3.
    Nutq madaniyati sohasining boshqa lingvistik va nolingvistik
    sohalar bilan aloqasi.
    Asosiy o‘quv materialining qisqacha bayoni: 
     
    Nutq madaniyati tilshunoslikning keng qamrovli sohalaridan biri 
    sanaladi. Bu soha insoniyat aqliy va nutqiy salohiyatining taraqqiy 
    darajasini ko‘rsatib turgan va doimiy rivojlanishni taqozo etuvchi 
    sohalardan biridir. Zero, til kishilarga doimo o‘zaro aloqa 
    munosabati, 
    madaniy-ma’naviy 
    zaruriyat, 
    ijtimoiy 
    taraqqiyot, 
    kurashish qurol bo‘lib xizmat qilgan. Mana shu qator vazifalarni 
    bajaruvchi til egalarining nutq irod etish imkoniyatlari, til birliklaridan 
    qay tarzda foydalanish chegaralarini ma’lum bir me’yorga solish 
    ehtiyoji asosida ilmiy negizga ega bo‘lgan mazkur soha vujudga 
    kelgan. Til qanchalar rivojlangan bo‘lmasin, insonlar tomonidan 
    ma’lum me’yorlar va talablarga asoslangan nutqiy madaniyat bir xil 
    darajada rivojlangan bo‘ladi deyish doimo ham to‘g‘ri bo‘lavermaydi. 
    Shu sababli ham nutq madaniyati sohasi doimiy e’tibor va rivojlanish 
    sari harakatlarni talab qiladi.
    Nutq madaniyati ijtimoiy fan sifatida keng ma’nodagi til 
    tarbiyasini va ommaviy uslubiy savodlilikni, boshqacha aytganda, 


    so‘zlovchi va yozuvchi omma orasida til haqidagi fanning hozirgi 
    zamon yutuqlarini tatbiq etishni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘yadi. 
    Nutq madaniyati insoniy madaniyatning asosiy ifodasidir.
    Ma’naviyati yuqori bo‘lgan inson barkamolligi uning omilkorligi
    bilimdonligi, donishmandligida namoyon bo‘ladi va unda albatta nutq 
    madaniyati ham yuqori bo‘ladi. Til odobi ko‘nikmalarini, nutq 
    madaniyati malakalarini egallash, adabiy til me’yorlariga amal qilish 
    oliy ma’lumotli shaxs uchun juda muhim. Shu sababli ham mazkur 
    o‘quv kursimiz bir qator maqsad va vazifalarni o‘z oldiga qo‘yadi. 
    Belgilangan vazifalar doirasida quyidagi masalalarga e’tibor 
    qaratamiz: 

    til madaniyati va nutq madaniyati tushunchalarining farqli 
    hamda aloqador jihatlarini o‘rganish;

    til taraqqiyoti va nutq madaniyatining bog‘liq jihatlarini 
    o‘rganish; 

    masalaga ilmiy yondashuvni shakllantirish; 

    nutq madaniyati tushunchasining lingvistik va nolingvistik 
    sohalar bilan aloqadorligini tahlil qilish; 

    nutq madaniyati va notiqlik san’atining o‘zaro bog‘liq 
    jihatlari; 

    notiqlik turlari va nutq ko‘rinishlari; 

    adabiy tilning normativligi va nutq madaniyati; 

    madaniy nutq mezonlarini o‘rganish; 

    nutqning ifodaliligi va nutq texnikasi; 

    nutq madaniyatini egallash yo‘llari; 

    nutq madaniyati va stilistika masalalari; 

    pedagog nutqining o‘ziga xos jihatlari va boshqalar. 
    Nutq madaniyati lingvistik soha hisoblanadi va u tilning turli 
    sathlarini o‘rganuvchi fanning barcha tarmoqlari bilan uzviy 
    aloqadordir. U fonetika to‘g‘ri talaffuz me’yorlariga oid orfoepik 
    qoidalarni bilishni, leksik imkoniyatlar doirasining kengligini, 
    semantik, 
    morfologik 
    bilimlarning 
    mukammalligini, 
    sintaktik 
    konstruksiyalarning me’yoriy holatlarini egallashni taqozo etadi.
    Umumiy tarzda aytiladigan bo‘lsa, nutq madaniyati soxasi adabiy til 
    doirasida fonetikadan tortib to uslubiyatgacha bo‘lgan barcha 
    lingvistik sohalarni qamrab oladi. Ilmiy jihatdan asoslangan nutqning 


