• Kleon;
  • Isey;
  • Suqrot, Gerodot, Sofokl, Fidiy




    Download 1,94 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/36
    Sana25.01.2024
    Hajmi1,94 Mb.
    #145870
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
    Bog'liq
    Kitob 5502 uzsmart.uz

    Suqrot, Gerodot, Sofokl, Fidiy kabi buyuk siymolarni to‘plagan va 
    ularga homiylik qilgan, notiqlik san’atida barkamol Perikl; o‘z 
    notiqlik maktabi bilan mavjud rasmiy notiqlik uslublariga qaqshatqich 
    zarba bergan va o‘z zamondoshlarini ergashtira olgan, muzokara bobida 
    juda kuchli bo‘lgan Kleon; logograflik bilan shug‘ullangan, o‘zidan 
    keyin o‘tgan Isey, Gipenid va Demosfen kabi yirik notiqlar ijodiga katta 
    ta’sir ko‘rsatgan Litsiy; notiqlik, falsafa, yurisprudensiya sohasida o‘z 
    zamonasining eng yirik fan va madaniyat arboblari bo‘igan Suqrot, 
    Tisiy, Gorgiylardan ta’lim olgan va o‘zi Afinada ochgan notiqlik 
    maktabi katta shuhrat qozongan Isokrat; o‘z nutqlariga istagancha 
    rivoyat, afsona, naql va hikmatlarni qo‘shib yuborgan, notiqlik mahorati 
    tufayli qo‘liga tushgan har qanday ishni o‘zi va mijozi foydasiga hal qila 
    olgan Isey; Lisiy kabi notiqlik san’atidan kasb o‘rnida foydalangan, 
    buyuk davlat arbobi sifatida juda ko‘p siyosiy nutqlar so‘zlagan 
    Demosfen; o‘zining yuksak saviyali, ta’sirchan deklamatsiyasi bilan 
    tinglovchilar qalbini rom etgan va shuning uchun bo‘lsa kerak, 
    "Attikalik o‘nta notiq qonuniga kiritilgan Esxin; demokratiya tarafdori 
    bo‘lib, Demosfen bilan birgalikda Afina davlati va yunon xalqining 
    iqboli uchun kurash olib borgan Giperid shular jumlasidandir. 
     
    Epideyktik notiqlik. 
     
    Afinada notiqlik san’atiga cheksiz qiziqish natijasida, uning yangi 
    ko‘rinishlari yuzaga kela boshladi. Shulardan biri epideyktik notiqlik
    ya’ni tantanali notiqlikdir. 
    Shu davrgacha bo‘lgan notiqlik ko‘rinishlari muayyan amaliy 
    ehtiyoj uchun xizmat qilardi. Tantanali nutq ko‘rinishi notiqlik san’atiga 
    bo‘lgan katta qiziqishning mahsulidir. Undan ko‘zlangan maqsad, o‘z 
    notiqlik mahoratini namoyish etish, notiqlik san’atining barcha 
    imkoniyatlarini ishga solib, tinglovchilarga estetik zavq bag‘ishlashdan 
    iborat edi. 


    Epideyktik nutqning mavzusi uning maqsadiga ko‘ra turlicha edi. 
    Masalan, xudolar haqidagi afsonalar, xalq qahramonlari (Axill, Gerakl va 
    x.q.) madhiyasi, mashhur kishilar hayotiga oid (Gomer, Aristid va h.q.) 
    sarguzashtlar kabi. 
    Tantanali nutq matnlari shu qadar go‘zallik, badiiy, lingvistik 
    bezaklarga boy holda tuzilardiki, ularni notiq og‘zidan eshitish emas, 
    hatto o‘qib chiqishning o‘zi katta zavq berardi. Iste’dodli notiq 
    talqinida bu nutqlar badiiy o‘qishga, ajoyib artistona ijrochilikka 
    aylanib ketar va tinglovchilarga chindan ham estetik zavq 
    bag‘ishlardi. Yozma adabiyotning paydo bo‘lishida notiqlik 
    san’atining roli juda katta bo‘lganidek, nafis adabiyotning go‘zal, lirik 
    shakllari yuzaga kelishida epideyktik notiqlikning ta’siri kattadir. 
    Sud notiqligi Yunoniston polislarida, xususan, Afina davlatida eng 
    mavqe va e’tiborga ega bo‘lgan notiqlik ko‘rinishlaridan biri. 
    Antik demokratiya qoidalariga ko‘ra, har bir erkin fuqaro xohlagan 
    paytda, xohlagan ish bo‘yicha sudga murojaat etishi va o‘z manfaatini 
    himoya qilishi mumkin edi. Sud jarayonida esa sud hay’ati chinakamiga 
    demokratik, odilona pozitsiyada turib, da’vogar bilan himoyalanuvchi 
    esa har biri o‘z manfaatini himoya qilish uchun kurashardi. Sud 
    hukmining qaysi tomon foydasiga hal bo‘lishi ko‘pincha sudlanuvchi 
    shaxs yoki da’vogarning notiqlik san’atidagi mahoratiga bog‘liq edi. 
    Qaysi tomon o‘zining mantiqiy, faktologik talqini bilan sud hay’atini 
    ishontira olsa, hukm o‘shaning foydasiga chiqarilar edi. Antik sud 
    jarayonining ana shu demokratik xarakteri notiqlik san’atini ommaviy 
    ehtiyojga aylantirdi va bu san’atning rivoji uchun zamin yaratdi. 
    Logograflar va sinegorlar degan kasb egalari paydo bo‘ldi. 
    Aleksandr Makedonskiy hukmronligi davrida yunon xalqining fan 
    va madaniyat sohasidagi yutuqlari sharq mamlakatlariga yoyila boshladi. 
    Bu madaniyat jahonning Makedonskiy hukmronligi ostidagi juda ko‘p 
    xalqlar madaniyatini birlashtirdi va yagona bir madaniyatni vujudga 
    keltirdiki, tarixda bu davr madaniyati ellinizm davri madaniyati deb 
    yuritiladi. Quldorlik jamiyati rivojlangani, madaniyat va san’at 
    taraqqiyoti kabi notiqlik san’atining rivojlanishi uchun ham sharoit 
    yaratmagani bois ellinizm davrida notiqlik san’ati o‘zining siyosiy-
    ijtimoiy mavqeini yo‘qota bordi. 
    Keyinchalik Rim istilochilari zulmidan parokanda bo‘lgan va 
    tanazzulga yo‘l tutgan yunon notiqlik san’ati qayta qaddini tiklay 


    olmadi. Afina davlatining gullab-yashnagan davrida taraqqiy etgan 
    yunon notiqlik san’ati jahon notiqlik san’atining cho‘qqisi bo‘lib qoldi.

    Download 1,94 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




    Download 1,94 Mb.
    Pdf ko'rish