• I. SIYOSIY-IJTIMOIY NOTIQLIK 1. Siyosiy-ijtimoiy va siyosiy-iqtisodiy mavzudagi ma’ruza
  • 2. Hisobot ma’ruzasi
  • 3. Siyosiy nutq
  • 1 Maruza matnlari




    Download 1,94 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet15/36
    Sana25.01.2024
    Hajmi1,94 Mb.
    #145870
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36
    Bog'liq
    Kitob 5502 uzsmart.uz

    Notiqlik turlari 
    Nutq ko‘rinishlari 
    I. Siyosiy-ijtimoiy
    notiqlik 
    1.
    Siyosiy-ijtimoiy va siyosiy-
    iqtisodiy mavzudagi ma’ruzalar. 
    2.
    Anjumanlardagi hisobot 
    ma’ruzalari. 
    3.
    Siyosiy nutq. 
    4.
    Diplomatik nutq. 
    5.
    Siyosiy axborot. 
    6.
    Harbiy vatanparvarlik nutqi. 
    7.
    Tashviqotchi nutqi. 
    8.
    Ilmiy-ommabop nutq. 
    II. Akademik 
    notiqlik
    1.
    O‘quv yurtlari ma’ruzalari. 
    2. Ilmiy ma’ruza. 
    3. Ilmiy axborot. 
    III. Sud notiqligi 
    1.
    1. Qoralovchi nutqi. 
    2. Jamoatchi qoralovchi nutqi. 
    3. Oqlovchi nutqi. 
    4. Jamoatchi-oqlovchi nutqi. 


    I. SIYOSIY-IJTIMOIY NOTIQLIK 
     
    1. Siyosiy-ijtimoiy va siyosiy-iqtisodiy mavzudagi ma’ruza shu 
    mavzuga oid muayyan axborotlarni yoritib, tinglovchilarni ulardan 
    xabardor etish, siyosiy-ijtimoiy va siyosiy-iqtisodiy sohalarda keng fikr 
    yuritishga o‘rgatishdan iborat. Bunday mavzudagi ma’ruzalarda 
    muammolar keng ko‘lamda va aniq faktlar misolida yoritiladi. 
    2. Hisobot ma’ruzasi – rahbar shaxsning biror tashkilot, jamoaning 
    ma’lum bir muddat orasidagi faoliyatiga oid rasmiy hisoboti Bunday 
    hisobot, ko‘zlangan reja, amalda bajarilgan ish hajmi va mazmuni, 
    erishilgan yutuqlar, nuqsonlar va istiqbolda ko‘zlanadigan rejalarning 
    real faktlar asosida qilinadigan tahlilidan iborat. 
    3. Siyosiy nutq – majlis, qurultoy, kengashlarda so‘zlanadigan nutq 
    bo‘lib, bunda rahbar xodim muayyan davrga xos dolzarb siyosiy 
    masalalarni yoritib beradi. 
    4. Diplomatik nutq – davlat ahamiyatidagi rasmiy nutq bo‘lib, 
    xalqaro mavqega egaligi bilan xarakterlanadi. Diplomatiya har bir 
    davlatning tashqi siyosatini amalga oshirish, uning chet mamlakatlar 
    bilan aloqa qilish sohasidagi faoliyati bo‘lib, shu jarayonda u yoki bu 
    davlat nomidan so‘zlanadigan barcha siyosiy, iqtisodiy, madaniy, harbiy 
    mavzulardagi nutqlarga diplomatik nutq deyiladi. 

    Download 1,94 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   36




    Download 1,94 Mb.
    Pdf ko'rish