1.Xutba musulmon sharqida keng tarqalgan diniy nutq
ko‘rinishlaridan biri bo‘lib, uzoq tarixga ega. Xutba nutqi juma va hayit
namozlarida,
shuningdek, boshqa katta marosimlardagi nutqdir. Shu
rasmiy nutqni so‘zlovchi notiq-arbob xatib deb ataladi. Xutba nutqining
diniy, axborot xususiyatlaridan tashqari axloqiy jihati ham mavjud.
Xutba nutqlari quruq rasmiy tilda emas, hikoyat, rivoyat,
sarguzasht va
boshqa inobatli,
ayni paytda qiziqarli, ko‘rgazmali materiallar bilan
asoslangan holda so‘zlanadi. Bu esa xutba nutqlarining ritorik va
estetik-badiiy qiymatini oshiradi.
Xutba nutqlari kompozitsion jihatdan
aniqlikka egaligi bilan
diqqatga sazovordir. Har bir xutba tarkiban quyidagi qismlardan iborat
bo‘ladi:
•
hamd va na’t (olloh va payg‘ambar sha’niga madhiya);
•
xutbayi avval (diniy pandlar);
•
xutbayi soniya (axborot);
•
xulosa
Xatiblar juda katta olim, notiq kishilar bo‘lganlar
2.Va’z diniy notiqlikka mansub ikkinchi nutq ko‘rinishidir.
Va’zlar asosan keng ommaga mo‘ljallanganiigi uchun xutbaga ko‘ra
ancha erkin. Badiiylik va estetik emotsional tasirchanlik, tilining sodda
va ravonligi bilan xutbadan farq qiladi.
Notiqlik san’ati asrlar osha katta ijtimoiy mavqega ega bo‘lib,
o‘zining muhim yaratuvchanlik va estetik tarbiyaviy rolini o‘ynab
kelmoqda. Notiqlik san’ati
borliq bilan hamnafas yashaydi, zamon
talabiga
moslashadi, yangi ko‘rinishlari vujudga keladi, ba’zi
ko‘rinishlari chetga chiqadi. Bu san’atning ahamiyati,
uning mavqeyi
oshib boradi.
Nazorat uchun savollar:
1.
Siyosiy-ijtimoiy notiqlik nima?
2.
Akademik notiqlik haqida gapiring.
3.
Sud notiqligi haqida gapiring.
4.
Ijtimoiy-maishiy notiqlik haqida gapiring.
5.
Diniy notiqlik haqida gapiring.