|
1-ma’ruza temir yo‘l transportida mehnat muxofazasining o‘rni va vazifalari
|
bet | 29/47 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 0,65 Mb. | | #144059 |
Bog'liq MM MA\'RUZA mehnat muhofazasi
Sun’iy yoritish elektr yorug‘lik manbalari yordamida amalga oshiriladi. Ular issiqlik nurlari – elektr chug‘lanish lampalari yoki lyuminessent nurlanish tamoyiliga – simob, natriy va lyuminessent lampalarga asoslanadi. CHo‘g‘lanish lampalarida quvvat asosan (80 foiz) issiqlik nurlari va faqat 10 foiz spektrning ko‘rinadigan qismidagi nurlanishga sarflanadi. CHo‘g‘lanish lampalarining asosiy xarakteristikasi: nominal kuchlanish, quvvat, yorug‘lik oqimi, yorug‘lik berish va xizmat muddati. Lampa kolbalari neytral gaz argon yoki azot bilan to‘ldiriladi, yangi shakldagi lampalar kripton yoki ksenon bilan; cho‘g‘lanma iplar ikkitali, zig-zagli yoki ikkitali spiral bo‘ladi. Normal cho‘g‘lanish lampalarining o‘rtacha yonish davomiyligi amaldagi standart bo‘yicha 1000 soatgachani tashkil qiladi. Lampaning yorug‘lik berishi 20 lm/Vt dan oshmaydi.
Lyuminessent lampa – bu shisha trubka, ichida lyuminoformli qoplov mavjud. Trubka nihoyasida volfram bispiral ko‘rinishida metall elektrodlar ulangan. Lampa ichida simob va argon juftliklari aralashmasi bor. Aralashma orqali elektr tokining o‘tishi lyuminofor yonishini hosil qiluvchi ko‘zga qo‘rinmas ultrabinafsha nurlar chiqishi bilan uyg‘un hamohang bo‘ladi. SHu tariqa, quvvat avval ultrabinafsha nurlarga aylanadi, so‘ng lyuminofor yordamida ko‘rinuvchan yorug‘likka aylanadi. Turli lyuminoforlar (magniy volfromati, kalsiy, ruh silikat, kadmiy borat va boshqa materiallar) dan foydalangan holda lampalarga turli rang berish mumkin. Trubkasimon lyuminessent lampalar bu – past bosimli simob lampalari hisoblanadi.
Lyuminessent lampalarining ustunligi shundaki, ular katta yorug‘lik beradi (750 lm/Vt), (10000 soat) uzoq xizmat muddatiga ega, elektr quvvati xarajati bo‘yicha o‘ta tejamkor, uncha katta bo‘lmagan ravshanlikka ega, ko‘zga salbiy ta’sir etmaydi, eng yaxshi spektral tarkibga egaligi bilan afzal.
Trubkasimon lyuminessent lampalarning kamchiligi va nuqsonlari: yoqish va yonish rejimini barqarorlashtirish uchun maxsus izga soluvchi apparatura zarur, bu esa ularning ekspluatatsiyasini murakkablashtiradi va ishlab chiqarish mahsuldorligi koeffitsientini pasaytiradi.
Hozirgi paytda turli rangdagi 5 turdagi lyuminessent lampalar chiqarilmoqda: kunduzgi lampalar – KL, sovuq-oq - SOL, oq - OL, iliq - oq - IOL, rang uzatish yo‘nalishli lampalar – RUL; rangi bo‘yicha KL va RUL qaysidir darajada kunduzgi tabiiy yorug‘likka yaqin. IOL rangi bo‘yicha cho‘g‘lanish lampalariga yaqinroq. SOL va OL lampalar rangi bo‘yicha kunduzgi yorug‘lik va cho‘g‘lanish lampalari yorug‘ligi o‘rtasidagi oraliq holatga o‘xshash. Oq lampalar o‘ta tejamli, ularning yorug‘lik berish quvvati RUL lampalariga qaraganda 60 foizdan ortadi va KL lampalarga nisbatan 30%ga ortiqni tashkil qiladi.
YOritgichlarning asosiy xarakteristikasiga yorug‘likni taqsimlash, foydali koeffitsient va himoya burchagi kiradi.
Himoya burchagi kattaligiga qarab, ko‘zni qamashtiruvchi ta’sirni cheklash talablaridan kelib chiqqan holda, yoritgichning osma balandligini me’yorlaydilar. Himoya burchagi qanchalik katta bo‘lsa, yoritgichning ko‘zni qamashtiruvchi ta’siri shuncha kam bo‘ladi. 10dan 300 gacha himoya burchagi optimal (ma’qul) hisoblanadi. 200 Vt dan ortiq quvvatli lampali yoritgichlar pol sathidan 3 m yuqorida osilishi lozim. Yoritgichlarning joylashuvi imkon qadar teppa-teng bo‘lishi kerak. Ish maydoni uzra yoritgichning osma balandligida 2 yoritgich o‘rtasidagi masofa tanlanadi,
Avariya yoritilishini davom ettirish uchun yoki to‘satdan ishchi yoritilish o‘chib qolganda, insonni xavfsiz joyga ko‘chirish zarur bo‘lgan holatlarda, binolar va ochiq makonlarda ko‘zda tutilgan bo‘lishi lozim. Ishni davom ettirish uchun avariya yoritilish avariya rejimida xizmat talab etuvchi ish yuzalarida birgina umumiy cho‘g‘lanish lampalari yordamida yoritilish tizimida belgilangan me’yorlardan 20 foiz kam bo‘lmagan yorug‘likni ta’minlashi lozim.
Avariyali yoritilish avtomatik tarzda yoqiladi va o‘zgaruvchan tok tarmog‘idan ishchi yoritilish bilan bir vaqtda ishlaydi, tashqi akkumulyator batareyalari yoki aloqa korxonalarining zahira elektr stansiyalaridan oziqlanishga ulanadi.
Insonlar evakuatsiyasi uchun avariyali yoritishni qo‘l yordamida yoqishga ruxsat beriladi. Pol sathida va zinapoyalar pog‘onalarida asosiy o‘tish liniyalari bo‘yicha yoritish kamida 0,3 lk bo‘lishi, ochiq joylarda-kamida 0,2 lk bo‘lishi zarur. Jamoatchilik binolarining chiqish eshiklarida (bir vaqtning o‘zida 50 dan ortiq kishi bo‘lishi mumkin). CHiqishda yonuvchi ko‘rsatkichlar bo‘lishi lozim.
|
| |