О‘quv ma’lumotlarini taqdim etish va AKTlarning didaktik




Download 348.33 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana06.06.2022
Hajmi348.33 Kb.
#23105
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5-СИНФ ЯНГИ КИТОБИ, 9dbaadd3-97b6-425a-8571-e732867f140f
О‘quv ma’lumotlarini taqdim etish va AKTlarning didaktik 
imkoniyatlari:  

axborotlarni ta’limga oid elektron resurslar orqali matn, grafika, audio, 
video, animatsion formatda kо‘rsatish va uzatish;

qiziqtiruvchi ma’lumotlarni taqdim etish imkoniyati;



qabul qilingan bilimlar asosida kо‘nikmalarni mustahkamlash va 
kо‘nikmalarni amalda qо‘llash imkoniyati;

о‘quv, о‘quv-uslubiy, ilmiy axborotlarni tayyorlash, tartibga solish va 
ishlov berish;

axborotni saqlash va yigʻish; axborotni tizimlashtirish.
О‘quv ma’lumotlarini uzatish AKTlarning didaktik imkoniyatlari:  

axborot-kommunikasiya texnologiyalari yordamida axborotlarni turli 
shakllarda tarqatish;

ma’lumotlardan keng foydalanishni ta’minlash;

qiziqtiruvchi ma’lumotlarni olish uchun biron-bir elektron ma’lumotlar 
bankiga va maqsadli о‘quv ma’lumotlar bazalariga ulanish imkoniyati;

turli xil axborot tashuvchi vositalardan ma’lumotlarni yuklash;

kurs о‘qituvchisi bilan muloqotni tashkil etish;

bir vaqtning о‘zida kо‘p sonli о‘quvchilarga xabarlarni yuborish;

о‘qituvchi va talabalar о‘rtasida asinxron ma’lumot almashish (matn, 
grafik, audio).

konsultasiyalar, nazorat qilish va hokazolarni tashkil etish imkoniyati. 
Bundan tashqari, axborot texnologiyasining asosiy maqsadi - axborotni 
saqlash va uzatishni tashkil etish. 
Axborot tizimi axborotni qayta ishlashning axborot-kompyuter tizimini 
o‘zida ifodalaydi. Axborot tizimi – o‘z tarkibida kompyuterlar, kompyuter 
tarmoqlari, axborot va dasturiy ta'minot hamda odamlarning birgalikdagi faoliyat 
yuritish jarayonini aks ettirib, u iste'molchi uchun axborot ishlab chiqarishni o‘z 
zimmasiga oladi. 
Axborot tizimlarining asosiy vazifasi hodisa va jarayonlar kechishini 
boshqarish imkoniyatlarini yaratishdan iborat. Shuningdek, axborotlarga 
asoslangan, maqsadi oldindan belgilangan va shu maqsadga erishish dasturi ishlab 
chiqarilgan boshqariluvchi jarayonga maqsadli ta'sir ko‘rsatadi. 
Ta’lim – tarbiyada axborot tizimlarining asosiy vazifalari – bu 
o‘rganilayotgan ob'ektga tegishli barcha axborot resurslarini eng maqbul 
boshqarish usullari yordamida iste'molchiga kerakli bo‘lgan axborotlarni ishlab 
chiqish va ulardan ta'lim ob'ektni boshqarishda foydalanish uchun axborotli va 
texnikaviy ta'minot muhitini yaratishdir. 
Axborotlarni avloddan – avlodga uzatishning ahamiyati ta'lim – tarbiya 
ishining ahamiyati bilan hamohangdir. Axborot texnologiyalari (AT) – bu tizim 
masalalar yechimini topish maqsadida axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash, qayta 
tiklash, saqlash, ifodalash, tizimlash, uzatish va uni iste'molchiga foydalanishga 
qulay holga keltirish jarayonini kompyuter va telekommunikatsiya vositalari 
yordamida amalga oshiriladigan, tartibga solingan amaliy dasturlar majmuasidir. 


Axborot texnologiyalari – jarayonlarni boshqarishdagi asosiy manba bo‘lib 
hisoblanadi. Tayyorlangan ma'lumotlarni tizimga ajratish va qayta ishlash hamda 
kerakli maqsadlar bo‘yicha qayta ishlangan ma'lumotlarni uzatishni o‘z ichiga 
oladi. 
Axborotlashtirish faqatgina fan va texnika yutug‘i bo‘lmasdan, balki ular 
ta'lim, tarbiya, san'at, tibbiyot, iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi, sanoat va shu kabi 
sohalarning rivojlanishida ham doimo muhim omil bo‘la oladi. 
Zamonaviy hisoblash texnikasi va aloqa vositalari asosida axborotlarni 
to‘plash, saqlash va kerakli manbalarga uzatishning zamonaviy usullari, ya'ni 
kompyuterlashtirilgan usullarigacha rivojlanib boraveradi. 
Axborot texnologiyalarining paydo bo‘lishi, bu sohadagi ishlarni 
jonlantirib yubordi, ya'ni endigi hayot nafaqat axborotlar, axborot texnologiyalari, 
balki axborot tizimlarini yaratishni taqozo etib qoladi va ulardan bilim bazalari, 
vazifalar, mantiqiy xulosalarni yechuvchi mashina kabi xizmat tizimlarini ham o‘z 
ichiga olishini talab qilmoqda. Bu talablarni hal qilish esa ijtimoiy islohotlarga 
bog‘liqdir. 

Download 348.33 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 348.33 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



О‘quv ma’lumotlarini taqdim etish va AKTlarning didaktik

Download 348.33 Kb.
Pdf ko'rish