1 Maruza matnlari




Download 1,94 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/36
Sana25.01.2024
Hajmi1,94 Mb.
#145870
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   36
Bog'liq
Kitob 5502 uzsmart.uz

REJA: 
 
1. Adabiy til – umumxalq tilining me’yorlashtirilgan oliy shakli. 
2. Adabiy norma va uning ilmiy ta’rifi.
3. Adabiy tilning yozma, og‘zaki shakllari va nutq madaniayti
Adabiy 
til 
– 
umuxalq 
tilining 
me’yorga 
solingan, 
sayqallashtirilgan, muayyan qoidalar asosida qayta ishlab chiqilgan 
shakli. Adabiy til tusunchasida me’yor tushunchasi tayanch tushuncha 
hisoblanadi. Me’yor jamiyat a’zolari tomonidan qabul qilingan, 
ma’qullangan va ularga tushunarli bo‘lgan til birliklarining nutq 
jarayonida qo‘llanish holati va imkoniyatidir. 
Til va nutq tizimida me’yor o‘ziga xos o‘ringa ega. Til material 
sifatida nutq jarayonida xizmat qila boshlagan lahzalardanoq uni 
me’yorlashtirish jamiyat ehtiyojiga aylangan va me’yoriy muammolar 
kun tartibiga qo‘yilgan. 
Jamiyat taraqqiyoti bilan baravar holda til va nutqdagi me’yoriy 
holatlarni o‘rganish, tahlil qilishga ham ehtiyoj kuchayib borgan va bu 
muammolarni hal qilishda xalqning maishiy, ma’naviy-ma’rifiy 
turmushi, ijtimoiy-falsafiy va estetik dunyoqarashi, urf-odatlari singari 
qator omillar e’tiborga olingan. Til hodisalarini, uning me’yoriy 
jihatlarini tadqiq etishda tilning milliy xususiyatlarini hisobga 
olmaslik ham aslo mumkin bo‘lmagan.
Demak, me’yor milliylik va tarixiylik mazmunini kasb etadi
necha yuz, ming yillar davomida shakllangan an’anaviylikka ega 


bo‘ladi. Tildan foydalanishdagi an’anaviy me’yorlarning davrlar 
o‘tishi bilan o‘zgarib, yangilanib turishi ham tarixiy jarayondir. 
Anglashiladiki, til me’yorini belgilash muammolarini hal qilish 
har bir milliy til madaniyatini rivojlantirishning uzviy qismiga 
aylanadi. Shuning uchun ham me’yor masalalarining nutq madaniyati 
doirasida o‘rganilishi bejiz emas. 
Til elementlarining ma’lum bir me’yorga keltirilishi, bir 
tomondan, til mutaxassislari orqali boshqarib borilsa, ikkinchi 
tomondan, tabiiy ravishda ham yuz beradi.
Til birliklarini me’yorlashtirish, hamma uchun umumiy va 
tushunarli bo‘lgan bir qolipga keltirish umuman tilshunoslikning 
vazifasi sanalsa ham, u nutq madaniyati sohasining xizmatlarini inkor 
etmaydi. Binobarin, me’yor muammolari hamisha ushbu sohaning 
tadqiqot obyekti bo‘lib qolaveradi. Nutq madaniyati tilda ma’lum 
me’yorga keltirilgan til birliklarining nutqda qo‘llanish shart-
sharoitlarini, qonuniyatlarini nazariy jihatdan asoslaydi hamda bu 
me’yorga amal qilishni bir jihatdan nazorat ham qilib boradi. 
Nutqdagi yutuq va kamchiliklar tahlil qilinib, bu kamchiliklarni 
tugatishnichg eng ma’qul yo‘llari ko‘rsatib turiladi. Nutq madaniyati 
keng miqyosdagi til tarbiyasini va ommaviy stilistik savodxonlikni
boshqacha aytganda, so‘zlovchi va yozuvchi omma orasida til 
haqidagi fanning hozirgi zamon yutuqlarini tatbiq etishni o‘z oldiga 
vazifa qilib qo‘yadi. 
B.N.Golovin: «Norma — bu til birliklarini o‘zaro yaxshi 
tushunish zarurati tufayli undan foydalanadigan xalq tomonidan 
yaratilgan, til qurilishining amalda bulgan xususiyatidir. Aynan mana 
shu zarurat til sistemasining yagonaligiga erishish yulida odamlarga 
biron variantni ma’qul ko‘rish, boshqasidan voz kechish istagini 
tug‘diradi. Jamiyatning ana shunday yagonalikka erishish yo‘lidagi 
intilishi bilan birgalikda til normasi milliy adabiy tilda yuqori darajaga 
ko‘tarilib, mustahkamlanib boradi. 
Normani tadqiq etishda shu narsani qattiq yodda tutish kerakki
tilning taraqqiyot qonunlari obyektiv jarayonning ifodasi sifatida 
kishilarning irodasiga bog‘liq bo‘lmagan holda amal qiladi. 
Ba’zi tilshunoslar o‘zbek tili doirasidagi normalarni ikkiga bo‘lib 
o‘rganishni tavsiya qiladi:
1. Tilning umumnormasi yoki umumiy norma.
2. Tilning xususiy normalari yoki xususiy norma. 


