1. Madhiya yoki yubiley-maqtov nutqlari. Bu nutqning bir
ko‘rinishi
muayyan shaxslar xizmatini tavsiflashga bag‘ishlansa,
boshqa biri
obyekt madhiyasiga bag‘ishlanadi.
Birinchi ko‘rinishdagi madhiyalar jumlasiga tarixiy siymolar
(Navoiy, Jomiy, Shekspir, Nyuton) davlat arboblari haqidagi ta’riflar
kirsa, ikkinchisiga Samarqand shahrining 2500
yillik yubileyi, yuzlab
obyektlar bilan bog‘liq nutqlar kiradi.
2. Ta’ziya va motam nutqi ham jahonning ko‘pchilik xalqlariga
mansub bo‘lgan nutq ko‘rinishlaridan biridir.
O‘rta Osiyo xalqlari orasida ta’ziya nutqlarning saj’ (qofiyali nasr)
va she’riy shakllari mavjud. Ular o‘zining yozilishi, ta’ziya bildiruvchi
shaxslarning fazilatlarini yorqin ocha olishi kabi xususiyatlari tufayli shu
qadar go‘zal va dilkashki, hozirgi kunda ham o‘rnak olsa arziydi. Ana
shunday ta’ziyalarning namunasi sifatida Alisher Navoiyning o‘z ustozi
Abdurahmon Jomiy vafotiga bag‘ishlagan marsiyasini ko‘rsatish
mumkin.
Ta’ziya nutqlarining juda ta’sirchan, mazmunan teran namunalarini
O‘rta Osiyo xalqlarining madaniy xazinasidan ko‘plab
keltirish
mumkin.
3.Tabrik nutqi ham qadimdan mavjud bo‘lgan an’anaviy nutq
ko‘rinishlaridan biri.
Tabrik nutqlari 2 xil bo‘ladi:
•
rasmiy-diplomatik nutq.
•
kundalik-maishiy nutq.
Rasmiy-diplomatik nutq, odatda, davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan
anjumanlarda davlat rahbarlari, yirik
siyosiy arboblar tomonidan
so‘zlanadigan nutq bo‘lib, mazmun jihatdan tabrik bilan birga xalqaro
ahvolga, turli mamlakat va davlatlarning o‘zaro
munosabatlariga doir
masalalarni yoritishga bag‘ishlangan bo‘ladi.
Kundalik-maishiy nutqlar jumlasiga ziyofatlardagi tabrik nutqlari,
to‘y-hashamlardagi muborakbodlar kabi nutqlar kiradi.