    o‘ziga xos jihatlari mavjudligi va u qaysi fan sohasida bo‘lishidan 
    qat’i nazar ma’lum me’yorlarga bo‘ysunishi kerakligi nutq 
    madaniyatining boshqa nolingvistik sohalar bilan aloqadorligini 
    ko‘rsatuvchi omillardan sanaladi. Chunki nutq madaniyati bu eng 
    avvalo, nutqning to‘g‘riligi demakdir, ya’ni yaxshi nutq noaniqlikka, 
    uzundan uzoq jumlalarga qarshi bo‘lishi, qisqalik va aniqlik uning
    o‘lchovi bo‘lishi lozim. Har qanday ilmiy nutq uchun bu mezonlar 
    asosiy talablar hisblanishini bilamiz. Keng ma’noda esa nutq 
    madaniyati nutqiy ta’sirchanlikni, ijodiy yorqinlikni, o‘tkirlik va 
    ifodalilikni bildiradi. Bu jihatdan istalgan soha vakili og‘zaki 
    nutqining madaniy me’yorlarga asoslanishi, ma’lum normalarga 
    bo‘ysunish zarurati muhimki, bu holat har qanday notiqning 
    madaniyati va saviyasini ko‘rsatuvchi jihatlar sanaladi.
    Nutq madaniyati muammolari bilan shug‘ullanish birinchi marta 
    Praga lingvistik to‘garagi tomonidan o‘rtaga qo‘yilgan edi. 
    Keyinchalik bu masalani tilshunoslikning mustaqil sohasi sifatida 
    o‘rganishga rus tilshunosligida o‘tgan asrning 20-30-yillarida 
    kirishilgan. Bu masala bilan jiddiy shug‘ullanishga o‘zbek 
    tilshunosligida 90-yillarda kirishildi. Bu holning o‘zbek tilshunos 
    olimlari S.Ibrohimov, K.Xonazarov O.Usmonov va boshqalar 1969 
    yilda Toshkentda o‘zbek tili nutq madaniyatiga bag‘ishlab o‘tkazilgan 
    1-respublika konferensiyasida qilgan chiqishlarida haqli ravishda 
    ta’kidlab o‘tdilar. E.Begmatov bu fikrni rivojlantirib, shunday deb 
    yozgan edi: «Masalaning bunday qo‘yilishidan o‘zbek tilshunosligida 
    nutq madaniyati muammosi umuman o‘rtaga qo‘yilmagan ekan, degan 
    xulosa kelib chiqmasligi kerak, nutq odobi deb yuritib kelingan 
    qoidalarning o‘ziyoq bu masalaning ko‘hna tarixga ega ekanligini 
    ko‘rsatadi. Qolaversa, 20-30-yillarda til qurilish, til siyosati degan 
    nomlar bilan yuritilgan barcha millat va xalq tillari rivojiga bevosita 
    tatbiq etilgan ulkan tadbir va choralarning o‘sha vaqtda til madaniyati, 
    endilikda nutq madaniyati deb yuritilayotgan muammoga qanchalik 
    aloqadorligini belgilash nihoyatda muhimdir».
    Shu o‘rinda til madaniyati va nutq madaniyati tushunchalariga 
    aniqlik kiritish lozim. B.N.Golovin universitetlar uchun yozgan
    «Nutq madaniyati asoslari» nomli o‘quv qo‘llanmasida nutq 
    madaniyatini 
    tushunishning 
    muhim 
    shart-sharoitlari 
    sifatida 
    quyidagilarni sanab o‘tadi: til va nutqni farqlash, til normasini anglash 
    va hal qilish, til uslubi va nutqning uslublarini farqlash. Til 


    madaniyati tushunchasi nutq madaniyati sohasida til sistemasining 
    o‘zini, masalan, o‘zbek adabiy tilining vosita va imkoniyatlarini 
    «madaniylashtirishni» ko‘zda tutadi. Demak, til madaniyati termini 
    bilan ataluvchi tushuncha til sistemasining madaniylik darajasini, 
    ya’ni uning qanchalik ishlanganligi, normalashtirilganini ko‘rsatadi.
    Garchi «til madaniyati» va «nutq madaniyati» tushunchalari 
    tilshunoslikning termini sifatida bir-biridan farqlansalar ham, aslida 
    ularning birini ikkinchisidan ajratib bo‘lmaydigan, biri ikkinchisini 
    taqozo qiladigan tushunchalardir. Nutq madaniyati aniq ma’noda til 
    birliklarini nutq jarayonida qo‘llashning me’yori, maqsadga 
    muvofiqligini anglatsa ham, umumiy ma’noda ma’lum millatning 
    umumtil madaniyati doirasida qaraladi. U lisoniy va nolisoniy 
    omillarni o‘z ichiga oladigan murakkab jarayon bo‘lib, u 
    mantiqshunoslik, ruhshunoslik, pedagogik, etika, estetika masalalari 
    bilan ham bog‘liq. Ammo, nutq uchun tilning birinchi o‘rinda 
    turishini hech kim inkor etmaydi. «Har bir til unda gaplashadigan 
    millatning madaniyatini o‘zida o‘zida aks ettiradi» (L.V.Shcherba). 
    O‘zbek tilshunosligida mazkur masalaga oid bir qator maqolalar, 
    risolalar yozilgan bo‘lib, ularda nutq madaniyatining ba’zi masalalari, 
    bu soha haqidagi ilk ma’lumotlar tahlil qilingan. Bu ishlarning 
    mualliflari S.Ibrohimov, K.Xonazarov, R.Qo‘ng‘urov, E.Begmatov, 
    A.Ahmedov, M.Sodiqova, Q.Samadov, B.O‘rinboyev, O‘.Usmonov, 
    X.Jalilov, S.Inomxo‘jayev, Yo.Tojiev, L.Xo‘jayeva va boshqalardir. 
    Mazkur tilshunos olimlar nutq madaniyati sohasining o‘rganish 
    obyekti, ilmiy asoslari, muammoli jihatlari, til sathlariaro umumiy 
    ahamiyat kasb etuvchi soha sifatida ahamiyatli jihatlari, nutq 
    madaniyati va uslubiyat masalalari tadqiqiga bag‘ishlangan.
    “O‘qituvchi nutqi madaniyati” kursini o‘qish jarayonida pedagog, 
    ayniqsa, filolog o‘qitychi siafatida nimalarga e’tibor qaratish zarurligi 
    haqida 
    batafsil 
    ma’lumotlar 
    beriladi. 
    Shuningdek, 
    sohaning 
    jamiyatdagi o‘rni, lingvistik va boshqa nolingvistik fanlar bialn 
    aloqasi ham o‘rganiladi. 

    Download 1,94 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




    Download 1,94 Mb.
    Pdf ko'rish