Temir yo‘l transportida shovqin va uni pasaytirish usullari




Download 0,65 Mb.
bet31/47
Sana23.01.2024
Hajmi0,65 Mb.
#144059
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   47
Bog'liq
MM MA\'RUZA mehnat muhofazasi



2. Temir yo‘l transportida shovqin va uni pasaytirish usullari
SHovqinga qarshi kurash chora-tadbirlari quyidagi usullarda olib boriladi.
1) SHovqinni ajralib chiqayotgan manbaida kamaytirish;
2) SHovqinning tarqalish yo‘nalishini o‘zgartirish;
Z) Sanoat korxonalari va sexlarini oqilona planlashtirish;
4) Sanoat korxonalari xonalariga akustik ishlov berish;
5) SHovqinni tarqalish yo‘lida kamaytirish.
SHovqinni ajralib chiqayotgan manbaida kamaytirish.
SHovqinga qarshi kurashning ajralib chiqayotgan manbaida kamaytirish eng samarali usul hisoblanadi.
SHovqinning kelib chiqishiga asosiy sabab mashina va mexanizm yoki uning ayrim qismlari harakati natijasida havoda elastik to‘lqinlar harakatini vujudga keltiradi. Bunday to‘lqinlarning hosil bo‘lishiga olib keladigan harakatlanuvchi qismlarni o‘z navbatida mexanik, aerodinamik, gidrodinamik va elektrodinamik turlarga bo‘lib qarash maqsadga muvofiqdir.
Bu mashina va mexanizmlarning ishlash prinsiplaridagi tavsiflari va shovqin chiqarishga olib keladigan omillar har xil bo‘ladi. SHovqin hosil bo‘lishiga sababchi bo‘ladigan asosiy bitta band hammasi uchun umumiy. Bu ularni ishlatishda va ta’mirlashda stan¬dart talablarini bajarishdir. Tayyorlash va ta’mirlash vaqtida yo‘l qo‘yilgan noaniqliklar shovqin chiqarishning asosiy omili hisoblanadi.
Bu omildan qat’iy nazar biz shovqinlarni kelib chiqish xarakteriga asoslanib ularni mexanik shovqinlar, aerodinamik shovqinlar, gidrodinamik shovqinlar va elektromagnit shovqinlar turkumlariga bo‘lib, ayrim-ayrim ko‘rib chiqamiz.
Mexanik shovqin chiqaruvchi omillarga quyidagilar kiradi: har xil mashina mexanizmlar qismlarining turli tezlanishda harakatlanishi natijasida kelib chiqadigan inersiya kuchlari, birikmalardagi zarba kuchlari ta’sirida; birikmalardagi ishqalanish kuchlari, zarba yo‘li bilan ishlov berish (toblash, shtampovka); mashina bajarayotgan ishga boђliq bo‘lmagan shovqinlarga sharikli podshipniklar, tishli ђildiraklar, qayishli uzatishlar va me¬xanizmlarning muvofiqlashtirilmagan aylanma harakat qiluvchi qismlari chiqarayotgan tovushlar kiradi.Tovush izolyasiyasi – kojuxlar, ekranlar, to‘siqlar yordamida amalga oshiriladi. Tovush izolyasiya qiluvchi to‘siqlar, tovush to‘lqinini aks ettiradi. Tovush izolyasiya qiluvchi to‘siqning bunday qobiliyati d tovush etib borish, singish bilan baholanadi, to‘siq orqali tovush energiyasiga o‘tib, shu to‘siqda yotuvchi tovush quvvati nisbati bilan belgilanadi.
Binoning me’morchilik shakllari tovush to‘lqinlarini kamaytirish yoki kuchaytirishda katta ahamiyatga ega. Eshik yuqori qismlari shovqinni bir erga to‘plab, kuchaytirsa, bo‘rtib chiqqan joylari shovqinni tarqatadi, tovush tezligini kamaytiradi.
Eshitish organlarini individual himoyalash choralari:
1. Mexanizmning aylanma qismlarini o‘ta aniq hisob bilan bosish va balansirovka qilish.
2. Dinamik tovush bosuvchilardan foydalanish.
3. Silkinish manbai oborotlari sonini o‘zgartirish (chastota ko‘p bo‘lsa), moslamaning qattiqligini ko‘paytirish, ya’ni tebranishlar amplitudasini kamaytirish lozim. Bunga moslamaning egiluvchanligi va mustahkam emasligi holatida erishish mumkin.
4. Mashina poydevori va asosi o‘rtasida zich prokladkalardan (rezina, voylok, yog‘och, probka, prujina va ressorlar) foydalanish mumkin.
5. Mexanizmlarning qaytish-kirishish xarakatini aylanuvchan (podshipnik) – chayqalma, sirg‘aluvchan podshipniklar bilan, po‘lat detallarni plastmassali bilan almashtirish.
6. Mashinalar detallari uchun yopishqoq materiallar va qotirmalar qo‘llash. Bunday himoya turi shovqinning yuzaga kelish manbaida silkinish va shovqinga qarshi kurashning asosiy choralaridan biridir.
Ichki shovqinga qarshi choralar yoki ovozni o‘chiruvchilar doka, paxta, yumshoq rezinadan tayyorlanadi, ba’zan vosk, moy yoki parafinga botirilgan holda qo‘llaniladi.
Tashqi shovqinga qarshi choralar - quloqqa mustahkam joylashtiriladigan naushniklar. O‘rtacha va yuqori chastotali shovqinlardan himoyalash uchun naushniklar ishlab chiqilgan.
Bunday naushniklar ishlab chiqarish shovqinlaridan ishonchli himoya bilan ta’minlaydi va shu bilan birga so‘zlashuv nutqini yaxshi eshitish imkonini beradi.



Download 0,65 Mb.
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   47




Download 0,65 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Temir yo‘l transportida shovqin va uni pasaytirish usullari

Download 0,65 Mb.