|
1-ma’ruza temir yo‘l transportida mehnat muxofazasining o‘rni va vazifalari
|
bet | 32/47 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 0,65 Mb. | | #144059 |
Bog'liq MM MA\'RUZA mehnat muhofazasiNazorat savollari:
“O‘TY” AJ da “Mehnat muxofazasi, sanoat xavfsizligi va ekologik monitoring olib borish bo‘limi” qachon qayta tashkil etildi?
12-MA’RUZA
KORXONALARDA TEBRANISH VA CHANGNI OLDINI OLISH
Reja:
1. Ishlab chiqarishdagi tebranish xarakteristikalari;
2. Sanoat changi va unga qarshi kurash.
Tayanch so‘z va iboralar
Mehnat muxofazasi
1. Ishlab chiqarishdagi shovqin xarakteristikalari
Ishlab chiqarish jarayonlarining avtomatlashtirish va mexanizatsiyalash vositalari taraqqiyoti o‘z ishi davomida mexanik tebranish (silkinish) hosil qiluvchi uskunalar qo‘llash bilan bog‘liq. Mexanik tebranishlarning inson organizmiga ta’siri chastota, tebranish uzatiladigan jadallik va muhitga bog‘liq tarzda turlicha namoyon bo‘ladi. Tebranish shovqin va silkinishga bo‘linadi.
Eshitiladigan chastotalar diapazonida uzatiladigan mexanik tebranishlar inson tomonidan tovush sifatida qabul qilinadi. CHastota bo‘yicha tovush tebranishlari 3 diapazonga bo‘linadi:
1. Infratovushli f < 20 Gs;
2. Tovushli (eshitiladigan) 20 Gs < f < 20 kGs;
3. Ultratovushli f > 20 kGs.
Silkinish bilan kurash korxonalar ishchi o‘rinlari va uskunalarni loyihalashtirishdanoq boshlanadi. Buning uchun:
1. Tashkiliy;
2. Texnik;
3. Tibbiy-profilaktik tadbirlardan foydalaniladi.
Ishlab chiqarish uchastkalari, uskunalar va ishchi o‘rinlarini tashkiliy ratsional joylashtirish, ishchilarning mehnat va hordig‘ini doimo nazorat qilish, ishchi joylari va uskunalaridan foydalanish cheklovlari va tegishli sanitariya-gigiena talablariga moslashtirish ahamiyatlidir.
Texnik – bu tadbir omillarning ta’sirini ancha kamaytirish imkonini beradi.
Uskunalarni yig‘ishda manbaning o‘zida silkinish darajasini pasaytirish zarur. Bu zarbali ta’sirlarni zarbasizlar bilan almashtirish, kam materiallardan foydalanish, silkinishni sezuvchi asoslarda uskunalarni o‘rnatish orqali amalga oshiriladi. Agar manbada silkinish darajasi baribir yuqori bo‘lsa, u holda manbani izolyasiya qilish yoki ish joyini holi qilib, tovush yutuvchi materiallardan foydalaniladi.
Silkinishlarning kuchsizlanishi - qoplash, yotqizish, amortizatorlar, poydevorlar yotqizishda vibroizolyasiya, tovush yutish vositalaridan foydalaniladi.
Tibbiy-profilaktik tadbirlar - bir tomondan shovqin va silkinish holatlari hajmlari nazorati va boshqa tomondan ishlayotganlar salomatligi ahvoli nazoratidir.
Silkinishdan himoya esa - maxsus poyafzal va qo‘lqoplar.
Sanoat korxonalarida mashina va mexanizmlarning harakat natijasida har xil titrashlar vujudga keladi. Bu titrashlar ba’zi uchastkalarda bitta va ba’zi uchastkalarda bir necha mashina mexanizmlarning harakati ta’sirida bo‘lib, ba’zan zo‘rayishi va ba’zan susayishi kuzatiladi va bu organizmga salbiy ta’sir ko‘rsatishi bilan tavsiflanadi.
|
| |