Umumiy norma ma’lum tilning, masalan, o‘zbek tilining barcha 
ko‘rinishilarida qo‘llanayotgan normalar sistemasining yig‘indisidan 
iborat. 
Xususiy norma — umumiy normaning nutq ko‘rinishlari, 
shakllaridagi, tilning shakllaridagi aniq ko‘rinishlaridir. Yuqoridagi 
tahlillardan kelib chiqqan holda o‘zbek tilining quyidagi xususiy 
normalari haqida gapirish mumkin: 
1) o‘zbek adabiy tili normasi; 
2) o‘zbek lahja va shevalari normasi (dialektal norma); 
3) o‘zbek so‘zlashuv nutqi normasi;
4) o‘zbek tilining ijtimoiy tarmoqlari, ya’ni «ijtimoiy dialektlar», 
«ijtimoiy argolar» normasi (jargonlar, professional nutq ko‘rinishlari, 
argoning boshqa xillariga xos normalari).
O‘zbek adabiy tili normalari ilmiy asarlarda quyidagicha tasnif 
qilinadi: 1) leksik-semantik normalar – leksik (so‘z qo‘llash) 
normalari; 2) talaffuz (orfoepik) normalar; 3) aksentologik (so‘z va 
formalarda urg‘uning to‘g‘riligi) normalar; 4) fonetik (nutq 
tovushlarini toi ishlatish) normalar; 5) grammatik (morfologik va 
sintaktik) normalar; 6) so‘z yasalish normalari; 7) imloviy normalar; 
8) yozuv (grafika) normalari; 9) punktuatsion normalar; 10) uslubiy 
normalar.
Adabiy 
tilda 
milliy 
tilning 
yashash 
va 
amal 
qilish 
qonuniyatlaridan kelib chiqib so‘z tanlash imkoniyatlari uning leksik 
normasini belgilaydi. Umumxalq tilidan o‘sib chiqqan adabiy til unda 
mavjud bo‘lgan so‘z variantlaridan lug‘aviy norma sifatida eng 
ma’qulini — hamma uchun tushunarli bo‘lgan ko‘rinishini tanlab 
oladi, qolgan variantlar esa sheva va lahjalarda, ijtimoiy guruhlar 
tilida yashayveradi. Har bir shevada o‘sha sheva uchun so‘z 
qo‘llashning o‘z lug‘aviy normasi bo‘lgani kabi adabiy til normasida 
ham shevalarda uchragani kabi o‘ziga xosliklar bor. Masalan, she’riy 
asarlar tilida visol, ruxsor, siyna, falak, yanoq, qalb, hijron kabi so‘zlar 
sheva va lahjalar va hatto jonli so‘zlashuv tili uchun xos emas. 
Ijtimoiy hayotda yuz berayotgan o‘zgarishlar, yangiliklar eng 
avvalo leksikada o‘z aksini topadi. Shuning uchun ham leksikaning 
boyib borishi tildagi boshqa unsurlarga qaraganda birmuncha faoldir. 
Bu hol leksik norma masalasi bilan tilshunoslikda muntazam 
shug‘ullanish lozimligini taqozo qiladi. 


O‘zbek adabiy tilining lug‘aviy normasi birmuncha tartibga 
keltirilgan bo‘lib, u imlo lug‘atlarida o‘z ifodasini topgan. Shu tufayli 
yozma nutqda so‘z qo‘llash birmuncha turg‘un holatda bo‘lib, 
normani buzishlar unchalik sezilmaydi. Ammo og‘zaki nutqda so‘z 
qo‘llash normasiga hamma vaqt ham yetarli darajada amal qilinyapti 
deb bo‘lmaydi. Ularning ayrimlarini ko‘rib o‘tamiz. 
Ba’zan so‘zlar rus tilidan ko‘r-ko‘rona kalka qilingan holda 
qo‘llaniladi. Bugungi tantananing aybdorlari, boshliq o‘zlaridami, 
men o‘zimda bo‘laman kabi. Bu gaplarni bugungi tantananing 
sababchilari, boshliq xonasidami (yoki kabinetidami), men o‘z 
kabinetimda (yoki xonamda bo‘laman) tarzida qo‘llash maqsadga 
muvofiq bo‘lar edi. To‘g‘ri, men o‘z xonamda bo‘laman deyishdan 
ko‘ra nutqning sodir bo‘lishidagi vaziyat, vaqtni tejash nuqtai 
nazaridan men o‘zimdaman yoki o‘zimda bo‘laman deyish osonroq. 
Ammo gap faqat tejamlilik va tushunarli bo‘lishdagina emas. Agar 
masalaga shunday qaraydigan bo‘lsak, bu fikrni ma’lum vaziyatda 
hatto imo-ishora bilan ham tushuntirish mumkin. Bu yerda gap «o‘z» 
so‘ziga yuklatilgan ko‘chma ma’noning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligida, 
fikrni shunday ifodalashning tilimiz uchun normal yoki normal 
emasligida boryapti. Vaqti kelib u normaga aylanishi mumkindir. 
Ammo fikrni shu ma’noda ifodalovchi vositalar tilimizda bo‘lgan 
holda, sun’iylikka yo‘l qo‘yish maqsadga muvofiq emas. 
Xullas, norma tilning ijtimoiy vazifa bajarishining asosiy sharti 
bo‘lib, unga amal qilish shu tilda so‘zlashuvchi va yozuvchilar uchun 
majburiydir. O‘zbek tilining qanchalik normaga keltirilganligi va unga 
qanchalik amal qilinishi umummilliy o‘zbek madaniyatining 
taraqqiyot darajasini belgilovchi omillardan biridir. Bu esa o‘z-o‘zidan 
nutq madaniyati bilan bevosita bog‘liqdir. Chunki normaning til 
sathlarining biror qismi bo‘yicha buzilishi nutq madaniyatining
holatiga slabiy ta’sir qiladi. (Har bir til sathi bo‘icha adabiy til 
me’yorining buzilish holatlarini misollar va matnlar doirasida amaliy 
mashg‘ulot darsida tahlil qilamiz.) 

Download 1,94 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   36




Download 1,94 Mb.
Pdf ko'rish